So’nggi yangiliklar

02:56Африкадан яна икки терма жамоа Жаҳон чемпионати йўлланмасини қўлга киритди  2 02:05ЖЧ саралаши. Италия, Испания ва Туркиядан йирик ғалаба. Португалия ва Венгрия дуранг қайд этишди, Роналдудан дубль  3 01:52Англия терма жамоаси Жаҳон чемпионати йўлланмасини қўлга киритди. Инглизлар Европада биринчи бўлишди  0 01:40Саудия Арабистони Ироққа қарши ғалабага тенг дуранг қайд этиб, Жаҳон чемпионатига йўл олди!  4 01:00Роналду жаҳон рекордини ўрнатди  16 00:30Ўзбекистон U-20 терма жамоаси Қозоғистонни мағлубиятга учратган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 00:10Қатар ўта драматик кечган ўйинда БААни мағлубиятга учратиб, Жаҳон чемпионати йўлланмасини қўлга киритди!  62 23:48Швеция терма жамоаси бош мураббий ёмон натижалар сабаб ишдан ҳайдалди  3 23:14Жанубий Африка Республикаси 2010 йилги мезбонликдан сўнг илк марта Жаҳон чемпионатига чиқди!  5 23:00Ўзбекистон ва Туркия U-17 терма жамоалари ўртасидаги учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  0 22:06А Сериянинг икки клуби Неймарга қизиқиш билдирмоқда, футболчи янги чақирувга тайёр  2 21:40Ёзнинг энг омадсиз трансферлари рўйхати эълон қилинди  4 20:50"Фенербахче" "Олтин тўп" соҳиби билан шартнома имзоламоқчи  2 20:11Равшан Ҳайдаров: "Қозоғистон билан ўйинларда икки хил таркибдан фойдаландик. Ўринбоев мушакларидан жароҳат олди"  3 19:24Рафинья "Эл Класико"да иштирок этмайди?!  1

Ro'ziqul Berdiev: "Keyingi mavsumda chempionlikni himoya qilishimiz kerak bo'ladi" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Keyingi mavsumda chempionlikni himoya qilishimiz kerak bo'ladi"

Bugun "Bunyodkor" stadioni anjumanlar zalida Superliganing eng yaxshilari taqdirlandi.

"Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev esa Superliganing o'tgan mavsumdagi eng yaxshi murabbiyi sifatida etirof etildi. Taqdirlash marosimidan so'ng "ajdarlar" ustozi jurnalistlar savollariga javob berdi.


"Tariximizdagi dastlabki chempionlikni qo'lga kiritdik. Joriy mavsumdagi asosiy maqsadimiz ham shu edi. To'xtab qolishimiz kerak emas. Keyingi mavsumda ham o'z oldimizga katta maqsadlarni qo'yamiz" - deya fikr bildirdi mutaxassis.

- "Nasaf" tarkibini kuchaytirish va yangi futbolchilarni jamoaga jalb etish uchun muzokaralar olib borilmoqdami?

- Albatta. Keyingi mavsumda biz chempionlikni himoya qilishimiz kerak bo'ladi. Xalqaro maydonda ham muhim musobaqa bor. Jamoa o'z o'zagini saqlab qolish va tarkibni kuchaytirish maqsadida ish olib bormoqda.

- O'tgan mavsumda jamoangiz uchun eng qiyin uchrashuv qaysi bo'ldi?

- Aynan bir bahsni ajratib o'tirmayman. Bir davr davomida biz asosiy raqiblarimizni mag'lub eta oldik. SHuningdek, Superkubok finalini ham takidlab o'tishim kerak. Qiyin bahs va penaltilar seriyasida aniqlangan g'olib. Oltin medallar va Superkubokdagi g'alaba joriy mavsumning bezagi bo'ldi.

- Akmal Mozgovoyning kelajagi haqida fikr bildirib o'tsangiz...

- Akmal chempionlik uchun munosib hissa qo'shdi va bugungi  sovringa munosib edi.



FOTOGALEREYA. Superliganing eng yaxshilarini taqdirlash marosimidan suratlar

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика