So’nggi yangiliklar

14:58ПСЖ ва "Тоттенхэм" собиқ футболчиси "Персеполис"га ўтиши мумкин  0 14:16ПСЖ ўзига янги дарвозабон топди  0 13:38Феликс 44 млн фунт эвазига "Челси"дан Саудия Арабистони клубига ўтишга яқин  2 13:04Салиба "Реал"нинг қизиқиши фонида келажаги борасида қарор қабул қилди  3 12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  1 11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  2 11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  3 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   4 10:42"Челси" футболчиси "Ал Насср"га ўтишга яқин  4 10:05Виктор Гёкереш нима учун "Арсенал"ни танлаганини тушунтириб берди  4 09:37Шоҳруз Норхонов иккинчи даврани қайси жамоада бошлаши маълум  9 09:02"Бунёдкор" Качоррининг ўрнига Черногория U-21 терма жамоаси аъзоси билан шартнома имзолайди  5 08:26Файзуллаевнинг "Истанбул Башакшехир"даги маоши маълум  15 07:45ОКМК "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  18 00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  13

Ro'ziqul Berdiev: "G'alabaga munosib o'yin ko'rsatdik, Cheranga ishonishda davom etamiz" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "G'alabaga munosib o'yin ko'rsatdik, Cheranga ishonishda davom etamiz"

Superliganing 6-turidan o'rin olgan "Buxoro" bilan o'yindan so'ng "Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev fikrlarini bildirib o'tdi.

"Birinchi bo'limda hujumdagi o'yinimiz qovushmadi. Birgina zarbani hisobga olmaganda boshqa vaziyatlarimiz bo'lmadi. Yigitlarga standart vaziyatlarda etiborliroq bo'lishni aytgandik. Standart vaziyatdan gol urdik va etiborsizlik sabab standartdan gol o'tkazib yubordik. O'ylaymanki, g'alabaga munosib o'yin ko'rsatdik. Muxlislarni g'alaba bilan tabriklayman", - deydi Ro'ziqul Berdiev. 


- Tarkibda o'tgan o'yinga qaraganda o'zgarishlar bo'ldi. Bu "Buxoro"dan kelib chiqib tuzildimi?

- Tarkibimizdan kelib chiqib sxemada ham o'zgarishga qo'l urdik. O'yinga eng yaxshi tayyor bo'lgan futbolchilardan sxema tuzishga harakat qildik. Bugungi qarorimiz shu bilan bog'liq. 

- Stefan Cholovich o'tgan yili ikkinchi davrada kelib katta yordam bergan edi. Bugun ham zaxiradan tushgach o'yinni keskin o'zgartirib yubordi. Uning o'yini haqida...

- Cholovich va Kenjaboev bugungi rejamizda bor edi. Bular asosan qarshi hujumlarda yaxshi harakat qiladi. Cholovichning holati yaxshi. Faqat bugungi sxemamizga tushmagani uchun ikkinchi bo'limda o'yini kuchaytirishga tushirishga qaror qildik.



- "Nasaf"ning keyingi penaltilarini Cheran amalga oshiradimi?

- Cheran bugungi o'yinda biz kutgan o'yinni qila olmadi. Nafaqat penalti balki o'yinda ham kamchiliklar bo'ldi. Balki hamma o'yinda to'liq o'ynayotgani uchun charchoq kuzatilayotgandir. Unga ishonishda davom etamiz. Cheran O'zbekistonda jarimalarni amalga oshiradigan eng yaxshi futbolchilardan biri hisoblanadi. 

- "Nasaf" bir necha kun oldin kubokdagi yurishini boshladi. Ketma-ket kuboklardagi g'oliblikdan so'ng o'tgan yili omadsiz qatnashdi. Bu yil jamoa kubokda kurashadimi? 

- O'tgan yili chempionlikni maqsad qilib kubok va OCHL o'yinlariga ikkinchi darajali bo'lib qaragan edik. Buni ochiq aytish kerak. Bu yil unday bo'lmaydi. Har bir turnirda yutuqqa erishish uchun harakat qilamiz.



Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика