So’nggi yangiliklar

10:17Феруза Турдибоева: "Ўз ўйинимизни намойиш эта олдик"  0 10:06«Реал Мадрид» ТОП ҳимоячи билан деярли келишувга эришди  3 09:33Маркус Рашфордга асосий даъвогарлар маълум  1 08:55Неймар фаолиятини МЛСда давом эттириши мумкин  1 08:13«Ливерпуль» «Ал Ҳилол»нинг 80 миллион евролик таклифини қабул қилмади  2 07:45Франция Кубоги. Бешинчи лигадан бўлган клуб "Лион"ни Кубокдан чиқариб юборди, ПСЖда эса қийин ғалаба  1 07:37«Айнтрахт» ва «Манчестер Сити» келиша олишмаяпти  0 06:50Испания кубоги. "Атлетико Мадрид" йирик хисобда ғалаба қозонди  0 03:06АПЛ. "Арсенал" "Тоттенхэм" устидан иродали ғалаба қайд этди  8 03:02Испания кубоги. "Барселона" "Бетис" дарвозасига ҳам бешта гол урди  14 03:00Бундеслига. "Бавария" "Хоффенхайм"ни аяб ўтирмади  1 02:57АПЛ. "Ньюкасл", "Астон Вилла" ва "Кристал Пэлас" ўз учрашувларида ғалаба қозонишди.  0 02:53А Серия. "Интер" "Болонья"га қарши ўйинда очко йўқотди  1 00:52"Челси" Лондоннинг бошқа клубида ўйнаётган футболчисини ортга қайтарди  0 23:50"Ливерпуль" 19 ёшли форвардга қизиқмоқда  1

Ro'ziqul Berdiev: "Ertadan "Al Fateh"ni o'rganishni boshlaymiz" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Ertadan "Al Fateh"ni o'rganishni boshlaymiz"

"Nasaf" - "Al Hidd" uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida "Nasaf" ustozi ishtirok etdi.
"Barcha muxlislarimizni bugungi g'alaba bilan tabriklayman. O'ylashimcha o'yin to'lig'icha ustunligimiz ostida o'tdi. Bollarda hayajon sezilib turdi. Qisqa qilib aytganda bugun haqli g'alabaga erishdik", - deydi Ro'ziqul Berdiev.

- Ko'proq gol urish kerak edi...
- Asosiysi natija. Biz yirik g'alabaga erishdik va keyingi bosqichga chiqdik.

- Bugungi o'yinda asosiysi natija. Guruh bosqichiga yana bir qadam tashladik. O'yin davomida raqibning kuchsiz tomonlaridan foydalandik, - deydi o'yinning eng yaxshi futbolchisi Dragan CHeran. 

- "Al Hidd" bugun juda kuchsiz o'ynadi. Sizga qanday tuyuldi?
- Bunga bizning tezkor ikkita gol urganimiz sabab bo'ldi. Raqib gol o'tkazgach hujumga o'tishga urindi. Biz esa ishonchli o'ynab g'alabaga erishdik.

- CHap qanotda maydonga tushgan Islom Kenjaboev ko'pchilik uchun yangilik bo'ldi. Mavsum davomida chap qanotda aynan Islom o'ynaydimi?
- Bugun uning asosiy tarkibda tushishiga asosiy sabab Turkiyadagi yig'inda chap qanotda eng faollardan biri bo'ldi. Agar o'z ustida ishlashda davom etsa yaxshi futbolchi bo'lib etishadi.

- Keyingi bahs "Al Fateh"ga qarshi o'ynaysizlar. Bu klub "Al Hidd"dan ancha kuchli...
- To'g'ri aytdingiz. Saudiya Arabistoni va Bahrayn futboli ancha farq qiladi. Bu jamoa ayni paytda o'z ligasida eng so'nggi pog'onada bormoqda. Bu hech narsani anglatmaydi. Bu jamoa o'yinlarini ko'rdim. Ertadan "Fateh"ni o'rgana boshlaymiz.

- Bugun CHeran hujumchi ortida o'ynadi. Faqat bugungi o'yin uchun tanlangan taktikamidi?
- Albatta, faqat bugungi o'yinda CHeran o'ynadi. Erkinov boshi bilan yaxshi o'ynaydi, shu bois hujumga qo'ydik. CHeran esa pasni ham yaxshi beradi. SHu bois taktikamiz shunday bo'ldi.

- Sizga bu joyda o'ynash qiyin bo'lmadimi?
Dragan CHeran:
- Yo'q u qadar qiyin bo'lmadi. Jamoaga foyda keltirsam bo'lgani.

- Akmal SHorahmedov jamoaga juda tez chiqishib ketdi. Bunga sabab nima?

- Akmal haqiqiy professional ekanini isbotladi. Bunga shubha yo'q edi. Bizning jamoaga kelgan har qanday futbolchi tezda kirishib ketadi.

- Keyingi rejalar qanday?
- Bir haftadan keyin "Al Fateh" bilan o'ynaymiz. Agar g'alaba qozonsak guruh bosqichiga chiqamiz. Fevral oyida bizda yig'in o'tkazish qiyin, shu bois balki xorijiy yig'in o'tkazishimiz mumkin.


Narzulla Saydullaev
Reyting: +31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика