So’nggi yangiliklar

09:40Фабрицио Романо ёзда "Челси"ни тарк этадиган икки нафар футболчи номини айтди  1 09:08МЮ Антонига нарх белгилади  0 08:36"Олтин тўп"га даъвогарларнинг янгиланган рейтинги эълон қилинди. Ким фаворит?  11 08:03Суперлига. Бугун 17-тур якунланади  3 07:30"Ал Насср" Португалия клубини йирик ҳисобда мағлуб этди. Роналдудан хет-трик  1 07:15Суперлига. Водий дербисида "Нефтчи" ғалаба қозонди, "Андижон" эса "Насаф" билан дуранг ўйнади  1 01:15Шешко сабабли МЮ ўз ҳужумчисидан воз кечмоқда  2 00:49Зидан келаси йили мураббийликка қайтиши кутилмоқда  0 00:17Шешко Каррингтонда  1 23:59Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" сафарда иродали ғалабага эришди, Шомуродов захирадан ўйинга қўшилди  34 23:31Рўзиқул Бердиев: "Охирги зарбани беришда совуққонлик етишмади"  13 23:20Максим Шацких: "Бугун ютишимиз ҳам, ютқазиб қўйишимиз ҳам мумкин эди"  7 22:55Here we go! "Барселона" асосий ҳимоячиси "Ал Насср"га ўтмоқда  3 22:40Баҳром Ҳайдаров: "Ҳар бир гапимиз баҳонага ўхшаб қоляпти"  3 22:08Виталий Левченко: "Биз ҳам "Қўқон-1912"га ёрдам қилдик"  7

Ro'ziqul Berdiev: “Etakchi o'yinchilarimizni qo'yib yuboraversak, ularning o'rnini qanday to'ldiramiz?” Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: “Etakchi o'yinchilarimizni qo'yib yuboraversak, ularning o'rnini qanday to'ldiramiz?”

“Nasaf” – “Qizilqum” nazorat uchrashuvi yakuniga etgach, Ro'ziqul Beridev bilan tayyorgarlik jarayoni, oldindagi rejalar, tarkibni kuchaytirish bo'yicha olib borilayotgan ishlar to'g'risida suhbatlashdik.

- Yangi mavsum tayyorgarligini 3 yanvar kuni boshlagan edik, mana bugun ikki haftalik o'quv-yig'in mashg'ulotlarimizni dastlabki qismini, nazorat uchrashuvi bilan yakunladik. Dastlabki bosqichdagi asosiy etibor jismoniy tayyorgarlikka qaratildi.

Yangi chempionatga tayyorgarlikning navbatdagi ikkinchi bosqichini 20 yanvar kunidan yana Qarshida davom ettiramiz, bu bosqich 2 fevral kunigacha  davom etadi. Bu bosqichda ham nazorat uchrashuvlari o'tkazishni rejalashtirganmiz. Klubimiz rahbariyati imkon yaratib bersa, uchinchi bosqich tayyorgarligini Turkiyada davom ettirmoqchimiz. CHunki, bizda fevraldagi ob-havo, to'liq mashg'ulot o'tkazishga noqulayroq hisoblanadi.

Ayni paytda biz bilan birga boshqa jamoalarda to'p tepgan ko'plab yosh futbolchilar mashg'ulotlarimizda ishtirok etishayapti, bularni biz ko'rikdan o'tkazayapmiz. Imkoniyatlarini chamalab ko'rayapmiz. Bizni qoniqtirganlarni, safimizda olib qolamiz.

Bizning aksariyat asosiy tarkib o'yinchilarimiz terma jamoalarga jalb etilgan. Tayyorgarligimiz ularsiz davom etayapti. To'g'ri, ular ham terma jamoalarimiz mashg'ulotlarida ishtirok etishayapti. Tarkibimizga qo'shiladigan yangilarni tezroq jalb etib, asosiy etiborimizni jamoaviy o'yinimizni shakllantirishga qaratishimiz kerak. O'zingizga malum, futbolchilar bir-birlarini tushunib olib, jamoaviy o'yinga moslashishi, malum vaqtni talab qiladi. Qolaversa, yangi chempionatning boshlanishi ham tobora yaqinlashib kelayapti.



Endi tarkibdagi o'zgarishlar haqida to'xtalsam. Hozircha, jamoamizni rasman Maqsud Karimov va Saydullo Rahmatov tark etishdi. Sanjar Quvvatovni “Paxtakor” bilan o'zaro kelishuvga erishganligi haqida gaplar tarqaldi. Ammo buni to'g'ri yoki noto'g'riligini tasdiqlay olmayman. CHunki, futbolchimiz anchadan buyon milliy terma jamoamiz bilan birga bo'lganligi sabab, o'zaro gaplashganimiz yo'q.  

Jamoamizning avvalgi yillardagi mavqieni tiklashimiz uchun, imkoniyat darajasida tarkibimizni kuchaytirishimiz talab etiladi. To'g'ri, o'tgan chempionatning ikkinchi yarmidan boshlab, biz ko'plab yosh o'yinchilarimiz xizmatidan foydalanishga majbur bo'ldik. Bu esa ularni katta futbolda tajriba to'plashiga sabab bo'ldi. Endi biz bu futbolchilarimizni jamoamizda saqlab qolishimiz kerak.

Biz ko'plab tajribali o'yinchilarni yo'qotdik. Agar biz yana etakchi o'yinchilarimizni boshqalarga berib yuboraversak, ularni o'rnini qanday to'ldiramiz? “Nasaf”dek klubni siyosati yoki nufuzi nima bo'ladi?

Jamoamizga legioner futbolchilar ham kerak. Ammo bizni o'rtamiyona legioner futbolchilar umuman qoniqtirmaydi. Bu darajadagi legioner futbolchini olib, o'zimizni intiluvchan yoshlarimizni yo'lini to'sib qo'yish ham to'g'ri emas. Gevorkyan, CHeran yoki Golbandek legionerlar bo'lsagina, jamoamiz o'yinlarini yanada kuchaytira olishi mumkin – deydi Ro'ziqul Berdiev.

Reyting: +30   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика