Ro'ziqul Berdiev: “Hujum chizig'imizda muammolar bor”
02 iyu 2014 15:40
Yangiliklar
Ro'ziqul Berdiev: “Hujum chizig'imizda muammolar bor”
O'yindan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Nasaf” ustozi Ro'ziqul Berdiev o'z fiklari bilan o'rtoqlashdi.
- “Bunyodkor”ni finalga yo'llanma olgani bilantabriklayman. Bugun ular yaratilgan imkoniyadan samarali foydalanib, o'zlari uchun kerakli bo'lgan natijani qayd eta olishdi. CHunki ularda vaziyatlardan foydalana oladigan hujumchilar bor.
Bizda esa bu borada jiddiy muammolar bor. Agar ko'rgan bo'lsanglar, “Bunyodkor” bilan ikkita o'yinda o'nga yaqin golli vaziyatlar sodir etgan bo'lsakda, undan foydalana olmadik. SHu sabab bugun ular haqli ravishda keyingi bosqichga yo'l olishdi. SHunga qaramay bugungi o'yin uchun yigitlarimizga minnatdorchilik bildiraman. Hayot davom etadi. Endi chempionat bellashuvlariga asosiy etiborni qaratamiz.

Fikrlar