So’nggi yangiliklar

01:48"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини 14 млн евро эвазига харид қилишга тайёр, аммо...  1 01:21"Милан" сардори "Галатасарой"ни рад этди. Турк клуби ҳимоячига "Милан"дагидан кўпроқ маош таклиф қилганди  0 00:51"Комо" Рафаэль Вараннинг трансферини эълон қилди  2 00:22"Жирона" "Тоттенхэм" форвардини ижарага олиш бўйича келишувга эришди  0 23:51"Манчестер Юнайтед" яқин вақтларда Санчонинг тақдирини ҳал қилади  0 23:21"Барселона" собиқ футболчиси "Ювентус"га ўтишга яқин  0 22:55Мбаппесиз: "Реал" АҚШдаги турне учун таркибини эълон қилди  2 22:31"Реал" 2025 йилда Трент ва Дэвис билан текинга шартнома имзолаш устида ишламоқда  4 22:06"Галатасарой" 22 млн еврога РПЛдан ўйинчи харид қилади?  0 21:23"Челси" "Реал" посбони билан шартнома имзоламайди  5 20:56Сержи Роберто "Аякс"га ўтиши мумкин. У "Барса"дан эркин агент мақомида кетади  0 20:31МЮ 25 млн евро эвазига Мазрауининг ўтиши борасида "Бавария" билан келишувга эришди  1 20:04"Атлетико" "Вильярреал" форвардига қизиқмоқда  0 19:32"Тоттенхэм" кореялик ўйинчини трансфер қилди  3 19:07Расман: "Шабаб Ал Аҳли" Азмуннинг трансферини эълон қилди  15

Ro'ziqul Berdiev: "OCHLda kuchli jamoalar bilan yuqori darajadagi o'yinlarda qatnashish uchun guruh bosqichiga chiqqanmiz" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "OCHLda kuchli jamoalar bilan yuqori darajadagi o'yinlarda qatnashish uchun guruh bosqichiga chiqqanmiz"

OCHL 3-tur doirasidagi "Nasaf" - "Al Sadd" uchrashuvi oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida "ajdarlar" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev va jamoa hujumchisi Bobir Abdixoliqov qatnashdi.

Ro'ziqul Berdiev: - OCHLdagi o'yinlar doim yuqori darajada o'tadi. Osiyo chempionlar ligasi qitamizning eng yuqori darajadagi musobaqasi sanaladi. Biz OCHLda kuchli jamoalar bilan yuqori darajadagi o'yinlarda qatnashish uchun guruh bosqichiga chiqqanmiz. Bu kabi turnirning guruh bosqichida kuchsiz jamoalar bo'lmaydi. Ertangi raqibimiz o'ta jiddiy jamoa sanaladi. "Al Sadd" tarkibida kuchli ijrochilar va mahoratli futbolchilar juda ko'p. Ularni oxirgi uchrashuvlarini ko'rib, o'rganib shuni xulosa qildikki, jamoa haqiqatda ancha jiddiy qiyofadagi raqib. Bejizga ular guruh bosqichini ketma-ket ikki g'alaba bilan boshlashmadi.

"Al Sadd" bilan bahsdagi eng asosiy maqsadimiz jamoani ruhiy taraflama yaxshi tayyorlash. O'ylaymanki, futbolchilar jiddiy jamoaga qarshi o'yinga shay. Bu kabi musobaqalardagi katta o'yinlarda birinchi navbatda ruhiy tayyorgarlikka ko'p narsa bog'liq. O'ylaymanki, futbolchilar ertangi bellashuvda erkin va sovuqqonlik bilan o'ynashadi. Biz uchun kerakli natijani qo'lga kiritish uchun futbolchilar maydonda bor kuchlarini berishadi, degan umiddaman.

- "Neftchi" bilan o'yinda "Nasaf" "Al Sadd"ga qarshi o'yinni o'ylab ko'p kuch sarflamagandek tuyuldi...
- To'g'ri, biz Farg'onadagi o'yinga "Al Sadd" bilan bo'ladigan bahsni ham esdan chiqarmagan holda yondoshdik. Ko'pchilik uchun "Neftchi" bilan bo'lgan o'yinda qo'lga kiritilgan 1 ochko qoniqarli natija emasdir-u, lekin bu 1 ochko ham hali bizga kerak bo'lib qoladi. "Neftchi" bilan bahsda o'yin amaliyotisiz qolib ketayotgan bazi futbolchilarga imkoniyat berdik. SHuningdek, "Al Sadd"ga qarshi o'yinni hisobga olib bazi etakchilarga dam berdik. SHuni qayd etishim kerakki, Dragan CHeran "Neftchi"ga qarshi o'yin oldidan o'tkazilgan mashg'ulotda jarohat oldi. Bu jamoamiz uchun yo'qotish bo'ldi. SHu boisdan ham Farg'onadagi uchrashuvda uni maydonga tushirib tavakkalga qo'l urmadik. Buning natijasida uning jarohati yanada jiddiylashib ketishi mumkin edi. Hujumchi jamoamizning oxirgi mashg'ulotlarida umumiy guruh bilan shug'ullanmadi. Rejamiz bo'yicha CHeran bugun umumiy guruh mashg'ulotlarida qo'shilishi kerak. Imkon qadar biz CHeranni ertangi uchrashuvga tayyor holga keltirmoqchimiz.

Doniyor Narzullaev haqida gapiradigan bo'lsam, ayni paytdagi ahvoli ancha yaxshi. To'g'ri, Doniyor Farg'onadagi uchrashuvda juda jiddiy jarohat oldi. Narzullaevni biz Toshkentdagi klinikada shifokorlar nazoratida qoldirgandik. Xabar berishlaricha, uning holati yaxshilangan. Matbuot anjumanida kelishda ham Bobir bilan shu xususida o'zaro suhbatlashdik. Doniyor Narzullaev do'stlariga mashg'ulotlarga kirishishga ham tayyor ekanini takidlayotgan ekan. Bu degani Doniyor o'zini yaxshi his qilmoqda. Umid qilamanki, tez orada Narzullaev jamoa mashg'ulotlariga qaytadi.

- "Nasaf"ning hozirgi holatidan kelib chiqib aytadigan bo'lsak, jamoa oldida bosim yo'q. Yani mavjud tarkib guruhdagi jamoalarga jiddiy raqobat tug'dirish mushkul. Ertangi o'yin esa ko'p narsaga oydinlik kiritadi. Agarda jamoa g'alabaga erishadigan bo'lsa, unda imkoniyatlar keskin oshadi. Aksincha bo'lsa guruhdagi vaziyat ancha qiyinlashadi. SHu tomondan olib qaraganda, ertangi bahsda ko'p narsa ruhiy tayyorgarlikka bog'liq. Nima deb o'ylaysiz, jamoa ortiqcha bosimsiz xotirjam hujumkor futbol ko'rsatib ko'zlangan maqsadga erishishi osonlashadimi yoki himoyaviy o'yinga alohida etibor berib natijaga erishish mumkinmi?
- Har ikkala tarafga ham etibor qaratish lozim. Kuchli jamoalar bilan ochiq futbol namoyish etish qimmatga tushishi mumkin. Raqibni o'rganganimizda shunga amin bo'ldikki, jamoaning qanotdagi hujumkor vingerlari juda kuchli. Oxirgi o'yinlarda "Al Sadd" hujumkor o'yin ko'rsatib ko'plab gollarni urmoqda. Bu shundan dalolatki, "Al Sadd"ga ochiq futbol taklif etish noto'g'ri bo'ladi. SHu boisdan ham himoyani esdan chiqarmagan holda o'ynashimizga to'g'ri keladi. Muhimi, ruhiy tarafdan tayyorgarlik yaxshi bo'lishi kerak. Bizning dastlabki turda Erondagi o'yinimiz bilan Qarshidagi uchrashuvimizning farqi sezildi. Yani biz "Al Vasl" bilan nisbatan ancha yaxshi, erkinroq va xotirjam o'ynadik. Biz futbolchilarga imkon qadar erkinroq futbol o'ynash kerakligini takidlayapmiz. Bu nafaqat alohida bir o'yinda, balki kelajakda futbolchilarning o'zlari uchun kerak bo'ladigan muhim jihat. Futbolchining o'ziga bo'lgan ishonchi ortib boraverishi kerak. Xarakter bo'yicha ham futbolchi shakllanib boraverishi lozim.
Ertangi bahsda kim raqib bo'lishidan qati nazar futbolchilarimiz erkinroq, xotirjamroq harakat qilishadi, deb o'ylayman. SHuningdek, biz o'z uyimizda o'ynaymiz va tabiiyki muxlislarimiz ham bizga yordam berishadi. O'ylaymanki, jamoamiz bosimni engib o'tadi.  

"Nasaf" hujumchisi Bobir Abdixoliqov: - Ertaga bizni juda qiziqarli bahs kutmoqda. Muxlislarimizni xursand qilish uchun maydonda borimizni beramiz. Bu bahsga jamoamiz yaxshi tayyorgarlik ko'rdi. Raqib qanday kuchga ega ekanligi bilamiz. Ammo shuni alohida qayd etmoqchimanki, biz "Al Sadd"dan qo'rqmaymiz. Bu jamoani hurmat qilamiz. Lekin biz hech qaysi jamoadan qo'rqmaymiz. "Nasaf" libosida maydonga tushadigan har bir futbolchi borini berib harakat qiladi. Maqsadimiz muxlislarga xush kayfiyat ulashish va ularni g'alaba orqali xursand etish. O'ylaymanki, ertaga muxlislar ko'magi ostida barcha kutayotgan muhim g'alabani qo'lga kiritamiz.

"Al Sadd" jamoasining ham barcha raqiblar kabi kamchiliklari mavjud. Biz aynan o'sha kamchiliklaridan unumli foydalanib qolishga harakat qilamiz.
"Nasaf"ning OCHLdagi to'purarlari ro'yxatida peshqadamlardan biriman? Albatta bu yoqimli. To'purarlikka har doim niyat bo'ladi. Umid qilamanki, ertangi uchrashuvdagi golim orqali bu poygada yakka peshqadamga aylanaman.

Ikkinchi qavatda ham yaxshi o'ynashga harakat qilaman. Vaziyatlarni topishga urinaman. Bazida o'sha sodir bo'layotgan vaziyatda bosh bilan gol ura olishimni ko'nglim sezadi. Bosh bilan o'ynash borasida Zafar Xolmurodov bilan ham maslahatlashganman va u kishi menga o'z yordamlarini ayamaganlar.

Reyting: +32   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика