So’nggi yangiliklar

20:55Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" ўз майдонида йирик ғалаба қайд этди  0 20:35Александр Хомяков: "Футболда ишонч ва хоҳиш кўп нарсани ҳал қилади"  15 20:18Учта ўйинда 14:1, саудияликлар фойдасига. ОЧЛ Элит кубоги Саудияда қоладими?  4 19:34"Барселона" "Байер" футболчисини Испанияга қайтармоқчи  1 19:12Ўзбекистон кубоги. "Андижон" сафарда "Лочин"га ютқазиб қўйди   88 18:48Ўзбекистон кубоги. "Сурхон" - "Динамо": Асосий таркиблар маълум  8 18:1019 ёшли посбон, "Насаф" футболчиси, ОКМКни ютган мураббий ва Ўзбекистон МТЖ аъзоси — Суперлигада 7-турнинг энг яхшилари   6 17:55"Челси" сал кам 100 миллион долларга сотиб олган футболчиси билан хайрлашишга тайёр  2 17:25"Реал" етакчиларидан бирининг келажаги борасида қарор қабул қилди  1 16:46Футзал. Ўзбекистон кубоги чорак финал ўйинлари тақвими маълум  0 16:10"Реал" Анчелоттига янги "лавозим" таклиф қилади  22 15:48"Бунёдкор" - ОКМК учрашувидан галерея  0 15:29Иззатов, Ғуломов, Бозоров, Собиров ва бошқалар ... Суперлига 7-тур рамзий терма жамоаси   2 15:06Ўзбекистон кубоги. Гуруҳ босқичидан кейин тўпурарлар пойгасида вазият қандай?  0 14:25"Челси" туркиялик футболчи учун 100 млн евро беришга тайёр  7

Ro'ziqul Berdiev: "Messi bizda emas, u Evropada. Kenjaboevni unga qiyoslash noo'rin" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Messi bizda emas, u Evropada. Kenjaboevni unga qiyoslash noo'rin"

O'zbekiston superligasining 8-turidan o'rin olgan Nasaf hamda Qizilqum bahsidan (1:1) so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev o'z fikrlari bilan bo'lishdi.

“Bugungi o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'rgandik. Bir ochkoni qo'lga kiritib, ikki ochkoni yo'qotdik. Keyingi o'yinlarda g'alaba uchun kurashamiz. Jamoamiz hali juda yosh. Har safar g'alaba talab qilish noto'g'ri deb o'ylayman. Bobir Abduholiqov jarohatdan qaytsa hujumlarimiz yanada kuchayadi. Imkoniyat bo'lsa tajribali futbolchilarni jamoamizga olib kelamiz, faqat birinchi davra tugagandan keyin. Umuman yuqori maqsadlar mavsum boshida qo'yilishi kerak Tajribali o'yinchining yonida malakali futbolchilar ham etarli bo'lishi zarur. SHunday darajadagi futbolchilar bir yoki ikki nafariga ega bo'lib ham OCHLga chiqa olmaslik mumkin. Kenjaboevni Messi bilan taqqoslash noo'rin. Messi bizda emas, u Evropada. Mavsum boshida Bozorov yaxshi formada edi. So'nggi o'yinlarda Islom o'zini yaxshi tomondan ko'rsatdi. Bugungi o'yinda darvozaga ko'proq xavf tug'dirishi kerak edi. Biroq, u orqaroqda harakat qildi. O'ylaymanki, keying o'yinlarda ahvolimiz o'nglab olamiz. Bundan qiyinroq vaziyatlardan ham chiqib ketganmiz”, – deya qayd etgan murabbiy. 

Reyting: +54   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика