So’nggi yangiliklar

23:13"Арсенал"нинг таклифи "Спортинг"га маъқул келмади  0 22:55Лерой Сане Туркия жамоасига ўтди  1 22:28Валерий Карпин - "Динамо" бош мураббийи!  1 22:16Расман: "Бунёдкор" раҳбариятида ўзгариш  2 21:56"Англиянинг энг катта клубида ўйнаш насиб этди, энди эса Испаниянинг энг катта жамоасида тўп тепаман" — Трент  9 21:22ПСЖ футболчиси Ла Лигага йўл олиши мумкин  0 20:58"Байер" "Ливерпуль" футболчисига қизиқмоқда  4 20:31"Атлетико" 2025/26 йилги мавсум учун уй либосини тақдим этди  0 20:03Расман: Де Брюйне — "Наполи" футболчиси  2 19:33Перес Трент трансфери ҳақида: "Энди у бу ерда тарих ёзади"  2 19:06ФИФА Клублар ўртасидаги ЖЧ муваффақиятли ўтса, иштирокчилар сонини оширади  8 18:39"Манчестер Сити"да мавсумнинг энг яхши футболчиси аниқланди  6 18:10Сречко Катанец билан самимий суҳбат. Илк ҳиссиётлар ва саралаш босқичи ҳақида  40 17:45Бошкович бир неча бор жаримага тортилди, Дориев, Зотеев ва Одиловга интизомий чора кўрилди — Тартиб-интизом қўмитаси қарорлари  8 17:08"Манчестер Юнайтед" ўз футболчисини Осимхен шартномасига қўшишга тайёр  1

Rossiya. Deyan Lovren gol urgan bahsda "Zenit" "Rostov"ni mag'lub etdi Yangiliklar

Rossiya. Deyan Lovren gol urgan bahsda "Zenit" "Rostov"ni mag'lub etdi

Rossiya chempionati 2-turidan o'rin olgan “Rostov Arena”dagi bahs yakuniga etdi.

FC Rostov

Premier League . 2-tur

15/08/2020, 23:00

2
:
0
Tugadi

Zenit St. Petersburg

Sardar Azmoun - 24', Dejan Lovren - 87'

Stadion: Rostov Arena

45'
90'
3'  Mathias Normann
23'  Evgeny Chernov
74'  Pavel Mamaev (Kento Hashimoto)
74'  Ivelin Popov (Roman Eremenko)
84'  Alexey Kozlov (Khoren Bayramyan)
84'  Eldor Shomurodov (David Toshevski)
1'  Malcom
24'  Sardar Azmoun
24'  Sardar Azmoun
55'  Yaroslav Rakitskiy
70'  Sardar Azmoun
73'  Sebastian Driussi (Danil Krugovoy)
73'  Emiliano Ariel Rigoni (Aleksandr Yerokhin)
78'  Yaroslav Rakitskiy
80'  Malcom (Danila Prokhin)
84'  Sardar Azmoun (Andrey Mostovoy)
87'  Dejan Lovren
87'  Douglas Santos
90'  Wilmar Barrios

"Rostov" – "Zenit" 0:2

"Rostov-Arena"

Gollar: 0:1 – 23 Azmun, 0:2 – 87 Lovren.


"Rostov": Pesyakov, Osipenko, Kozlov (Bayramyan, 85), CHernov, Xadjikadunich, Ionov, Zaynutdinov, Normann, Popov (Eremenko, 74), Mamaev (Xasimoto, 74), SHomurodov (Toshevski, 85).

"Zenit": Kerjakov, Duglas Santos, Rakickiy, Karavaev, Lovren, Ozdoev, Barrios, Malkom (Proxin, 80), Rigoni (Eroxin, 73), Driussi (Krugovoy, 73), Azmun (Mostovoy, 85).

Ogohlantirishlar: Malkom (1), Normann (3), CHernov (23), Rakickiy (55), Azmun (70).

CHetlatish: Rakickiy (78).


UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90+2. Normann "Zenit" jarima maydonchasi yaqinida yiqitildi. Standart vaziyat.

90. Uchrashuv asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.

87. GOL! "Liverpul" sobiq himoyachisi Lovren bosh bilan gol urib, hisobni 0:2 ko'rinishiga keltirdi.

85. O'zgarish: SHomurodov o'rniga Tosevski maydonga tushdi.

81. "Rostov" futbolchilar sonidagi ustunlikdan foydalanib, raqib jarima maydonchasini qamal qilmoqda. Mezbonlar tinim bilmay to'pni Kerjakov maydonchasiga havolatib uzatishmoqda.

80. "Zenit" safida o'zgarish: Malkom o'rniga Proxin maydonga tushdi.

78. QIZIL KARTOCHKA! Rakickiy ikkinchi sariq kartochkani olib, maydonni tark etdi.

75. Normann uzoq masofadan zarba berib, "Zenit" posbonini sinab ko'rdi. Darvozabon Kerjakov to'pni egallab oldi.

74. "Rostov" safida ikki futbolchi almashtirildi, Xashimoto va Eryomenko o'yinga qo'shildi. SHomurodov hali maydonda.

72. Futbolchilar maydonda yashirin jang uyushtirishyapti. Bir vaziyatda "Zenit" futbolchisi raqibga atayin qo'pollik ishlatsa, boshqasida "Rostov" futbolchisi alamini olyapti.

70. Sariq kartochka. Azmun "Rostov" futbolchisiga nisbatan qo'pol o'ynadi.

67. Burchak zarbasidan so'ng SHomurodov ikkinchi qavatdagi kurashda g'olib chiqdi, ammo uning zarbasi darvoza ustidan o'tib ketdi.

63. "Rostov" biroz o'ziga kelib qolgandek ko'rinyapti. Mezbonlarning hujumlari soni sezilarli darajada ortdi.

57. SHomurodov "Zenit" jarima maydonchasiga tashlangan to'pni Mamaev uchun yutib berdi, ammo Pavelning zarbasi noaniq bo'ldi.

56. "Zenit" ham tezkor qarshi hujumni amlaga oshirdi, Azmun bir raqibini ikki marta aldab, zarba berdi. Noaniq.

55. Sariq kartochka. Rakickiy "Rostov"ning tezkor qarshi hujumini qo'pollik bilan to'xtatgani uchun jazolandi.

52. "Rostov" ikkinchi bo'limni birinchi taym kabi faol boshlagandi, ammo yana asta-sekinlik bilan himoyaga yotmoqda.

50. Popov "Rostov" hujumini zarba bilan yakunladi, ammo biroz noaniq.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

TANAFFUS

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

42. Malkomdan super zarba, biroq yana Pesyakov seyv ijro etdi.

41. AZMUUUN! Sardor qulay vaziyatni qo'ldan chiqardi. Uning yaqin masofadan bergan zarbasini Pesyakov qaytarib qoldi.

37. "Rostov"dan o'ta xavfli hujum, ammo Mamaev 11 metrlik nuqta yonidan darvozani nishonga ola bilmadi.

30. Malkom "Rostov" jarima maydonchasi atrofida elib-yugurib, jamoasi uchun vaziyatlar yaratmoqda. Hozircha u "Zenit"ning eng yaxshi futbolchisi bo'lib turibdi.

27. "Zenit" ikkinchi golni urishga yaqin keldi, dastlab Azmun havodan kelgan to'pga zarba bera olmadi, keyin Ozdoev qaytgan to'pni darvozaga joylashda adashdi.

24. GOL! Azmunning zarbasidan so'ng Pesyakov to'pni qaytardi, ammo qaytgan to'p Sardorga kelib tushdi va eronlik forvard bu safar adashmadi.

23. "Rostov" darvozasiga penalti! Hakam VAR takroriy lavhasini ko'rdi va 11 metrlik jarima zarbasini belgiladi.

20. "Zenit" "Rostov" darvozasi oldida tinimsiz hujumlar amalga oshirmoqda, ammo bazida omad kelmayapti, bazida esa himoyachilar halal bermoqda.

14. GOL! Ionov SHomurodovning pasidan so'ng to'pni raqib darvozasi to'riga joyladi, ammo hakam ofsayd bayroqchasini ko'tarib bo'lgan edi.

7. Normann o'z jarima maydonchasiga yaqin hududda qoida buzdi, ammo mehmonlar standartdan unumli foydalana olishmadi.

5. Eldor SHomurodov bugun avvalgi uchrashuvlarga qaraganda ancha faol.

2. SHomurodov 2-daqiqadayoq hisobni ochishi mumkin edi, ammo "Zenit" himoyachilari hujumchimizga halal berib, to'pni olib qo'yishdi.

1. Uchrashuv boshlandi.

- Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.


Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика