So’nggi yangiliklar

17:56Роналду ЧЛ қуръасига тақиб келган тақинчоқларнинг нархини биласизми?  6 17:08 "Футбол олами". Фарғонадаги кубок финалида водий дербисини кўрамиз   3 16:45Сиаваш Ҳақназари: "Бизга ким рақиб бўлишининг фарқи йўқ, ўзимизнинг аниқ мақсадимиз бор"  1 16:30"Арсенал" - "Брайтон"  5 16:18Нега? "Челси" АПЛ ва ФИФА сабаб бир трансферни бекор қилди  0 15:24Нималар бўляпти? "Наполи" Осимхенни А Серия мавсум қайдномасига киритмади, рақамини эса бошқа футболчига беришди  3 14:52"Митти камера". Драмага айланиб кетган тўқнашувда "Андижон" финалга чиқди  3 14:36Сон Хён Миннинг отаси жазоланди  0 14:03Ди Мария фаолиятидаги энг ёмон мураббий ким бўлганини айтди: "Шубҳаларингиз бўлса, уларни тарқатиб юборишга тайёрман"  5 13:51"Навбаҳор" финалда. Водийликларга аталган кундан ГАЛЕРЕЯ  26 13:37АПЛда ёзги трансфер ойнасида энг кўп харажат қилган клуб номини биласизми?  2 13:13Хитойдаги халқаро ўртоқлик ўйинлари учун Ўзбекистон ёшлар терма жамоасига кимлар чақирилди?  2 12:13"Андижон" ярим ҳимоячиси: “Тарих яратишимиз кераклигини билиб тургандик”  8 12:0040 млн. еврога сотиб олинган футболчи яна ижарага бериб юборилди  0 11:43МЮ тарбияланувчиси "қизил иблислар"нинг ҳимоядаги ўйинини танқид қилди  0

RPL. "Spartak" va "Zenit" o'rtasidagi markaziy o'yinda durang qayd etildi, O'runov 84 daqiqa o'ynadi Yangiliklar

RPL. "Spartak" va "Zenit" o'rtasidagi markaziy o'yinda durang qayd etildi, O'runov 84 daqiqa o'ynadi

Rossiya chempionati 10-turidan o'rin olgan bahs matnli translciyasini ushbu sahfiada kuzatib bordingiz.


Spartak – Zenit 1:1 

«Otkritie Arena»

Gollar: Ponse 86' - Eroxin 65'

«Spartak»: Maksimenko, Jikiya, Maslov, Jigo, Ayrton, Zobnin, Bakaev (Sobolev, 53), Kral, O'runov (Eshhenko, 84), Ponse, Larsson (Markitesov, 90).

«Zenit»: Kerjakov, Karavaev, Rakickiy, Lovren, Duglas, Ozdoev (Sutormin, 90), Eroxin, Mostovoy (Azmun, 72), Barrios, Dzyuba, Malkom (Krugovoy, 90).

Ogohlantirishlar: Duglas 37, Sobolev 59, Lovren 89, Eshhenko 90. 


Uchrashuv yakunlandi. Jamoalar o'zaro durangga rozi bo'lishdi. Xizmatingizda SHerzod Nurmatov bo'ldi. Keyingi o'yinlarda g'oyibona ko'rishguncha!  

90+3. Eshhenko ogohlantirish oldi. 

90+1. "Zenit"da 2 ta o'zgarish: Malkom o'rniga Krugovoy, Ozdoev o'rniga Sutormin tushdi. 

Ikkinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shildi. 

90. "Spartak"da o'zgarish: Larsson o'rniga Markitesov tushdi. 

89. Lovren Sobolevga nisbatan qo'pol o'ynagani bois sariq kartochkaga loyiq ko'rildi. 

86. GOOOOOOOOOOOOOLL! Ponse hisobni tenglashtirdi - 1:1!  Kral raqiblarni aldab o'tib, sherigina pas bilan taminlagandi. 

84. "Spartak"da almashtirish: O'runov o'rniga Eshhenko tushdi. 

80. Dahshat! Qanday vaziyat! Ponse yarim metr masofadan darvozani ishg'ol eta olmadi.  Uning dastlabki zarbasi darvoza ustunig tegib qaytgandi. Ikkinchi zarbasi esa...

78. Eroxin tomon yaxshi pas etib keldi, ammo u ofsaylla qolgani malum bo'ldi, bu paytda Jigo Eroxinning oyog'ini bosib oldi.  

75. Malkom tezlik bilan ichkariga kirib bormoqchi bo'ldi, ammo Jikiya qoyilmaqom "podkat"i orqali bunga yo'l qo'ymadi. 

74. Uux! Zobnin o'ng qanot orqali ichkariga kirib bordi va xavfli vaziyat sodir etdi.  Himoyachilar to'pni qaytarishdi.

72. "Zenit"da o'zgarish: Mostovoy o'rniga Azmun tushirildi. 

71. Karavaev birga-bir holatga chiqib bordi va zarba yo'lladi, sal noaniq. 

70. Dzyuba maydonga qaytdi, bu esa mezbon muxlislarning noroziligiga sabab bo'ldi. 

69. Dzyubaga tibbiy yordam kerak, u jarohat olib maydonda yotibdi. 

67. Jikiya Dzyubaga nisbatan qo'pol o'ynadi. 

65. GOOOOOOOOOOOOOOOLLL! Eroxin hisobni ochdi - 0:1! 

65. Uuux!  O'runovning to'p yo'qotishi Malkomning zarbasi bilan tugadi, Maksimenko to'pni qaytardi. 

64. Kralning uzatmasidan keyin Ponse zarba yo'lladi, lekin aniqlik etishmadi. 

62. Zarba! Ponse "Zenit" himoyasini xavotirga soldi, argentinalik ichkariga kirib bordi va zarba berdi, ozgina noaniq.

59. Sobolev hakamga nisbatan keskin nororzilik bildirgani bois sariq kartochka oldi, bungacha u Lovren bilan kurash olib borib, yiqilib tushgandi.

59. "Zenit" qarshi hujumga o'tib ketdi, Malkomning tushunarsiz harakatlari tufayli to'p yo'qotildi. 

57. Zarba! Ozdoevning zarbasidan keyin to'p Jigoga tegib, maydonni tark etdi, burchak zarbasi. 

56.  Zarba! Oston O'runov ishonch bilan raqiblarini aldab o'tib, zarba yo'lladi, aniq, ammo kuchsizroq chiqib qoldi. 

54. Oston O'runov maydon markazida to'pni yo'qotdi,  Barrios qanotdan oldinga o'tib ketayotganida Ayrton tomonidan yiqitildi. 

53. "Spartak"da o'zgarish: Bakaev o'rniga Sobolev tushdi.

52. Uuux! Ana xolos! Larsson birga-bir vaziyatdan foydalana olmadi, etmaganiga ancha noaniq zarba yo'lladi. 

51. Maydon egalari to'pni o'zlarida saqlay olishmayapti, Duglas Santos uzoqdan zarba berdi, to'p Jigoga tegib, maydondan chiqib ketdi, burchak to'pi.

49. "Spartak" darvozasi oldida bosim yuzaga keltirilyapti, Ozdoevdan zarba, ammo aniq chiqmadi.

47. Zarba! Eroxinning uzoqdan yo'llagan zarbasi Maksimenkoga qiyinchilik tug'dirmadi. 

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. Uni "Spartak" boshlab berdi. 

Futbolchilar maydonga chiqib kelishmoqda. 

Birinchi bo'lim o'z nihoyasiga etdi. Hozircha hisob ochilmadi – 0:0. Tanaffus! 

43. Uuxx! Dzyubadan kutilmagan va xavfli zarba, sal noaniq.  

42. "Spartak" muxlislaridan yana bir performans

40 Zarba!!! Ponsening zarbasi o'tkir burchakka yo'naltirildi, ozgina noaniq. 

39. "Zenit" raqibga nisbatan "uyg'oqrok" va qatiy o'yin namoyish etmoqda. 

37. "Zenit" jarima to'pini amalga oshirdi, "Spartak" himoyachilari xavfni bartaraf etgan holda qarshi hujumga o'tishdi, Duglas qoidani buzdi va sariq kartochka oldi. 

34. Qanday vaziyat! Burchak zarbasidan oshirilgan to'p sal qolsa Malkomga etib kelishi mumkin edi, "Spartak" uni bir o'zini qoldirishdi, yaxshiyamki to'p maydonni tark etdi.  

33. Uuux! Eroxinning uzoqdan yo'llagan zarbasi ham Maksimenko tomonidan qaytarildi. Tasanno! 

32. Zarba! Eroxinning xavfli zarbasini Maksimenko qaytara oldi, ajoyib seyv! 

30. Zarbalar bo'yicha ko'rsatkich - 1:6, mehmonlar foydasiga. Hozircha o'yinning o'zida oldindan kutilganidek katta voqelik majud emas.

28. Zarba! Dzyubaning samarali harakatlaridan keyin himoyachilarga yordamga kelgan Oston O'runov to'pni muvaffaqiyatsiz qaytardi, to'p Ozdoevga ketib keldi, uning zarbasiga aniqlik etishmadi.  

25. Dzyubaga yaxshi pas etib keldi, ammo "Zenit" sardori ofsaydda qolgani malum bo'ldi, ushbu vaziyatda Maslov Dzyubaning oyog'iga og'riqli zarba berishga ulgurdi. 

23. Qanotda Zobnin-Malkom to'qnashuvi yuzaga keldi, Zobnin maydonda yotibdi, unga tibbiy yordam ko'rsatiladi. 

22. Malkom Mostovoyni pas bilan taminladi, u esa uzoqdan zarba yo'lladi, Maksimenko o'z o'rnida! 

20. Kral chap qanotdan kelgan "Spartak" jarima madonidagi to'pni uzoqlashtirishga erishdi.

17. Hozircha o'yin teng kurashlar ostida kechmoqda, jamoalar birinchi o'rinda imkon qadar xato qilmaslikka harakat qilishmoqda. 

14. Dzyuba tomon uzatma amalga oshirildi, biroq pas noaniq ekanligi bois forvard kurashga kirmadi.  

13. Uuux! Oston O'runov raqib jarima maydonchasi ichida yiqitildi, ammo hakam qoida buzish yo'q deb topdi. 

10. Taniqli murabbiy Yuriy Syomin o'yinni bevosita stadiondan kuzatib bormoqda.  

8. Zarba! Burchakdan oshirilgan to'pni Jigo bosh bilan raqib darvozasiga yo'lladi, noaniq.  

7. Uuuxx! Oston O'runov Zobninga pas berdi, uning ichkarisha oshirgan uzatmasi zarbaga aylanib ketdi, Kerjakov to'pni urub yubordi, burchak to'pi. 

5. Rakickiy "podkat" orqali zarba yo'lladi. Himoyachi to'pni qaytara oldi. 

4. Bakaev o'ng qanot orqali raqib jarima maydoni ichiga kirib keldi va noaniq uzatma qayd etdi. 

3. Rakickicy oldinga intilayotgan Ayrtonni qo'pollik evaziga yiqitdi. 

2. "Zenit"da dastlabki hujum yuzaga keldi. Mostovoyning bosh bilan yo'llagan zarbasi Maksimenkoga qiyinchidik tug'dirmadi. 

1. O'yin boshlandi. Omad, Oston!   

- Diqqat qilamiz, futbolchilar maydonga chiqib kelishmoqda. 

"Spartak" muxlislari "hujumga" deyishmoqda.

Jamoalar chigil yozdi mashg'ulotlarni o'tkazib olishdi.

«Otkritie Arena» o'yinga tayyor! 

- Assalomu alaykum, qadrli futbol ixlosmandlari!  Bugun RPL 10-turida hamyurtimiz Oston O'runov harakatlanadigan "Spartak" o'z maydonida "Zenit"ni qabul qiladi. O'yinni siz bilan birgalikda kuzatib boramiz.  

Reyting: +32   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика