So’nggi yangiliklar

01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  2 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  13 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  86 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  9 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  4 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  846 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  4 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3 18:24Биринчи даврада "Бунёдкор"да ўйнаган футболчи Босния ва Герцеговина клубига ўтди  1 18:00Ўзбекистон ўйнайдиган "Божуар" стадиони баҳсга тайёр  7

RPL. "Tambov" safarda "Rotor"ni ishonchli hisobda yutdi, Jaloliddinovning debyuti keyinga qoldi Yangiliklar

RPL. "Tambov" safarda "Rotor"ni ishonchli hisobda yutdi, Jaloliddinovning debyuti keyinga qoldi

Teglar :  TambovRPLRotor
Rossiya Premer-ligasi 11-turidan o'rin olgan "Rotor" – "Tambov" uchrashuvi matnli translyaciyasini ushbu sahifada kuzatib bordingiz.


Rotor – Tambov 0:2 

«Volgograd-Arena»

Gol urilmagan penalti: Davitashvili 28' (darvozabon)

Gollar: Karapetyan 57', Onugxa 82'

"Rotor": CHondrich, Manucharyan, Bayriev, Gogua, Stepanov, Jigulyov (Ponse, 63), Aleynik, Makarov (Pesegov, 77), Davitashvili (Mikeltadze, 76), Mullin, Flamarion

"Tambov": Rijikov, SHlyakov, Kaplienko, Aroyan, Takazov, Ribin (Kilin, 46), Tetrashvili (Karapetyan, 46, Till 69), CHuperka, Karasev, Kostyukov (Kabaxidze, 77), Onugxa

Ogohlantirishlar: Jigulyov (21), Aroyan (26), Makarov (34), CHuperka (62), Onugxa (70), Karasev (88), Kabaxidze (90).  


Uchrashuv o'z nihoyasiga etdi.  Jasur Jaloliddinov bugun maydonga tushirilmadi. Xizmatingizda SHerzod Nurmatov bo'ldi. Keyingi o'yinlarda g'oyibona ko'rishguncha! 

90+3. "Tambov"da o'zgarish: Karasev o'rniga SHaxov tushdi.

90+2. Flamarionni yiqitgan Kabaxidze sariq kartochka oldi. 

Ikkinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shildi. 

88. Karasev qo'pol o'ynadi va ogohlantirish oldi. 

86. "Tambov" shoshmayapti. Sebastien Till to'p bilan qoyilmaqom ishladi va jarima ishladi. Bularning bari madon markazida ro'y bermoqda. 

84. Zarba! "Rotor"da ketma-ket hujum, barchasi samarasiz. Hozir Flamarion zarba yo'lladi, faqat ancha noaniq. 

82. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLL!  Onugxa hisobni oshirdi – 0:2! 

80. Zarbaaa! Flamarionnning kuchli zarbasini Rijikov qaytardi! Tasanno! 

77. "Tambov"da o'zgarish: Kostyukov o'rniga Kabaxidze o'yinga qo'shildi. 

77. "Rotor"da o'zgirash: Makarov o'rniga Pesegov tushirildi. 

76. "Rotor"da almashtirish: Davitashvili o'rniga Mikeltadze tushdi. 

76. Zarbaaa! Davitashvili bir nechta harakatni amalga oshirgach, zarba berdi, ozgina noaniq. 

74. "Tambov" 7-burchak to'pini amalga oshirdi, muvaffaqiyatsiz.

72. Flamarion o'ng qanotdan oldinga borib uzatmani amalga oshirdi, to'p darvozabon Rijikovda.

70. Onugha hakam tomonidan ogohlantirildi. 

69. "Tambov"da o'zgarish: Karapetyan o'rniga Till tushdi. 

67. Flamarionga tibbiy yordam ko'rsatildi va vaziyat VARda tekshirildi, hakam penalti bermasdan to'g'ri qilgan.

64. Flamarion tezlik bilan raqib jarima maydoni ichina kirib bordi va himoyachi bilan to'nashgan holda yiqilib tushdi.

62. Valeriy CHuperka raqibni yiqitdi va sariq kartochka oldi.

61. "Rotor" to'pga egalik qilmoqda. Mehmonlar butun jamoa bo'lib himoyachlanishmoqda.

58. Gol VARda tekshirildi va hammasi qoidaga binoan bo'lgani malum bo'ldi, gol hisoblandi.

57. GOOOOOOOOLLL! Karapetyan birga-bir holatni golga aylantirdi – 0:1! 

54. Eng qizig'i, mezbonlar ham shoshilishmapyati. Yosip CHondrich himoyachilar orqali hujumga borish variantlarini ko'rib chiqmoqda.

52. Mehmonlar shoshilmasdan hujumga o'tishmoqda. Karasev markaz orqali oldinga o'tdi, ammo Zuriko Davitashvili bilan kurashda yutqazdi. 

50. Flamarion to'p bilan yaxshi ishlayapti. U tezlik olib, raqibdan ilgarilab ketdi. Uzoqdan zarba yo'lladi, biroq bu Rijikovga qiyinchilik tug'dirmadi.

48. Keskin kurashlar hali chekinmagan.  Tetrashvili ko'zi shishib ketgani bois almashtirildi. Endi esa Pavel Karasev yuziga zarba qabul qilib oldi.

46. "Tambov"da o'zgarish: Tetrashvili  o'rniga Karapetyan tushdi. 

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. 

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob ochilmadi – 0:0. Tanaffus! 

Hakam tomonidan ikkinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi. 

44. Zarbalar soni bo'yicha ko'rsatkich:  9 - 5. "Rotor" oldinda. 

42. Zarba! Mullinning xavfli zarbasi ozgina noaniq ketdi. 

41. "Bo'rilar" qarshi hujumga o'tishdi va burchak to'piga ega bo'ldilar, ammo samarasiz. 

40.  "Tambov" darvozaboni va Davitashvili o'rtasidagi navbatdagi duel!  Yana Rijikov g'olib. 

38. Uuuuuxxx! Rijikov! Qanday seyv! U Mullinning zarbasini qaytardi. 

34. Makarov Takazovni yiqitdi va sariq kartochka oldi. 

33. CHuperka "podkat" orqali Ilya Jigulyovning qanotdan oldinga o'tib ketishiga yo'l qo'ymadi. 

31. Uchrashuv qo'polliklarga boy tarzda o'tmoqda.  Aroyanning ko'zi ko'karishga ham ulgurgan. 

28. Ana xolos!  Davitashvili 11 metrlikdan foydalana olmadi, Rijikov to'pni qaytardi! 

26. PENALTI!  Aroyan Jigulyovga nisbatan qoidani buzdi va unga sariq ham ko'rsatildi. 

24. Kostyukov CHondrich darvozasi tomon ancha kuchsiz zarba yo'lladi.

23. To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 75% -  25%

21. Jigulyov Tetrashviliga nisbatan qo'pol o'ynagini bois sariq kartochka oldi. 

19. Aroyan raqib xavfli hujumining oldini olishga erishdi.

18. Tetrashvili ortdan turib Mullinning oyog'iga tepdi, hakam hozircha sariq ko'rsatishga shoshilmadi.

16. Yosip CHondrich birinchi marta o'yinga qo'shildi. "Tambov" "ikkinchi to'lqin" hujumini amalga oshirdi va Pavel Karasev olis masofadan zarba yo'lladi. To'g'ri darvozabonning qo'liga.

15. Kaplienkoning jarimadan uzatgan to'pi himoyachilar tomonidan qaytarildi. 

13. Gogua mehmonlar vakili Aroyanga nisbatan qo'pollik ishlatdi, jarima to'pi. 

11. Yana hujumda mezbonlar. Ilya Jigulev hech bir qiyinchiliksiz taxminan 20 metrni bosib o'tdi, keyin esa zarba berdi, ammo noaniq.

9. "Rotor"da tezkor qarshi hujum sodir bo'ldi. Mullinning zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi. 

7. "Rotor" hujumda faollik ko'rsatmoqda, yaxshi pas... ammo Mullin to'pga etib bora olmadi.

5. Standart vaziyat paytida "bo'rilar" vakili mezbon futbolchisiga nisbatan qo'pollik ishlatdi.

4. Xavfli vaziyat! Onugxa "Rotor" jarima maydoni tomon pas uzatdi, himoyachilar to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishdi.

3. Volgogradliklardan yana bir hujum, bu gal Aroyan tabmovliklarga yordamga kelib, to'pni olib qo'ydi, ammo hujumga o'tishga shoshilmadi.

2. Dastlabki hujum o'ng qanotdan mezbonlar tomonidan uyushtirildi, mehmonlar Gogua uzatgan to'pni qaytarishdi. 

1. O'yin boshlandi. Uni "Rotor" boshlab berdi.  

- Futbolchilar yashil maydonga chiqib kelishmoqda. 

Jasurga omad tilaymiz! 

"Rotorchilar" shu erda 

Stadion shay holatda

Boshlang'ich tarkiblar

- O'yin "Volgograd-Arena"da Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da boshlanadi. 

- Assalomu alauykum, qadrli futbol ixlosmandlari!  Bugun Rossiya chempionati 11-turida "Rotor"da yordamchi murabbiy bo'lib faoliyat olib borayotgan Maksim SHackixning "Rotor" klubi boshqa bir hamyurtimiz Jasur Jaloliddinov to'p tepayotgan "Tambov" klubini o'z maydonida qabul qiladi.   

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика