Ro'ziqul Berdiev: “Paxtakor” haqli g'alabaga erishdi”
17 okt 2014 20:16
Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: “Paxtakor” haqli g'alabaga erishdi”
“Paxtakor” – “Nasaf” uchrashuvi yakunlanganidan so'ng mehmonlar ustozi Ro'ziqul Berdiev o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
O'yin haqida qisqa qilib aytaman. Bugun “Paxtakor” haqli ravishda g'alaba qozondi. Jamoamiz bugun yomon o'ynadi va yakunda natija qoniqarsiz bo'ldi. O'yinga o'zimiz tayyorlagan rejamiz bor edi. Ammo o'tkazib yuborilgan gol bizning rejamizni buzib qo'ydi.
-Eldor Suyunov va SHuhrat Muhammadiev bugun maydonda ko'rinmadi...
- Ular terma jamoamizning so'nggi o'yinida to'liq ishtirok etishdi va toliqib qolishgani aniq edi. Uchrashuvdan oldin ular bilan gaplashganimda, uchrashuvga tayyor emasliklarini aytib o'tishdi.
-Qaysidir futbolchiga etirozingiz bormi?
-Qaytarib aytaman, bugungi mag'lubiyatga butun jamoa aybdor.
-Farruh Sayfiev asosiy tarkibga kiritb kelganingizda sizni ko'p tanqid qilishdi. Lekin vaziyat shuni ko'rsatdiki, Sayfiev terma jamoa futbolchisi darajasiga chiqdi. Bu noo'rin tanqidlar sizni chalg'itib qo'ymaydimi?
-Biz ortiqcha gap-so'zlarga ko'p ham etibor bermaymiz. Men Farruhni imkoniyatlarini yaxshi bilaman. Sayfiev juda mehnatkash bola.

Fikrlar