So’nggi yangiliklar

19:03Хави "Барса"га қайтиши ҳақидаги миш-мишларга чек қўйди  0 18:35"Манчестер Юнайтед" Кварацхелияга қизиқмоқда, аммо футболчининг нархи трансфер имкониятини шубҳа остига қўймоқда  2 18:07"Тоттенхэм" Тудорни ишдан бўшатишга тайёр. Клуб аллақачон бош мураббийликка икки номзодни кўриб чиқмоқда  1 17:39"Барселона" ва "Манчестер Юнайтед" сенсацион алмашувни тайёрламоқда  6 17:11"Ливерпуль" футболчиси АПЛдаги рақобатчидан қизиқиш бўлганини тасдиқлади  1 16:43Суперлига. "Андижон" охирги бор "Нефтчи"ни Фарғонада қачон енгган?  14 16:21Ўзбекистон чорак финалда. Жаҳон чемпионатига бир қадам қолди  5 15:55Аёллар ўртасидаги Осиё Кубоги. Ўзбекистон Бангладешга 4 та гол урди ва плей-оффга йўл олди  3 15:27Бразилияда ҳакам 23 та (!) қизил карточка кўрсатди: Халк воқеа марказида  3 15:06Суперлига. "Навбаҳор" XXI асрда "Пахтакор"ни меҳмонда ютмаган  20 14:38Таниқли мураббий "Реал" қизиқиши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди  19 14:14Ҳужумчини сабр билан кузатиб боради, орқа томонида бўш ҳудуд очиб қўймайди... Абдуқодир Ҳусановнинг ўйини таҳлил қилинди  22 13:53"Челси" Росеньор олдига қатъий талаб қўйди  1 13:25Расман: "Олимпик" собиқ футболчиси "Арал" таркибига қўшилди  0 13:13Ўзбекистон Кубоги саралашида 16 жамоа қатнашади: уларнинг орасида ҳаваскор жамоа ҳам бор  1

Ro'ziqul Berdiev: “OCHLga munosib hozirlik ko'ramiz” Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: “OCHLga munosib hozirlik ko'ramiz”

“Nasaf” bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev kuni kecha Sankt-Peterburg shahrida bo'lib Evropa chempionlari ligasidan o'rin olgan “Zenit” – “Benfika” uchrashuvini bevosita “Petrovskiy” stadionidan turib kuzatdi.
Kuni kecha Rossiya safaridan qaytgan jamoamiz ustozi bu haqda quyidagilarni gapirib berdi.

-Evropa qitasining klublar o'rtasidagi eng nufuzli musobaqasini bevosita kuzatish uchun ushbu uchrashuvga bordim, -deydi Ro'ziqul Sadullaevich. – Maqsadim ECHL uchrashuvini tomosha qilish bilan birga o'sha o'yinda murabbiylarning taktik va texnik uslublarini oz bo'lsada o'zlashtirishdan iborat edi. Safardan o'zim uchun kerakli axborotlarni to'play oldim. Uchrashuvdan keyin “Zenit” klubi qarorgohiga ham borib, u erda futbolchilar uchun yaratilgan sharoitlarga guvoh bo'ldim. To'g'risini aytganda, klub bazasida yaratilgan sharoitlardan ajablanmadim. Bizda ham shu kabi sharoitlar yaratilgan. “Zenit”da barcha tashkiliy ishlar alo darajada tashkil etilgan va profesionallar ish olib borishiga guvoh bo'ldim.

-Kuni kecha OFK tomonidan Osiyo chempionlari ligasi bahslarida O'zbekiston uchun 3+1 tarzida o'rinlar taqsimlangani malum bo'ldi. Bu “Nasaf”ning yangi mavsumda OCHLni guruh bosqichida boshlashini anglatadi...


-Albatta biz yakunlangan mavsumda chempionatni sovrinli o'rinda yakunlagach, qita turniring guruh bosqichida boshlashni niyat qilgandik. Kutilgandek, OFK tomonidan yurtimiz jamoalari uchun 3+1 tarzidagi o'rinlar taqdim etildi. Bu yurtimiz futbolining nufuzi OFK tomonidan yuqori baholanganidan dalolat beradi. Yangi mavsumda ushbu turnirda qatnashadigan barcha klublarimizga omad tilayman. O'z o'rnida “Nasaf” futbolchilari ham ushbu bahslarga munosib hozirlik ko'rishadi. O'tgan haftada jamoamiz azolari Toshkentda tibbiy ko'rikdan o'tishdi. Ko'rikdan ertaroq o'tishimizning sababi safimizdagi jarohat olgan ayrim futbolchilarimizga aniq tashxis ham qo'yiladi. Yangi yil oldidan tashkil etiladigan yig'inmizga ular tayyor holatda kelishadi. 
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика