So’nggi yangiliklar

02:17ЖЧ-2026 саралаши. Нидерландия ва Австрияда ғалаба, Албания ва Сербия ўртасидаги баҳсда ҳисоб очилмади  1 01:17Флик 36 ёшли футболчини "Барселона"да кўрмоқчи  5 00:03ЖЧ саралаши. Англия Андоррага биттагина гол ура олди  4 23:26Гарначо МЮни тарк этади. Вингерга қайси клублар қизиқмоқда?  2 22:50Дембеле жароҳат олди  0 22:07"Барселона" тер-Штегендан қутулишни истамоқда  6 21:59Назорат ўйини. "Насаф" - "Сўғдиёна" баҳсида 7та гол урилди  1 21:40Григорий Колосовский: "Биз жуда ёмон ўйнадик. Рақиблар ғалабага яқин эди"  2 21:20Айбек Нурбаев: "Биз икки очко йўқотдик"  1 20:55Ўзбекистонга қарши ўйин олдидан Қатар терма жамоаси сафида ўзгариш  25 20:25"Локомотив" меҳмонда "Жайхун"ни мағлуб эта олмади  4 19:58"Реал" ва "Бавария" Доннарумма учун курашга киришиши мумкин  3 19:14"Фенербахче" Де Брюйне учун курашга қўшилди  5 18:27Расман: "Интер" 25 млн евролик трансферни амалга оширди  2 17:56ПФЛ: Ўзбекистоннинг 17 та клуби ОФК лицензиясига эга чиқди  1

Ro'ziqul Berdiev: "Ikki nafar hujumkor o'yinchini tarkibga qo'shib olishni reja qilganmiz" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Ikki nafar hujumkor o'yinchini tarkibga qo'shib olishni reja qilganmiz"

"Nasaf" va "Istiqlol" klublari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev matbuot anjumanida qatnashdi.

O'yin haqida

- Rejamiz bo'yicha, oldinroq "Istiqlol" bilan o'ynashimiz kerak edi. Bu bizga juda foydali o'yin bo'ldi. Tayyorgarligimizni yaxshi darajaga chiqarib oldik. "Istiqlol" bilan birinchi marta to'qnash keldik. Bu jamoani hamma yaxshi biladi. Tojikiston terma jamoasi asosi, mamlakat flagmani desak ham bo'ladi. Raqib biz bilan kelishganda, bundan rosa xursand bo'lgandik. O'yin rejamiz bo'yicha o'tdi. Bazi kamchiliklar kuzatildi, ammo asosiy maqsadga erishdik. Raqibga kamroq imkoniyat berishni reja qilgandik. To'psiz harakatlarimizda buni uddaladik. Bugungi ko'zlangan maqsad o'yin amaliyoti edi. Bunga biz erishdik. 

- Jaba Jigaurining jamoaga taklif qilingani bejizga emasligi ko'rindi. Undan kelajakda nimalar kutmoqdasiz?

- Biz har bir o'yinchini taklif qilganda, chuqur o'rganamiz. Uning o'yinlari qay darajadagi futbolchi ekanligini ko'rsatib turibdi. Jigauri jismoniy holatini biroz yaxshilab olsa, jamoamizga bundan ham ko'proq nafi tegadi.

- Transfer oynasi ochiq. Yangi o'yinchilarni tarkibga qo'shib olish bo'yicha rejalar qanday?

- Hozir rejamiz bo'yicha ikkita o'yinchini tarkibga qo'shib olishimiz kerak. Ular hujumkor o'yinchilar bo'ladi. 

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика