Ro'ziqul Berdiev: "Ikkinchi bo'limning 15-daqiqalaridan so'ng, tashabbusni AGMKga boy berib qo'ydik"
30 sen 2019 20:55
Yangiliklar
Ro'ziqul Berdiev: "Ikkinchi bo'limning 15-daqiqalaridan so'ng, tashabbusni AGMKga boy berib qo'ydik"
"Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev AGMK klubiga uchralgan mag'lubiyat (1:2)dan keyin fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Bugungi o'yinda jamoamiz charchab qolgani ko'rinib qoldi. Birinchi bo'limni teng kurashlar ostida o'tkazdik. Ikkinchi bo'limning 15 daqiqalaridan so'ng, tashabbusni AGMKga boy berib qo'ydik. Qarshi hujumlarda vaziyatlar bo'ldi. Ammo, bulardan naf chiqara olmadik. Aniqroq harakat qilishimiz kerak edi. 94-daqiqada standart vaziyatda oldinga berilib ketdik va qarshi hujumda Baydullaevning individual harakatlari evaziga gol o'tkazib yubordik. Lekin, futbolchilarimiz bor kuchlari bilan yaxshi natija uchun harakat qilishdi. Hozir jamoaning jismoniy holati yaxshimasligi, natijalarga tasir qilyapti", – deydi Berdiev.
Fikrlar