Ro'ziqul Berdiev: "Ko'pincha, terma jamoa yig'inidan so'ng "Nasaf" o'yinida pasayish kuzatiladi"
01 apr 2023 21:14
Yangiliklar
Ro'ziqul Berdiev: "Ko'pincha, terma jamoa yig'inidan so'ng "Nasaf" o'yinida pasayish kuzatiladi"
Ro'ziqul Berdiev: Bugungi bahsda raqibda bitta vaziyat bo'ldi, bizda esa ko'proq. Bugun faqat g'alaba uchun maydonga tushgandik. Ikki ochko yo'qotdik. O'yin nazorati biz tomonda edi va natija alamli bo'ldi. Ko'pincha terma jamoalar yig'inidan so'ng jamoamiz o'yinida pasayish kuzatiladi. Bugun ham shunday bo'ldi. Kenjaboev uch futbolchimizda qochib, gol urishga muvaffaq bo'ldi. Bu albatta himoyachilarimizning qo'pol xatosi hisoblanadi.
- "Nasaf" hisobda ortda qolayotganida Husniddin Aliqulov hujumga o'tdi. Uni hujumda sinash haqida o'ylab ko'rganmisiz?
- Bu bizning zaxira variant hisoblanadi. Aliqulov hujumda yaxshi harakat qiladi. Tavakkal qilib, Husniddinni hujumga chiqaramiz va ko'pincha g'oyamiz o'zini oqlayapti. Uni hujumda sinash noto'g'ri bo'ladi, chunki Aliqulov terma jamoada ham himoyachi rolini bajaradi.
Fikrlar