So’nggi yangiliklar

09:21"Андижон" 14 йилдан сўнг ОКМКни мағлуб этди  0 08:53Гвардиола: "Ҳусановнинг ўйнидан қониқиш ҳосил қиляпман"  2 08:26Миржалол Қосимов мураббий сифатида илк бор "Андижон"га ютқазди   2 08:10Суперлига. "Андижон" – ОКМК 1:0   1 07:56Фабио Каннаваро ҳам Ўзбекистонга "йўқ" дегани айтилмоқда - манба  18 07:40Суперлига. Лушанни истеъфога чиқарган "Навбаҳор" бугун "Қизилқум"ни меҳмон қилади  0 02:00"Интер" президенти А Серия даражасини баҳолади  1 01:29Бундеслига. "Бавария" йирик ғалаба қайд этди, Харри Кейн мавсумдаги 10-голини урди  2 01:10Энцо Мареска: "Дарвозабонлар бўйича муаммо йўқ"  2 00:57Саудия Арабистони. "Ал Насср" Мане ва Роналдунинг голлари эвазига "Ал Иттиҳод"ни мағлуб этди  26 00:33"Ливерпуль" Кьеза борасидаги қарорини ўзгартирди  2 00:14"Барселона"нинг икки футболчиси қанча муддатга сафдан чиққани аниқ бўлди  4 23:48Руни Экитике ҳақида: "Аҳмоқона ҳаракат. ВАР замонида голни текширувдан кейин нишонлаш керак"  2 23:15"Олтин тўп-2025". Ким қанча овоз тўплади?  3 22:54Максим Шацких: "Нима, ҳар бир ўйинда 5тадан гол уришимиз керакми? Бу "Барселона" эмас, "Андижон"  11

Ro'ziqul Berdiev: "Raqiblar bizga yuqori baho berishmoqda va faqat himoyaviy futbol o'ynashmoqda" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Raqiblar bizga yuqori baho berishmoqda va faqat himoyaviy futbol o'ynashmoqda"

"Nasaf" va "Buxoro" jamoalari o'rtasida o'tgan bahsdan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev ishtirok etdi.

Bugun raqib darvozasi tomon 20ga yaqin zarba berdik, g'alabaga erishish uchun vaziyatlar ham yarata oldik. Ammo so'nggi nuqtani qo'yish, hujumlarni yakunlashda sovuqqonlik etishmayapti. O'yin bir tomondan qoniqtirdi, ammo futbolda natija birinchi o'rinda.  Raqiblar bizga yuqori baho bergan holda faqat himoyaviy o'yin tanlashmoqda. SHunga qaramay vaziyatlar yaratdik, ammo gol ura olmadik. To'g'ri ochko ko'p yo'qotayapmiz. Yigitlar g'alaba uchun oxirigacha kurashishdi. Ularni nimadirda ayblab bo'lmaydi.

- Restartdan keyin ketma-ket uchta durang qayd etildi. "Nasaf" durangchi jamoaga aylanib qolmadimi?
- Yo'q. To'g'ri durang o'ynayapmiz, ammo ko'rgan bo'lsanglar mana shu uchala o'yinda raqiblardan ustunlik qildik.

- Dilshod Rahmatullaev oxirgi ikki o'yinda barvaqt zaxiraga olinmoqda. Bu nima bilan bog'liq?
- Yo'q, uning tajribasi bor. Unga ishonamiz. Bazida o'z o'yinchisini yo'qotib, hujumga berilib ketayotgani uchun sxemamizni o'zgartirdik va almashtirdik.

- Stanoevich burchak to'pini amalga oshirmoqda. U bo'ydor, burchak to'pini amalga oshirmay jarima maydoni ichida ko'proq foydali bo'ladi deb o'ylamaysizmi?
- Markoni bosh bilan yuqori saviyada o'ynay olishini ko'rmadim. Lekin jarima to'plarini yaxshi uzatib beradi.

- Dilshod Saitov qachon safga qaytadi?
- Jarohatidan deyarli qutuldi, o'ylashimcha keyingi turlarda maydonga tushadi.

- Afrikalik futbolchining taqdiri nima bo'ldi?
- Faysal Traore bizga tegishli futbolchi va "Dinamo" safida qaydnomadan o'tgandi. Biroq yaqinda Samarqand klubi ijara shartnomasini bekor qildi. Biz faqat transfer oynasi ochilganidan keyin uni ro'yxatdan o'tkaza olamiz.



Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика