Ro'ziqul Berdiev istefoga chiqqani rostmi? SHahboz Beg'amov barchasini aniqlashtirdi
31 avg 2021 00:27
Yangiliklar
Ro'ziqul Berdiev istefoga chiqqani rostmi? SHahboz Beg'amov barchasini aniqlashtirdi
Ro'ziqul Berdiev bilan suhbatlashgan insayder SHahboz Beg'amov jamoadagi holat bo'yicha malumot berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda "Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdievning ishdan ketgani bo'yicha malumotlar paydo bo'ldi. Jurnalist SHahboz Beg'amov bu borada klub rahbariyati bilan bog'lanib, malumotlarni malum qildi.
«Nasaf»da hammasi o'sha-o'sha holatda qoladi. Bugungi uchrashuvda murosa qilingan va hech bir tomonning istefosi haqida gap-so'z ham bormagan. Muammolarni birgalashib echish masalasida maslahatlashishgan.
Berdiev va Kucherenko «Nasaf»da birgalikda ishlashda davom etadi", - deb yozadi SHahboz Beg'amov.
SHu boisdan aytishimiz mumkinki, "Nasaf"da istefo ro'y bermagan.
Fikrlar