So’nggi yangiliklar

00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  4 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0 22:40"Ал Насср" Феликсдан сўнг ЖЧ ғолибини нишонга олди  5 22:16Диас "Бавария"га 75 млн евро эвазига ўтмоқда, томонлар барчасини келишиб олишди. "Ливерпуль" вингери 4 йиллик шартнома имзолайди  5 21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0 21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  2 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  4 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  11 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  2 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  2 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5

Ro'ziqul Berdiev: "Olti nafar himoyachi bilan o'ynagandan keyin kimdir oldiga borib gol urishi kerak-da" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Olti nafar himoyachi bilan o'ynagandan keyin kimdir oldiga borib gol urishi kerak-da"

Coca-Cola O'zbekiston kubogi musobaqasining yarim final bosqichidan o'rin olgan "Nasaf" - AGMK (2:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Avvalo shuni aytmoqchiman, bugungi o'yinda muxlislarimiz daldasi va duolari bizga g'alabani qo'lga kiritishda katta yordam bo'ldi. Biz muxlislarga ajoyib g'alaba va final yo'llanmasini taqdim etdik, bundan juda ham xursandmiz. Finalda ham albatta bosh sovrin uchun oxirigacha kurashamiz. O'yin haqida aytadigan bo'lsam, ko'plab vaziyatlar yaratdik. Bugungi raqibimiz haqiqatdan juda kuchli edi. Aytish joiz, biz bugun kuchli raqibni ortda qoldira oldik. Birinchi bo'limda ozgina etiborni yo'qotdik va shuning evaziga gol o'tkazib yubordik. Ikkinchi bo'limda o'zgarishlar orqali o'yinimizga kuch qo'sha oldik va yakunda g'alabaga erishdik.

- "Nasaf" 8 marta O'zbekiston kubogi finaliga chiqdi. SHuningdek, 2 marta mazkur musobaqada bosh sovrinni qo'lga kiritgan. Buxoroda bo'lib o'tadigan finaldan ham muxlislarning umidi katta...

- Albatta, biz ham jamoamiz bilan bosh sovrinni yutishni istaymiz va bunga astoydil kurashamiz. Muxlislarni tushunaman, ular bizdan g'alabalarni kutishadi. Kubokda oxirigacha kurashamiz va nasib bo'lsa navbatdagi bosh sovrinni qo'lga kiritishni maqsad qilganmiz.

- Finalda "Navbahor" raqib bo'lgani maqulmi yoki "So'g'diyona"mi?

- Men har ikki jamoaning imkoniyatlarini yuqori baholayman, kuchli jamoalar. Munosibi finalga yo'l oladi.

- Bugungi o'yindagi hakamlik haqidagi fikringiz qanday?

- Bugun o'tgan o'yindagi kabi vaziyatlar osonlik bilan hal qilindi. Hakamlar barcha vaziyatlar bo'yicha futbol qoidalariga asosan qaror chiqarishdi deb o'ylayman.

- Gollar asosan himoyachilar tomonidan kiritilmoqda. Hujumchilarga qachon navbat keladi?

- Maydonda jami 6 nafar himoyachi bilan o'ynasangiz qaysidir biri borib gol urishi kerak-da! (kuladi). Hozirgi zamon futbolida bo'ydor futbolchilarning standart vaziyatlarda o'rni alohida bo'layapti.

- Bahrom Abdurahimov qachon safga qaytadi?

- Mashg'ulotlarga kirishdi. Yaqin orada bizga yordam bera oladi.

- Oybek Bozorovchi?

- Oybek bir oz qattiq jarohat olgan. Lekin suyaklari lat emagan ekan. Mushaklarida jarohat bor. Bu o'tib ketadigan jarayon, balki keyingi o'yindayoq bizga yordam berishi mumkin.

- SHerzod va Dilshod biri 45 daqiqa, biri 55 daqiqa o'ynadi. Ularning o'yinidan qoniqish hosil qilmadingizmi?

- Bu sxemada o'ynaganimizda ular ikki qanotlari yopishlari kerak bo'ladi. Ular katta hajmdagi ishni bajarishdi va charchoq alomatlari ko'rinib qoldi.

- Kubok o'yinlarida ko'proq darvozada Umidjon Ergashevga imkoniyat berilishining sababi nima?

- Albatta Abduvohid ham, Umid ham olimpiya terma jamoasiga nomzod futbolchilar sanalishadi. SHu sabab ularning ikkisiga ham imkoniyat berishga harakat qilayapmiz. O'tgan o'yinda Abduvohid bir oz xatoga yo'l qo'ygandek ko'rindi. SHu sababdan bugun Umid Ergashevni maydonga tushirdik.

- Statistikaga qarasak, "Nasaf" ko'proq safarda g'alabaga erishayapti. Buxorodagi o'yinda ham jamoangiz birinchi raqamli bo'lib o'ynaydimi?

- Qarshiga kelgan jamoalar biz bilan ko'proq himoyaviy uslubda o'ynashmoqda. Bu bizga yorib o'tish uchun qiyinchilik tug'dirmoqda. Safardagi o'yinlarda esa raqiblar hujumga o'tishadi va bizda bo'sh xududlar bo'ladi.

Reyting: +44   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика