Ro'ziqul Berdiev Saitov va Nasrullaevning jarohati haqida malumot berdi
12 noy 2020 10:23
Yangiliklar
Ro'ziqul Berdiev Saitov va Nasrullaevning jarohati haqida malumot berdi
Qarshining "Nasaf" klubi Superliganing 22-turini o'z maydonida "Qo'qon-1912"ga qarshi o'tkazdi.
Mazkur bahsda "Ajdarlar"ning bir yo'la ikki himoyachisi Dilshod Saitov va SHerzod Nasrullaev jarohat olib maydonni tark etishgandi. Futbolchilarning holatini bilish maqsadida jamoa bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdievga murojaat qildik.
"Dilshod Saitovning oyoq suyagi singan va gisp qo'yilgan. U kamida bir oy davomida davolanadi. Dilshodning qachon maydonga qaytishi uning tiklanish jarayoni qanday davom etishiga bog'liq bo'ladi. Barchamiz uning tezroq safga qaytishini kutamiz.
SHerzod Nasrullaevning esa tizza qismi qayrilib ketgandi. SHifokorlar tekshiruvi jarohat u qadar jiddiy emasligini ko'rsatdi. Nasib qilsa SHerzod navbatdagi o'yinga tayyor bo'ladi", - deydi Ro'ziqul Berdiev.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar