So’nggi yangiliklar

07:38Суперлига. Бугун Фарғона ва Самарқандда дахшатли ўйинлар бор  6 07:05"Кристал Пэлас" "Ливерпул"ни мағлуб этиб, ўз тарихида илк марта Англия Суперкубогини қўлга киритди  0 06:50Суперлига. "Сўғдиёна" "Машъал" устидан ишончли ҳисобда ғалаба қозонди  0 03:00“Пахтакор-79” хотирасига бағишланган шеър  3 02:07Гампер кубоги. "Барселона" "Комо"ни тор-мор этди, Фермин ва Ямал дубль қайд этди  13 00:16Бельгия Про лигаси. "Антверпен" "Ауд-Хеверле Лёвен"ни мағлуб этди, Ўринбоев янги жамоасида дебют қилди  8 23:58Ўртоқлик ўйинлари. "Челси" "Милан"ни, "Юве" "Боруссия"ни мағлуб этди, "Ал Насср" эса Ла Лига дебютантига таслим бўлди  4 23:20Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" илк турда ўз уйида йирик мағлубиятга учради, Алиқулов захирадан майдонга тушди  0 23:14Арне Слот мағлубиятга изоҳ сифатида: "Кристал Пэлас"га ўтган мавсумда битта гол ургандик, бу сафар иккита"  3 22:44Отабек Нарзуллаев: "Ғалаба учун келгандик, бироз омад етишмади"  1 22:26Иван Бошкович: "Об-ҳаво ҳам ўйинга таъсирини ўтказди"  1 21:53"Барселона" Кристенсен бўйича қарорини ўзгартирди  0 21:16"Кристал Пэлас" трансферларга катта пул ишлатган "Ливерпуль"ни мағлуб қилиб, Англия Суперкубогини қўлга киритди!  27 20:55"Ман Сити" Доннаруммага қизиқмоқда. Клуб "Галатасарой" билан келишуви бор Эдерсоннинг кетишига тайёргарлик кўрмоқда  0 20:30Суперлига. "Сўғдиёна" Жиззахда "Машъал" билан ўйинда ғалабани ўзиники қилди  12

Ro'ziqul Berdiev: "Muxlislarimizga quvonch ulashganimizdan xursandmiz" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Muxlislarimizga quvonch ulashganimizdan xursandmiz"

Matbuot anjumanining ikkinchi qismida jamoamiz bosh murabbiyi - Ro'ziqul Sadullaevich o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Bugungi g'alaba bilan muxlislarimizni xursand qildik deb, o'ylayman. Ular albatta bugungi o'yindan g'alaba kutishgandi. Bugun ularga quvonch ulashganimizdan xursandmiz. Mana yarim finalga ham yo'llanmani qo'lga kiritdik.
 
Bugungi o'yinga to'xtaladigan bo'lsam, yigitlarda ozroq hayajon bo'ldi. Yangi o'yinchilarimizning ham jamoamiz o'yiniga to'liq kirishib ketishiga ozroq vaqt kerak bo'ladi. Bazi kamchiliklar ham ko'zga tashlandi, bularning ustida ishlaymiz va keyingi o'yinlarga yaxshi tayyorgarlik ko'ramiz.
 
Nega CHeranni o'yin boshidan tushirmadik? Draganning Qarshiga kelganiga bugun to'rt kun bo'ldi, bizning tayyorgarlik mashg'ulotlarimizda ishtirok etgani yo'q. Legionerlarimiz hali to'liq o'yinga tayyor emas. Ular o'z ustida ishlashadi va jismoniy tayyorgarliklarini yaxshilab olishadi. O'zlaringiz guvoh bo'ldilaringiz, Dragan bugun yaxshi o'yinchi ekanligini ozroq o'ynasa ham ko'rsata oldi. O'ylaymanki, ikkinchi davrada uning bizga katta foydasi tegadi. Xuddi shunday Krasich ham bugun ajoyib o'yin ko'rsatdi, ammo uning ham jismoniy tayyorgarligi ko'ngildagidek emas. Albatta, biz ularga o'zlari ustida ko'proq ishlashga imkon beramiz.
 
SHaxboz Erkinovni bugun “Andijon” jamoasi himoyachilari juda qattiq qo'riqlashdi, chunki uning o'yinini ular bilishardi. SHunga qaramasdan u yaxshi harakat qildi va vaziyatlar yarata oldi. Ammo undan keyingi o'yinlarda yaxshi natija kutish mumkin, jamoamizga yordami tegadi.
 
Bazi o'yinchilarimizni bugungi o'yinga tushirmaganimizning sababi, masalan yosh futbolchilarimiz yaqinda Singapurdan uchib kelishdi, biz ularga ko'proq dam berishga qaror qildik.
 
Jamoadagi raqobat? Raqobat bizga kerak, qachonki jamoada sog'lom raqobat bo'lsa, yigitlarda doim o'sish bo'ladi, ular o'z ustilarida ko'proq ishlashadi. Bizda hozir qanot yarim himoyasida raqobat kamroq, o'ylaymanki buning ham echimi bor.
 
Biz yaqinda o'zimizning sobiq o'yinchimizni murabbiylar shtabiga jalb qildik, bu – Nikolay Minchev. Albatta uni taniysizlar, moldoviyalik mutaxasis. Avval jamoamiz sharafini himoya qilgan. Minchev bizda asosan selekciya ishlarimizda va o'yinchilarni texnik tomondan tayyorlashga yordam beradi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика