So’nggi yangiliklar

15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  0 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  2 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  3 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  1 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  8 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  1 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  4 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  4 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  10 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  10 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1

Ro'ziqul Berdiev: "Lutfulla To'raev bilan yuzaga kelgan vaziyatda asabiylashdim" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Lutfulla To'raev bilan yuzaga kelgan vaziyatda asabiylashdim"

Coca-Cola Superliganing 20-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Bunyodkor" (5:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.





- O'yin haqida

- Albatta, yaxshi saviyadagi o'yin bo'ldi, chiroyli g'alabani qo'lga kiritdik. Muxlislarga ko'rsatgan o'yinimiz maqul keldi, deb o'ylayman, barchani g'alaba bilan tabriklaymiz.

"Bunyodkor" jamoasini o'rganib chiqqandik. Raqibni bo'sh nuqtalarini aniqladik va futbolchilarga o'sha xududlarda tezkorlik bilan harakat qilish lozimligini takidladik. Yigitlar ko'rsatmalarni to'liq va to'g'ri bajarishdi. Ishonchli hisobda g'alabaga erishdik. Albatta, "Bunyodkor" jamoasini qanchalik kuchga ekanini bilamiz, lekin o'yin ko'rsatib berdiki, bizning tayyorgarligimiz yuqori bo'lgan.

- O'yindagi hakamlik haqida nima deysiz?

- Birinchi bo'limda Lutfulla To'raev bilan yuzaga kelgan vaziyatda asabiylashdim, chunki unga ikkinchi kartochka berilishi lozim edi. Endi hakamlarning ham o'z qarashlari bor, shu vaziyat meni bir oz asabiylashtirdi.

- VAR tizimi bu vaziyatni ko'rib chiqmadimi?

- Biz bu xolatlarni muhokama qilishga haqli emasmiz. Muhimi o'yinda ishonchli g'alabaga erishdik, muxlislarimizni tabriklaymiz.

Reyting: +48   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика