So’nggi yangiliklar

19:31Нуньес эндиликда "Милан"нинг ҳужумчи позицияси учун асосий номзодидир  0 19:03"Сўғдиёна" — "Насаф". Таркиблар маълум  2 19:00Суперлига. "Нефтчи" - "Бунёдкор" (матнли трансляция)  14 18:50Расман: Рамсдейл янги клуб билан шартнома имзолади  0 18:34Эдерсон янги клуб билан келишувга эришди  1 17:34"Рома" янги ҳимоячини ўз сафига қўшиб олди  1 17:18Уларга ҳам амалиёт керак ёхуд U-23 терма жамоасини нималар кутмоқда?  3 16:51"Бавария" учинчи либосини тақдим этди – унда 1920 йиллардаги логотип тасвирланган  1 16:26Эрон терма жамоаси асосий дарвозабони 4 ойга дисквалификация қилинди  0 16:03"Манчестер Юнайтед" либосларининг орқа томонига уч нафар афсонанинг исмини ёздириш тақиқланди  0 15:47"Барселона" ва "Реал" афсоналари Месси ўйнайдиган стадионда учрашади  0 15:20Аргентиналик юлдуз МЮни "Челси"га алмаштирмоқчи  1 14:53Илёс Зейтуллаев: "Орзу қилиш зарар қилмайди, охиригача курашамиз!"  0 14:25"Пахтакор" собиқ устози Саудия Арабистони клубида иш бошлади  4 14:01Моуриньо "Вильярреал"га йўл олди  4

Ro'ziqul Berdiev: "Ikkinchi bo'limdagi ishlar hech qaysi jamoaga yarashmaydi" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Ikkinchi bo'limdagi ishlar hech qaysi jamoaga yarashmaydi"

Coca Cola Superliganing 25-turi doirasida "So'g'diyona" bilan o'ynalgan durangdan keyin "Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev fikrlarini bildirdi.

- Raqibning xohishi qandayligini ko'rdik - bir ochko. Maqsadimiz ularning rejasini buzish bo'lgandi. Agarda gol urib olganimizda, barchasi engilroq o'tardi. O'yin "So'g'diyona"ning kutganlari asosida ketdi. Ular qarshi hujumlarda o'ynashini bilgandik va buni yigitlarga ham takidlagandik. SHuning uchun kerakli paytda gol urib, raqibning rejalarini chipakka chiqarishimiz kerak bo'lgandi. Lekin bu amalga oshmadi. Ularning durang uchun qanchalik vaqt cho'zganini aytmasa ham bo'ladi. Ikkinchi bo'limdagi harakatlar - hech qaysi jamoaga yarashmaydi.

- Nasrullaevning jarohati jiddiy emasmi?

- Bu holatlar ham bizning o'yinimizga tasir qildi. Etakchilarimiz yo'q edi. Nasrullaevning kutilmaganda jarohat olib o'yindan chiqishi rejalarimizni o'zgartirib yubordi. SHunga qaramasdan ikkinchi bo'limda raqib darvozasi oldida bosim uyushtira oldik. Lekin yaxshi vaziyatlarni golga aylantira olmadik. SHerzodning burni ozgina shikast egan. U "Al Faysali"ga qarshi o'yinda jamoaga yordam berishiga umid qilamiz.

- "So'g'diyona" 11-o'rindagi jamoa, "Nasaf" esa OCHLda o'ynaydi. Xalqda shunday fikr bor, "Nasaf" kuchlilar bilan kuchli o'ynaydi, o'rtamiyonalar bilan o'rtamiyona. Bu fikrga qanday qaraysiz?

- Bu fikrni chuqurroq qarasak, kuchli jamoalar biz bilan o'yinda hujumga o'tishga harakat qiladi. Kuchsiz jamoalar bilan bugungi holatlar ko'p bo'ldi, bunday paytda juda qiyin bo'ladi - zich himoya, tempni o'ldirish, vaqtni cho'zish. SHu sababli bazi bir engil jamoalar bilan o'yinda qiynalamiz. Aslida shunday paytda biz vaziyatlardan foydalanishimiz kerak. Yarimta yoki to'laqonli vaziyatlardan qancha erta foydalanib olsak, o'yinimiz shunchalik engil bo'ladi. Bugun buni amalga oshira olmadik.

- Boshkovich Sizning bugungi g'oyangizni anglab olgan desak bo'ladimi? Har holda u bir vaqtlar Sizning qo'l ostingizda o'ynagan.

- Boshkovich meni ustoz deb bilmasa kerak. Yordamchi murabbiyligimda kam vaqt bo'lsa-da, ishlaganmiz. Bosh murabbiy bo'lganimda u jamoadan ketgandi. U bizning g'oyamizni o'rganib chiqqan va ustunlik qilgan deb o'ylamayman. Ko'plab jamoalar bizga qarshi shunday uslubni tanlab, g'olib bo'lib ketdi yoki durangga erishdi. SHu sababli g'oyamizni o'rganib chiqqan deb o'ylamayman. Vaziyatlarimizdan foydalanganimizda bunday gaplar bo'lmasdi.

- Ushbu yildagi Superliga mavsumidan ko'nglingiz to'ldimi?

- Yo'q, bundan ham yaxshiroq qatnashishimiz mumkin edi. Ayrim o'yinlarda bizga barqarorlik etishmadi. Baribir medallarga erishishimiz kerak. Bu biz uchun yutuq bo'ladi. Ushbu mavsum biz uchun oldingilaridan ham ko'ra yaxshiroq o'tdi deya olaman.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика