So’nggi yangiliklar

07:37U-23 Осиё кубоги. Бугун Олимпия терма жамоамиз ўз юришини бошлайди  1 04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  1 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  1 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  2 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  0 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  1 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  19 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  2 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  10 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0

Ro'ziqul Berdiev: "Oybek Bozorov bizga keyingi o'yinlarda ham kerak. O'ylaymanki, uning jarohati jiddiy emas" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Oybek Bozorov bizga keyingi o'yinlarda ham kerak. O'ylaymanki, uning jarohati jiddiy emas"

Qarshining "Nasaf" jamoasi Superliganing to'rtinchi turida o'z maydonida "Turon" (4:0)ni qabul qildi.





Ushbu uchrashuvdan so'ng jamoa bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Mavsumdagi ilk g'alaba bilan muxlislarimizni tabriklayman. Har doim sifatli o'ynashga harakat qilamiz. Raqibimiz ko'proq himoyaviy o'yin qilib, bizni asabiylashtirishlari mumkinligini futbolchilarga aytib o'tgandik. Bugun shoshilmay, o'z o'yinimizdan chetga chiqmasligimiz kerak edi. Futbolchilar buni yaxshi uddalay olishdi. Ko'rdinglar, raqib dastlabki 20-25 daqiqada munosib qarshilik ko'rsata oldi. Birinchi goldan so'ng hammasi o'zgarib ketdi va ustunlik biz tomonga o'tdi. 

O'ylaymanki, Oybek Bozorovning jarohati jiddiy emas. U bizga keyingi o'yinlarda kerak. Hozir shifokorlar bilan gaplashamiz va hammasiga aniqlik kiritamiz.

Dilshod Saitovning chap qanotga tushirilishi reja o'zgargani bilan bog'liq emas. Uning o'zidan so'raganimda brovka (burchak)ga yaqinroq joyda o'ynashini aytdi. Balki oldinga borishga eringandir.

"Turon" ochiq futbol ko'rsatdi, demagan bo'lardim. Faqat birinchi goldan so'ng ularning rejalari o'zgarib ketdi", - deydi Ro'ziqul Berdiev.

Reyting: +30   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика