So’nggi yangiliklar

15:21Дел Пьеро клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатида ким ғолиб бўлишини тахмин қилди  0 14:53Эмилиано Мартинес "Челси" ёки "Атлетико"га ўтиши мумкин  0 14:28"Атлетик" собиқ президенти: "Уильямс биз учун ўйнашни истамаяпти"  4 13:45Луис Энрике: "Интер Майами"нинг даражаси умуман бошқача"  3 13:21Арсен Венгер: "Майдонлар талаб даражасида эмас"  3 12:50Маскерано: "Биз бу ўйинда аутсайдермиз"  6 12:14Бруну Лаже "Челси"дан учралган мағлубиятга изох берди  0 11:52Рейна ўз давридаги энг кучли дарвозабонларни санади  10 11:25Энцо Мареска: "Челси" сўнгги ойдаги энг зўр ўйинини ўтказди"  2 10:43МЮ “Реал“ футболчисига расмий таклиф билан чиқди  0 10:10“Челси“ “Боруссия Д“ футболчисини сотиб олишга яқин  2 09:38Нико Уильямс “Барселона“га талаб қўйди  9 09:05Суперлига. Бугун 14-тур давом эттирилади  4 08:34"Нефтчи" собиқ футболчисини ортга қайтармоқчи  6 08:03Бугун аёллар терма жамоамиз Осиё кубоги саралашдаги юришини бошлайди  3

Ro'ziqul Berdiev: “Qiyin o'yinda uch ochko ishladik” Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: “Qiyin o'yinda uch ochko ishladik”

“Buxoro” – “Nasaf” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida dastlab “Nasaf” ustozi Ro'ziqul Berdiev jurnalistlar savollariga javob qaytardi.
- O'yin og'ir bo'ldi. Sababi “Buxoro” bizga qarshi jiddiy hozirlik ko'rgan va g'alaba uchun maydonga chiqishgandi. Bugungi o'yinga qo'yilgan vazifvamiz – uch ochkoni qo'lga kiritish edi. Bunga erishdik. Lekin bunga osonlikcha erishmadik. Mezbonlar bizga ancha muammo tug'dirishdi. “Buxoro”ning o'yinlarini ancha jiddiy o'rgangan edik. Yigitlar shunga mos ravishda ko'rsatmalarimizni bekamu ko'st bajara olishdi. Umuman o'yin jangovar ruhda o'tdi, deb aytish mumkin.

- "Buxoro"dan bir futbolchi maydondan chetlatildi...
- Ochig'ini aytsam, raqib bir kishi kam bo'lib harakatlansa bu menga yoqmaydigan holat. CHunki bu shogirdlarimga ham bazida ruhiy tomondan salbiy tasir qiladi. O'sha vaziyatda Gevorkyan tezlik bilan raqibdan o'tib ketayotgan bir paytda, uni chalib yiqitdi va ikkinchi bor ogohlantirish olib, maydonni tark etdi. Bu albatta, buxoroliklarga qiyinchilik tug'dirdi. CHunki “Nasaf”ga qarshi bir kishi kam bo'lib o'ynash oson emasdi.

- Baqoevning o'yini haqida nima deya olasiz?

- Baqoev o'zi ishining ustasi ekanligini bilamiz. SHu yoshida ham yaxshi formada ekanligiga guvoh bo'ldik. O'ylaymanki, hali uning “Buxoro”ga foydasi tegadi. Garchi o'yin amaliyoti kam bo'lsada, uning tajribasiga shubha qilmasa ham bo'ladi.

- Bugun Eldorbek Suyunov uchrashuv qaydnomasiga ham kiritilmadi...

- Avvalgi o'yindagi kichik jarohati unga biroz halal berayotgandi. SHu bois unga dam berishga qaror qildik. Uning sog'lig'i joyida, jarohati og'ir emas. O'ylashimcha, u terma jamoa yig'iniga jalb etilgan va bosh jamoaga yordam bera oladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика