Ro'ziqul Berdiev: "Qo'qon-1912" doim bizga keskin qarshilik qiladi"
26 avg 2016 19:41
Yangiliklar
Ro'ziqul Berdiev: "Qo'qon-1912" doim bizga keskin qarshilik qiladi"
Oliy liganing 20-tur doirasidagi "Qo'qon-1912" - "Nasaf" (1:2) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanining birinchi qismida "ajdarlar" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev ishtirok etdi.
"Qo'qon-1912" jamoasi doim bizga keskin qarshilik ko'rsatadi. Bugun ham xuddi shunday bo'ldi, bugungi g'alabaga osonlikcha erishmadik. Uchrashuvni juda sekin boshladik, shu bois raqib tashabbusga ega bo'ldi. Gol urgach vaziyat o'nglandi. Ikkinchi gol urganimizdan so'ng jamoamiz to'xtadi. Omad biz tomonda bo'ldi. Erkinov oldingi ikki o'yinda ishtirok eta olmagandi. Sog'ligini tiklab mashg'ulotlarda o'zini ko'rsatgani uchun asosiy tarkibga kiritdim. Uning ikkita muhim goli bilan bizga g'alaba keltirdi", - deydi Berdiev.
"Qo'qon-1912" matbuot xizmati
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Fikrlar