Ro'ziqul Berdiev: “Ikkinchi gol vaziyatni hal qildi”
27 apr 2019 11:12
Yangiliklar


Ro'ziqul Berdiev: “Ikkinchi gol vaziyatni hal qildi”
Superliga 6-turidan o'rin olgan "Nasaf" va AGMK jamoalari o'rtasidagi bahsdan so'ng qarshiliklar ustozi Ro'ziqul Berdiev uchrashuv borasidagi o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"O'ylaymanki bugun haqli tarzda g'alaba qozondik. AGMKdan har jabhada ustunlik qildik. To'p bilan ham, to'psiz ham raqibdan tezroq harakat qildik. Bugun yigitlarni ruhiy jihatdan o'yinga tayyorlashga harakat qildik va buning uddasidan chiqdik. Yigitlarim xotirjanlik bilan ishonchli harakatlanishdi.
Ikkinchi gol vaziyatni hal qildi. Aynan mana shu gol uchrashuv taqdirini hal etdi.
Abduvoxid Nematov to'liq ishonchimzni oqladi. Mavsum oldi barcha nazorat uchrashuvlarida aynan u darvozamiz dahlsizligini saqlagandi. O'sha paytda u sinovimizdan o'tgan edi. Aynan shuning uchun bugungi uchrashuvda unga imkoniyat berdik. O'ylaymanki bugun u muxlislarimizni ham bizni ham ishonchimizni oqladi", - dedi Ro'ziqul Berdiev.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar