

matchtv.ru RPL klublari uchun so'nggi transfer oynasining eng qimmat transferlarini e'lon qildi. Hamyurtimiz Eldor Shomurodov ro'yxatning 8-pog'onasidan joy olgan. "Rostov"da to'p tepib kelgan Eldor uchun "Jenoa" 7,5 mln evro to'lagan. Kuchli uchlik quyidagicha ko'rinish olgan:
1. Vendel - "Sporting"dan "Zenit"ga - 20,3 mln evro
2. Aleksey Miranchuk - "Lokomotiv"dan "Atalanta"ga - 14,5 mln evro
3. Deyan Lovren - "Liverpul"dan "Zenit"ga - 12 mln evro



