So’nggi yangiliklar

12:07Breaking! Сречко Катанец Ўзбекистон МТЖни тарк этди  149 11:31Рэшфорднинг агенти "Барселона" спорт директори Деку билан учрашди  3 10:56"Бунёдкор" Анталияга қандай таркиб билан йўл олди?  3 10:30Эшитдик-да! "Локомотив" билан шартнома қилган футболчилар Суперлигага қайтмоқда   13 10:05Ўзбекистон U-20 терма жамоаси бугун Қатар билан ўйнайди  0 09:35Тошкент клуби футболчиси "Қизилқум" сафига бориб қўшилди  1 09:10"Андижон" Туркияда 9 та назорат учрашуви ўтказади. Рақиблар орасида Норвегия жамоаси бор  1 08:30Про лига тўпурари клуби билан келишувни узайтирди  0 08:00Санъат Шихов "Бунёдкор" U-21 жамоасида иш бошлади  3 07:30"Навбаҳор"дан кетган футболчи Баҳрайн клуби билан шартнома имзолади   2 03:05ЕЧЛ. "Атлетико" "Байер" устидан иродали ғалаба қайд этди, "Ливерпуль" эса "Лилл"дан устун келди ва бошқа натижалар  11 03:00ЕЧЛ. Лиссабондаги ёмғирли драмада "Барселона" фантастик камбэк қайд этди!  210 01:20Жалолиддин Машариповнинг қанча муддатга сафдан чиққани маълум бўлди  14 00:52ЕЧЛ. "Аталанта"дан йирик ғалаба, "Монако" эса "Астон Вилла"ни мағлубиятга учратди  6 00:44Пеп Гвардиола: "Ҳусанов АПЛда ўйнашга тайёр. ЕЧЛда эса плей-оффга чиқиб олишимиз керак"  5

Ro'ziqul Berdiev qanday jazo oladi? Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev qanday jazo oladi?

Superliganing 23-turidan o'rin olgan "Andijon" - "Nasaf" uchrashuvida g'alati voqea yuz berganidan xabaringiz bor.

Aziz Asimov 70-daqiqada "Nasaf"ning golini bekor qilgach jamoa ustozi Ro'ziqul Berdiev bosh hakamga keskin etiroz bildirdi va shogirdlarini maydondan olib chiqib ketmoqchi bo'ldi.

27 oktyabr kuni hakamlar va jurnalistlar ishtirokida o'tgan seminarda sobiq FIFA hakami, OFK instruktori Valentin Kovalenko o'sha vaziyatda Aziz Asimov to'g'ri qaror chiqarganini tahlil qilib berdi.

Superliganing 20-turidan o'rin olgan "Navbahor" - "Qizilqum" (0:0) uchrashuvida mehmonlar bosh murabbiyi Hamidjon Aktamov 1-taymdan keyin jamoani olib ketishini aytayotgani translyaciyada eshitilgandi. Navoiylik murabbiy "Navbahor" vakillarining o'z shogirdlarini "sindirishga" urinayotganidan g'azablangandi. 

Biroq, har 2 vaziyatda ham uchrashuv to'liq davom ettirildi. Garchi Berdiev faqat gap bilan cheklanib qolmagan bo'lsa ham. SHu o'rinda savol tug'iladi: Agar Aktamov yoki Berdiev uchrashuv davomida o'z jamoasini ruxsatsiz maydondan olib chiqib ketsa, nima bo'lar edi? 

Bunga javob topish uchun Intizom kodeksini "tilga kirgazamiz". Uning 5-bo'lim 2-bandida "Maydonni ruxsatsiz tark etgani, uchrashuvni davom ettirishdan bosh tortgani uchun" shunday sankciyalar belgilangan (klubga nisbatan):

1. texnik mag'lubiyat;

2. pul jarimasi (500 mln so'mgacha).

SHuningdek, O'zPFL matbuot xizmati komissar bildirgisiga asosan, “Nasaf” ustozining hatti-harakatlari Tartib-intizom qo'mitasiga oshirilganini malum qildi

Kodeksga tayanadigan bo'lsak, Ro'ziqul Berdievni quyidagi jazolardan biri kutib turibdi:

1. ogohlantirish;

2. pul jarimasi;

3. malum muddatga diskvalifikaciya qilish yoki rasmiy vazifalarni bajarishdan chetlatish.

Malumot uchun, Tartib-intizom qo'mitasiga kelib tushgan materiallar, ular ro'yxatdan o'tkazilgan kundan (26 oktyabr) boshlab o'n kun mobaynida ko'rib chiqiladi. 

"Bunyodkor" "Navbahor" futbolchisining ustidan shikoyat qiladi

Faxriddin Ro'ziev

Muallif :
Reyting: -66   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика