So’nggi yangiliklar

17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  0 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  1 16:30"Бавария" Диас учун "Ливерпул"га тахминан 80 млн евро таклиф қилди. Клублар битимнинг якуний тафсилотларини муҳокама қилмоқда  4 15:55"Ньюкасл" Александр Исак ўрнига 4 нафар номзодни маъқуллади  1 15:23"Реал" уч нафар футболчисини сотишга тайёр  4 14:58ПСЖ ва "Тоттенхэм" собиқ футболчиси "Персеполис"га ўтиши мумкин  2 14:16ПСЖ ўзига янги дарвозабон топди  0 13:38Феликс 44 млн фунт эвазига "Челси"дан Саудия Арабистони клубига ўтишга яқин  2 13:04Салиба "Реал"нинг қизиқиши фонида келажаги борасида қарор қабул қилди  3 12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  1 11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  2 11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  5 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   5 10:42"Челси" футболчиси "Ал Насср"га ўтишга яқин  4

Ro'ziqul Berdiev: "Hali hammasi o'z qo'limizda" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Hali hammasi o'z qo'limizda"

Coca-Cola Superligasining 23-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Bunyodkor" (1:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Juda alamli o'yin bo'ldi. G'alabaga juda yaqin edik, 11 metrlik nuqtadan gol ura olmadik. Ko'plab vaziyatlarga ega bo'lgan bo'lsak ham, ulardan unumli foydalana olmadik. O'zi oxirgi o'yinlarda biz birinchi bo'limni sust o'tkazayapmiz. Masalan AGMK va "Qizilqum"ga qarshi o'yinlarda ham shu xolat kuzatildi. O'zi bugun "Bunyodkor" jamoasi chuqur himoyalandi va qarshi hujumlarda faollik ko'rsatishga harakat qildi. Raqiblarni ham tushunish kerak, ko'p jamoalar bizni ochko yo'qotishimiz uchun harakat qilayapti. Mavsum oxirlab borayapti, har bir ochko qimmatli. Bugun biz 2 ochko yo'qotdik. Hali hammasi o'z qo'limizda. Albatta ishlashdan to'xtamaymiz va mavsum yakunida nasib bo'lsa maqsadga erishamiz.

- Ikkinchi bo'limdagi o'yinni birinchi bo'limda ham ko'rsatsa bo'lmaydimi? Qachongacha biz "Nasaf"ning o'yinini yurak hovuchlab ko'ramiz?

- Bu futbol va hech kim chempionlikni osonlikcha berib qo'ymaydi. Bu yo'lda bazan yurak kasal bo'ladi, bazida asab ketadi. Astoydil harakatda bo'lamiz. Imkoniyatimiz yaxshi va oxirigacha kurashish lozim.

- Bugun 2 nafar legioner xizmatidan foydalanmadingiz. Ular bo'yicha boshqa rejalaringiz bormi?

- Boshqa rejalarimiz ham bor. Ammo ular qarshi hujumda yaxshi harakat qilishadi. Hozir bizga qarshi jamoalar bo'sh xududlar qoldirishmayapti. SHu sababdan ham qanotlardan uzatma bilan o'ynashga harakat qilayapmiz. Bugungi o'yindan kelib chiqib uslubga mos futbolchilarni maydonga tushirdik.

- Xusayin Norchaevning almashtirilishi majburiy bo'ldimi?

- Ha, u elkasidan jarohat oldi. Hozir shifokorlar bilan gaplashdim, hammasi joyida. Keyingi o'yingacha tayyor bo'ladi deb umid qilamiz.

- 30-oktyabr kuni kubok finalida "Navbahor" bilan o'ynaysizlar. Bu o'yin haqida fikringiz qanday?

- Albatta, biz finalga qadar yo'lni bejizga bosib o'tmadik. Yana bir bor kubokni yutishni maqsad qilganmiz va bunga astoydil harakat qilamiz.

- Penaltini Markodan boshqasi tepganida urishi mumkinmidi?

- Bizda penaltilarni ko'proq Norchaev amalga oshirardi. So'ngi daqiqalarda u maydonda yo'q bo'lgani bois Marko masuliyatni zimmasiga oldi. Gol bo'lmagani uchun uni ayblash to'g'ri emas.

- "Navbahor" ham finalda himoyaviy o'yin taklif etishi mumkinmi?

- "Navbahor"da kuchli va tajribali futbolchilar bor. Ular pozicion va qarshi hujumlarda juda yaxshi o'ynashadi.

- Demak, finalda ochiq futbol ko'rishimiz mumkinmi?

- Finalga jamoalarning qanday xolatda etib kelishiga bog'liq. Har doim finallarda natija birinchi o'yinda turadi.

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика