So’nggi yangiliklar

01:30Испания кубоги. "Атлетико" "Барселона" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  69 00:32АПЛ. "Челси" – "Саутгемптон". Таркиблар аниқ!  2 00:27Саудия Арабистони. "Ал Насср" ғалаба қозонди, Роналду фаолиятидаги 925-голини урди  1 00:15Сардор Рашидов "Навбаҳор"да қолади  1 00:00Ўзбекистон Суперлигасида қишки трансфер ойнаси ёпилди  0 23:57"Навбаҳор" беш нафар легионерни Суперлига учун рўйхатдан ўтказди. Улар кимлар?  0 23:36Трент ва "Реал Мадрид" 4 йиллик шартнома бўйича оғзаки келишувга эришишди  10 22:33Тебас: "Реал" раҳбарияти ўзидан қурбон ясаб олиб, хар ҳил фитна назарияларини тарқатмоқда"  53 22:08Гвардиола де Брюйнени "Сити"даги келажаги ҳақида гапирди  4 21:46Амирбек Бакаев Беларуснинг бошқа бир клубига ўтди  6 21:15"Машъал" ганалик ҳимоячини ўз сафига қўшиб олди  4 20:48"Навбаҳор" беш нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  1 20:27Доменико кетди, Тибо қайтмоқда  0 20:02Элдор Шомуродов – А Серия 26-тур рамзий терма жамоасига киритилди  11 19:42Федерико Вальверде жароҳат туфайли кубок ярим финалида майдонга туша олмайди  3

Ro'ziqul Berdiev: "Yigitlar hech qanday bosim va hayajonsiz ertangi o'yinga tayyorgarlik ko'rishmoqda" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Yigitlar hech qanday bosim va hayajonsiz ertangi o'yinga tayyorgarlik ko'rishmoqda"

Osiyo chempionlar ligasi 6-turi doirasidagi "Al Vihdat" (Iordaniya) – "Nasaf" uchrashuvi oldidan matbuot anjumani o'tkazildi.


Unda "Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev hamda markaziy himoyachi Husniddin Aliqulov ishtirok etdi va jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

"Maqsadimizga erishishimizga oz qoldi. Hammasi o'z qo'limizda. Aqlni ishlatgan holda o'ynab, bor kuchimiz bilan harakat qilamiz. 

Keyingi bosqichga chiqishni niyat qilgandik va bunga yaqinmiz. Yigitlar hech qanday bosim va hayajonsiz ertangi o'yinga tayyorgarlik ko'rishmoqda. 

"Al Vihdat" – "Nasaf" singari ochiq futbol o'ynaydigan jamoa. O'xshash taraflarimiz bor. Hech birimizda yulduz futbolchi yo'q. "Al Vihdat" va "Nasaf" kurashuvchan, harakatchan jamoalar sirasiga kirishadi. Qolaversa, ikki klubning jismoniy tayyorgarligi ham deyarli bir xil va yaxshi holatda. 

Ertangi o'yinda maksimal kuchimizni sarflashimiz lozim, chunki oson bo'lmaydi. "Al Vihdat" yaxshi shakllangan jamoa ekanligini ko'rdik. Ular bejiz Iordaniya chempionati etakchilaridan biri emas ekan", – dedi Ro'ziqul Berdiev.

"Jamoamiz futbolchilarining kayfiyati alo darajada. Ertaga chiroyli o'yin ko'rsatib, g'alaba qozonishga intilamiz", – dedi Husniddin Aliqulov.

Eslatib o'tamiz, "Al Vihdat" – "Nasaf" bellashuvi ertaga Toshkent vaqti bilan 22:15 da boshlanadi.

Reyting: +38   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика