So’nggi yangiliklar

00:16ЖЧ-2034нинг 2035 йилда бўлиши мумкинлиги ҳақида Инфантино нималар деди?  0 23:50Мбаппе: "Винисиус билан муносабатларимиз яхши. Одамлар истаганини гапиради"  0 23:34Нани: "Аморимга вақт керак"  1 23:13ЖЧ-2026нинг 20-иштирокчиси маълум бўлди  0 22:51Валерий Карпин Эронга қарши ўйин олдидан нималар деди?  4 22:17Лапорта де Йонгнинг норозилиги ҳақида: "Майамига бориш керакми, борамиз"  1 21:55Бундеслиганинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси эълон қилинди  1 21:31Осиё Кубоги саралаши. Тожикистон Мальдив оролларидан устун келди, "Хоразм" футболчиси гол урди  1 21:15"Манчестер Юнайтед" Магуайр билан шартномани узайтирмоқчи  5 20:48Фабио Каннаваро: "Ғалаба билан бошлашимиз муҳим эди"  29 20:39ЖЧ-2034 2034 йилда бўлмаслиги мумкин  10 20:05Ўртоқлик учрашуви. Ўзбекистон - Кувайт 2:0  18 19:59"Реал" асосий футболчиси фаолиятини якунлаш ҳақида ўйлаб қолган  0 19:58Ўртоқлик учрашуви. Каннавародан ғалабали дебют, Ўзбекистон Кувайтдан устун келди  125 19:38"Бу ғирт тентаклик": Рабьо Австралияда ўтадиган "Милан" – "Комо" учрашувини танқид қилди  1

Ro'ziqul Berdiev: "G'alaba uchun nafaqat yaxshi himoyalanish, balki hujumga etibor qaratish ham muhim" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "G'alaba uchun nafaqat yaxshi himoyalanish, balki hujumga etibor qaratish ham muhim"

Xabaringiz bor, ertaga, 6 noyabr kuni Osiyo CHempionlar Ligasi-2 guruh bosqich 4-turi doirasida "Nasaf" o'z uyida "Al Husayn"ni qabul qiladi.

Bugun o'yinoldi matbuot anjumani bo'lib o'tdi va unda "Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev hamda jamoa kiperi Abduvohid Nematov ishtirok etdi.

"Assalomu alaykum! Bu musobaqada ham oldimizga jiddiy maqsad qo'yganmiz - keyingi bosqichga o'tish. Buning uchun ertangi o'yinda ham maksimal harakat va 3 ochko talab etiladi. Raqibimizni biz birinchi o'yin orqali juda ham yaxshi bilamiz, ancha jiddiy jamoa. O'ylaymanki, o'yinga etarlicha tayyorgarlik ko'rdik. Yigitlar buni tushunib turibdi. Ertangi o'yinda kerakli natija uchun bor kuchimizni beramiz. Albatta, muxlislarni xursand qilish uchun hamda vazifamizni engillashtirish uchun g'alabani ko'zlab maydonga tushamiz" - dedi Ro'ziqul Berdiev.

"Assalomu alaykum. Ertangi bahsga hamma tayyor. Biz faqatgina 3 ochko uchun maydonga tushamiz. Keyingi bosqichga chiqib, murabbiyimiz takidlaganidek, muxlislarimizni xursand qilmoqchimiz", - dedi Abduvohid Nematov.  

"CHempionlar Ligasidagi o'yinlar har bir mamlakatning etakchi jamoalari ishtirok etadi. Quradan keyinoq biz kuchli raqiblarga duch kelishimiz malum edi. Ularning har biri o'z mamlakatining etakchi klublari. SHunday bo'lsa ham, ular bizdan ancha kuchli demagan bo'lardim. Har bir o'yinda istalgan raqibdan syurpriz kutish mumkin. Har xil taktik o'yinlarni kutish mumkin, balki raqib jamoasi ertaga durangni ko'zlab ham maydonga tushishi mumkin. Biz barchasiga tayyormiz. Bizdan talab qilinadigan narsa — faqat o'yinga maksimal harakat qilishimiz va g'alabani o'ylab maydonga tushishimiz kerak. Buning uchun aql, kuch va mehnat talab qilinadi. Umid qilamanki, bizda bu borada muammo bo'lmaydi. 

Avvalgi to'qnashuvda hamma ko'rdi, ularning tarkibida individual kuchli futbolchilar bor. Avvalgi ikki o'yinni ko'rib, o'rganganimizda ham bunga etibor qaratgandik. Yigitlarga qanchalik uqtirmaylik, biz sustkashlikka yo'l qo'ydik va indiviudal harakat evaziga o'z darvozamizdan 2 ta gol olib chiqishga majbur bo'ldik. SHu sababli, bemalol ayta olaman, hozir raqibning tarkibi, salohiyati haqida gap ketdi, lekin birinchi o'rinda ularning bazi bir futbolchilari, hujum vakillarining individual mahoratini jamoaning kuchli tomoni, deb bilaman. 

Albatta, tarkib farq qiladi. Bilasizlar, Iordaniyaga borish safari og'ir edi, bizni esa Samarqandda muhim o'yin kutayotgandi. SHu sababli rotaciyaga qo'l urdik. Ular yomon o'ynadi demoqchimasman, lekin ertaga safarda yo'qotilgan uch ochkoni qaytarishga harakat qilamiz. 

Zamonaviy futbolda yaxshi himoyalanish talab etiladi. Albatta, g'alaba qozonmoqchi bo'lsangiz bu muhim, yaxshi himoyalanishingiz zarur. Ammo ertaga bizdan ko'proq talab qilinadigan narsa bu hujumga etibor qaratish. G'alaba qozonmoqchi bo'lsak, albatta, raqib darvozasi tomon yo'l topishimiz kerak"


Abduvohid Nematov - "Bu o'yinni intiqlik bilan kutdik. Iordaniyada o'yinning oxirgi daqiqalarida gol o'tkazib yubordik. SHu sababli ham aytganimdek, faqat va faqat g'alaba uchun maydonga tushamiz".

Ertaga penalti tepish kerak bo'lsa, yana darvozabonga ishonch bildiriladimi? 
"Penaltini yaxshi tepa oladigan bir nechta futbolchilarimiz bor. Bazi bir futbolchilarimiz ishonchni oqlay olmadi. Boshqalari aksincha, muhim pallalarda pand bermadi. Mavsum davomida bir necha bor buning guvohi bo'ldik. O'ylaymanki, ertaga ham kerak bo'lsa, o'ziga ishongan futbolchi, ishonchni oqlay oladigan futbolchi chiqadi" - dedi "ajdarlar" ustozi.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика