So’nggi yangiliklar

04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  1 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  1 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  2 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  0 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  1 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  17 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  2 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  10 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1

Ro'ziqul Berdiev: "Jamoamizda g'alabaga bo'lgan ishonchning borligi bizga 3 ochkoni taqdim etdi" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Jamoamizda g'alabaga bo'lgan ishonchning borligi bizga 3 ochkoni taqdim etdi"

Superliganing qoldirilgan 5-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Navbahor" (3:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- G'alaba bilan jamoamiz azolari va muxlislarini tabriklayman. "Navbahor" kuchli tarkibga ega tajribali jamoa. Biz raqibdan shunaqa qarshilikni kutgandik. Kutilmagan gollar o'tkazib yubordik. Jamoamizda g'alabaga bo'lgan ishonchning borligi bizga 3 ochko taqdim etdi. Hisobda ikki marta orqada borib ham g'alabaga erishdik.

- Abduvohid Nematov penalti tepishni o'zi hohladimi?

- Biz boshqa futbolchilarga shu vazifani yuklagandik. U Marko bilan kelishgan holda shu qarorga keldi va bu qaror o'zini oqladi.

- Hakamlikni qanday baholaysiz?

- Nazarimda hammasi to'g'ri bo'ldi. Muhokama qilmoqchi emasman, o'yin buzilib qolmadi.

- "Nasaf"ning transfer rejasi qanday?

- Biz rahbariyat bu borada muhokama qilayapmiz. Yanada kuchayishimiz kerak. SHu sababdan bazi variantlarni ko'rib chiqamiz.



- "Nasaf"ning ikkinchi golini VAR ko'rayotganda Bobir Abdixoliqov bilan vaziyatni muhokama qildingiz. SHu haqida aytib bersangiz?

- Birinchi vaziyatda ular o'yindan tashqari holatni ko'rayapmiz deyishdi. Keyin qo'l haqida gap chiqdi. SHu biz uchun bir oz tushunarsiz bo'ldi. Hozir o'sha vaziyat video takrorini ko'rishga ulgurmadim.

- SHerzod Nasrullaev va Abduvohid Nematovlar legionerga aylanishi haqidagi gap-so'zlarga fikringiz qanday?

- SHerzod Nasrullaev haqida hech qanday gap eshitmadim. Abduvohid Nematov bizga shunaqa taklifi bor ekanini aytdi. Biroq, u hozir bizga kerak. U qaysidir jamoaga ikkinchi darvozabon sifatida borishga loyiq emas. Bu noto'g'ri bo'ladi. Eron chempionati klublari bizning jamoadan daraja jihatdan ustun deb o'ylamayman. 

- Sizning maslahatingizni u qanday qabul qildi?

- To'g'ri qabul qildi, etiroz bildirmadi. Biz unga maqsadlarimiz, jamoaga va muxlislarga kerakligini aytdim, tushundi.





Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика