So’nggi yangiliklar

17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  0 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  1 16:30"Бавария" Диас учун "Ливерпул"га тахминан 80 млн евро таклиф қилди. Клублар битимнинг якуний тафсилотларини муҳокама қилмоқда  1 15:55"Ньюкасл" Александр Исак ўрнига 4 нафар номзодни маъқуллади  0 15:23"Реал" уч нафар футболчисини сотишга тайёр  4 14:58ПСЖ ва "Тоттенхэм" собиқ футболчиси "Персеполис"га ўтиши мумкин  1 14:16ПСЖ ўзига янги дарвозабон топди  0 13:38Феликс 44 млн фунт эвазига "Челси"дан Саудия Арабистони клубига ўтишга яқин  2 13:04Салиба "Реал"нинг қизиқиши фонида келажаги борасида қарор қабул қилди  3 12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  1 11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  2 11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  5 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   5 10:42"Челси" футболчиси "Ал Насср"га ўтишга яқин  4 10:05Виктор Гёкереш нима учун "Арсенал"ни танлаганини тушунтириб берди  4

RPL. O'runov 83-daqiqada maydonga tushgan o'yinda "Spartak" "Sochi"ga yutqazdi Yangiliklar

RPL. O'runov 83-daqiqada maydonga tushgan o'yinda "Spartak" "Sochi"ga yutqazdi

Rossiya chempionati 18-turidan o'rin olgan o'yin matnli translyaciyasini ushbu sahifada kuzatib bordingiz.


"Sochi" – "Spartak" 1:0 

«Fisht»

Gol: Noboa 57'

"Sochi": Janaev, Terexov, Margasov, Novoselcev, Mevlya, Mammana, Yusupov (Prucev, 83), Callagov, Noboa, Joaozino (Zaika, 72), Duganjich (A. Zabolotniy, 57).

Zaxira: N. Zabolotniy, Kalugin, Miladinovich, Burmistrov, Nabiullin, Bokovoy, Nemchenko.

"Spartak": Maksimenko, Jikiya, Maslov, Jigo, Ayrton (Umyarov, 61), Zobnin, Bakaev (O'runov, 83), Kral, Mozes, Ponse, Larsson (Kutepov, 70).

Zaxira: Rebrov, Selixov, Eshenko, Kutepov, Gaponov, Litvinov, Ignatov, Markitesov, Oganesyan.

Ogohlantirish: Mammana (9), Terexov (26), Kral (32), Duganjich (50), Umrov (81), Zaika (83). 


O'yin o'z nihoyasiga etdi. Xizmatingizda SHerzod Nurmatov bo'ldi. Keyingi o'yinlarda g'oyibona ko'rishguncha!

90. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shildi. 

88. Kutepov oldinga borib, zarba berishga qiynaldi va Ponseni ham to'p bilan taminlay olmadi.

85. Jikiya raqib jarima maydonida to'pni qabul qilib oldi va pas sheriklari tomon pas yo'lladi, Mozes va Jigo kurasha kirishdi, ammo qoida buzish qayd qilindi.

83. "Spartak"da o'zgarish: Bakaev o'rniga Oston O'runov tushirildi. 

83. "Sochi"da almashtirish: Yusupov o'rniga Prucev tushdi. 

83. Zaika qoidani buzdi va ohgolantirildi.

82. Zabolotniy Jigo bilan jiddiy kurash olib bordi. Hakam hujumda fol qayd etdi.

81. Umyarov qoidani buzgani bois sariq oldi.

80. Jigo va Kutepov o'zaro pas o'ynashdi, hujumni rivojlantirish g'oyasi esa chipakka chiqdi.

78. Zaikadan zarba!  Maksimenko zarbani muammosiz bartaraf etdi. 

75. Bakaev ichkariga pas uzatdi, Mevlya ishonch bilan o'ynab, bosh bilan to'pni qaytardi. 

72. "Sochi"da o'zgarish: Joaozino o'rniga Zaika o'yinni davom ettiradi.

71. Ana xolos!  Ponse!  Ko'kragi bilan Mozesdan to'p qabul qilib olgan futbolchi yaqin masofadan darvozani ishg'ol eta olmadi! 

70. "Spartak"da o'zgarish: Larsson o'rniga Kutepov maydonga tushdi. 

67. Mammana "podkat"da Ayrtonni to'xtatib qoldi. Ikkinchi sariqni olish xavfi oshdi.

65. Anton Zabolotniy ortdan turib Jikiyaning oyog'iga tepdi, sariq kartochka.  

64. Joaozino jarima maydoni chizig'idan zarba berdi, ammo chap oyoqdagi harakati noaniq ko'rinish oldi. 

61. "Spartak"da almashtirish: Ayrton o'rniga Umyarov tushirildi. 

59. Nostandart vaziyat! Maksimenko o'z darvozasidan ancha uzoq masofaga etib kelib, to'pni boshi bilan qaytardi, aks holda Joaozino darvoza sari intilib borardi. 

57. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLL!  CHapdan markaz orqali kirib kelgan Noboa o'z mahoratini namoyish etib, hisobni ochdi – 1:0! 

57. "Sochi"da o'zgarish: Duganjich o'rniga A. Zabolotniy tushdi. 

56. Noboa "chayon zarbasi"ni amalga oshirmoqchi bo'ldi, Mozes unga xalaqit qilishga ulgurdi.

55. Jigo jarima maydoni ichkarisida Callagov bilan to'qnashdi, lekin ushbu vaziyat penaltiga tortmaydi. 

53. Zobninning o'zi qo'pol o'ynagan ekan va Noboadan zarba qabul qilib olgan, ammo Roman bilan hammasi joyida, u o'rnidan turdi.

52. Zobnin jarohat olib maydon markazida yotibdi, Jigoda ham shunday holat, o'yin vaqtinchalik to'xtatildi.

50. Ayrtonga nisbatan ishlatgan qo'polligi uchun Duganjich sariq kartochkaga loyiq ko'rildi. 

48. Duganjich!  Mana buni ikkinchi bo'limnning boshlanishi desa bo'ladi!  Terezav chap qanotdan uzatmani qayd etdi, Dugandichning zarbasini Maksimenko qaytardi, qaytgan to'pni qabul qilib, zarba bergan Margasov noaniq o'ynadi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi! 

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob ochilmadi – 0:0. Tanaffus!   Ikkinchi bo'limda Oston O'runovning maydonga tushirilishini kutib qolamiz! 

Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shildi. 

45. Xavfli vaziyat! Larssoning zarbasi darvozaga kirmadi, burchak zarbasi.

43. Gol VARda tekshirilib, inobatga olinmadi, to'p qo'lga tegib ketgan ekan. 

42. GOOOOOOOOOOOOOOOOL! Larsson hisobni ochdi – 0:1! 

41. Tedesko norozi, u sariq kartochka oldi. "Spartak" ustozi bu ko'rsatkich bo'yicha ustunlik qilishda davom etmoqda. 

39. Terexov Yusupovning uzatmasidan so'ng zarba berishiga ozgina qoldi, oxirgi soniyalarda Maslov raqibini ortda qoldirib, to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.  

37. Jikiya ikkinchi qavatda g'olib keldi. "Spartak" himoyachisi Margasovga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.

36. Noboa "Sochi" jarima maydoni ichida qaltis harakat qilib, fint ko'rsatdi, keyingi holatda Larsson vaziyatdan unumli foydalana olmadi.

32. Aleks Kral Yusupovning oyog'iga tepdi va hakam tomonidan ogohlantirildi.

29. Xavfli hujum!  Zobnin diagonal yo'nalishdagi pasi bilan Mozesni oldinga boshladi, undan uzatma, biroq Ponsega to'pga etishi uchun bir necha santimetr etishmadi, aks holda hisob ochilardi! 

28. Larsson uzoq burchak tomon zarba yo'lladi, Janaev qiyinchiliksiz qaytarishga erishdi. "Spartak"da navbatdagi burchak to'pi.

26. Sergey Terexov Viktor Mozesni "podkat" orqali to'xtatdi va sariq kartochkaga loyiq ko'rildi.

24. "Spartak" standartlar evaziga bosim o'tkazishda davom etyapti. Jigo havodagi kurashda g'olib chiqdi va bosh bilan zarba berdi. To'p noaniq ketdi.  

22. Ponsedan uzatma, xavfli, ammo hech kim ulgurmadi.

21. Mozesning olisdan yo'llagan zarbasi!  Uning zarbasi jamoaga burchak to'pi keltirdi. 

19. Joaozino ikki marta zarba yo'llashga urindi, har ikkisi "qizil-oq" libosdagi himoyachilarga tegib qaytdi, yakunda mezbonlar to'pdan ayrilishdi.

17. Zobnin Kralni to'p bilan taminladi, uning yo'li esa yopib qo'yilgandi va pas berishga ochiq odam ham topilmadi. 

15. Joaozino jarima maydoni ichiga kirib bordi, u esa erlatib uzatilgan pasga ulgurmadi. 

12. Bugun o'z tavallud ayyomini nishonlayotgan Viktor Mozes o'ng qanot yarim himoyasida o'ynamoqda. Uning uzatmasini hozirgina Janaev ushlab oldi.

9. Mammana Ayrtonga nisbatan qo'pollik ishlatdi va sariq kartochka oldi.

8. "Sochi"da hujum va yana bir o'yindan tashqari holat. Bu gal Noboaning uzatmasidan keyin to'pni qabul qilib olgan Duganjich ofsaydda qoldi.

5. "Sochi"ning yangi hujumi!  Joaozino "Spartak" jarima maydoni yaqinida to'pni qabul qilib oldi va zarba berdi.  Maksimenko amalladi,  Joaozino ofsaydda qolgan ekan. 

3. Yusupovning birinchi zarbasi Maksimenko tomonidan qaytarildi, ikkinchi urinishdagi zarba esa darvzabonning to'g'ri qo'liga kelib tushdi.

1. O'yinga start berildi! 

Bugun Viktor Mozes 30 yoshga to'lgan 

- O'yin Toshkent vaqti bilan 18:30 da boshlanadi. 

- Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari!  Bugun RPL 18-turida hamyurtimiz Oston O'runov to'p tepadigan "Spartak" klubi "Fisht" stadionida "Sochi" mehmoni bo'ladi. Ushbu uchrashuvni siz bilan birgalikda kuzatib boramiz. 

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика