So’nggi yangiliklar

10:48Аброр Пирриев допинг текшируви ўтказиш учун допинг офицерларини жамоамиз истиқомат қилаётган меҳмонхонага ташрифи борасидаги саволга жавоб берди  0 10:36“Ал Ҳилол“ ТОП форвардга йига 40 миллион евро таклиф қилди  0 10:11Халқаро спорт тадқиқотлари маркази (CIES) энг қиммат футболчилар рейтингини янгилади  4 09:44Ўтган мавсум А Серияда 11 та гол урган ҳужумчи фаолиятини “Рома“да давом эттириши мумкин  0 09:17УEФА Чемпионлар Лигасининг янги мавсумида “Барселона“ни очколардан маҳрум қилиши мумкин  17 08:50Goal «Олтин тўп»ни ютишга даъвогарлар рейтингини янгилади. ПСЖнинг уч нафар футболчиси ТОП-10 га илк бор киришди  11 08:23“Реал Мадрид“ яна бир трансфер бўйича ишни якунлади  14 07:56Бугун Ўзбекистон ОТЖ Францияга қарши баҳс олиб боради  9 07:23БАА Спорт вазирлиги "Ҳаммамиз оқлар тарафидамиз" кампаниясини ўтказмоқда: Спорт федерацияларига бепул чипталар тарқатиляпти  30 00:44Сон Хён Мин "Тоттенхэм"ни тарк этиши ва Саудия клубига ўтиши мумкин?!  1 00:19Лука Модрич янги клуби билан қачон шартнома имзолайди?  1 23:44"Тоттенхэм" янги уй либосини тақдим этди  2 22:42Инзаги "Ал Ҳилол"да қанча маош олади?  3 22:07ПСЖ украиналик футболчини ўз сафига қўшиб олмоқчи, аммо...  1 21:32"Ал Ҳилол"га ўтишга рози бўлмаган Тео Эрнандес испан гранди сафига ўтиши мумкин  4

Ro'ziqul Berdiev: "Tez o'ylash va harakat qilish - hozirgi futbolning talabi" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Tez o'ylash va harakat qilish - hozirgi futbolning talabi"

"Nasaf" - "Qizilqum" uchrashuvidan keyin mezbonlar jamoasi bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev matbuot anjumanida qatnashdi.




- Natija biz kutgandek bo'ldi. G'alaba uchun maydonga tushgandik. O'yinga tuzgan rejamiz ham amalga oshdi. "Qizilqum" tarkibida tajribali futbolchilar ko'p edi, so'nggi o'yinlarda ular to'pni o'zlarida ushlab tura olayotgandi. Raqiblar to'pga egalik qilayotgan paytda ularga bosim o'tkazishimiz kerak edi va buni yigitlar juda yaxshi uddalashdi. SHuningdek, biz raqiblarga qaraganda chaqqonroq o'ynashimiz kerak edi. O'ylaymanki, buni ham yigitlar yaxshi bajarganini barcha ko'rdi. Vaziyatlarning barchasidan ham foydalana olmadik. Tan olish kerak, Nesterov bugun jamoani bir necha yaqqol golli vaziyatlardan qutqarib qoldi. Bugun 3 ochko olish uchun 4ta gol etarli bo'ldi. Barchani g'alaba bilan tabriklayman. Bugun sifatli va mazmunli o'yin ko'rsatishga harakat qildik. Hozirgi futbolning talabi - tezroq harakat qilish va tezroq o'ylash kerak. Futbolchilarni shunga o'rgatyapmiz. Raqibga bosim o'tkazib, to'pni iloji boricha ushlab turish kerak. Futbolchilarim buni eplashyapti. 

- Darvozabon - yarim jamoa. Ignatiy Nesterov shunday darvozabonlardan biri. Bugun yirik hisob qayd etilishi siz uchun qanchalik kutilmagan bo'ldi?
- Yirik hisobda g'alabaga erishishni reja qilgandik. Nesterov haqida qancha gapirsangiz ham, tarif bersangiz ham juda oz. Nesterov futbolimiz afsonasi, u o'zbek futboli uchun ko'p narsa bergan. Umuman olganda raqiblar tarkibidagi ko'plab futbolchilar tajribali edi. SHunday raqibni ko'rib, bugun sizlar yirik hisobda yutasiz, deyishganida ko'pchilik ishonmasdi. Lekin biz uchun o'yin shunday yaxshi kechdi-ki, biz vaziyatlarni golga aylantira oldik. SHu sababdan raqiblar ochilishga majbur bo'ldi va biz qarshi hujumlardan unumli foydalandik.

- Dilaver Xarisning jamoadan ketishini qandavy baholaysiz?
- U jamoaga kirishib keta olmayotganini tushundi va shartnomani bekor qildik.

- Traore vaqtida qaytdi deb o'ylaysizmi?
- Traoreni "Dinamo"ga ijaraga bermoqchi edik. Biroq ular negadir buni istashmadi. Unga imkoniyat beramiz, u yuqori potencialli futbolchi. Gavdasiga nisbatan texnikasi ham yaxshi. SHu boisdan uni asosiy tarkibga kira oladigan futbolchi sifatida etishtira olamiz, degan umiddamiz va bunga harakat qilamiz.

- "Nasaf"ning logotipini o'zgarishini qanchalik istagandingiz?
- Birinchidan bu muxlislarning talabi edi. Biz muxlislar uchun barchasiga tayyormiz. Klubdagi insonlar bu borada jiddiy ishladi va almashtirishdi. Muxlislarga yoqqan bo'lsa bo'ldi.

- "Nasaf" juda shijoatli jamoa. Biroq "Paxtakor"ga qarshi o'yinda bu ko'rinmadi.
- "Paxtakor"ga qarshi o'yindan keyin ham aytgandim. Ularga qarshi o'ynash juda qiyin. "Paxtakor"ga qarshi o'yinda katta kuch yo'qotib, "Bunyodkor" bilan bahsda qiyin holatga tushib qolishimiz mumkin edi. To'g'risini aytganda, "Bunyodkor"ga qarshi o'yinda yaxshi holatda bo'lish uchun "Paxtakor" bilan sekin o'ynashga qaror qildik.

Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика