So’nggi yangiliklar

03:46Сергей Лебедев: "Биз вақтни чўзганимиз йўқ"  0 02:00КЖЧ. "Интер" ва "Урава Ред Даймондс" ўртасидаги ўйин тақдирини 90+2 дақиқада урилган гол ҳал қилди  21 00:03"Арсенал" бир сабабга кўра "Реал"дан Родригони сотиб ололмаслиги мумкин  8 23:11КЖЧ. "Боруссия Дортмунд" ва "Мамелоди Сандаунз" ўртасидаги ўйинда еттита гол урилди  0 22:43Фоден мураббий бўлишни хоҳлайди  1 22:03Суперлига. "Навбаҳор" Наманганда ОКМКни йирик ҳисобда мағлуб этди ва жадвалдаги очколар фарқини қисқартириб олди  85 21:38"Милан" ёш испан футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 20:48"Барселона" чемпионлик учун қанча мукофот пули тўлаши маълум бўлди  18 20:18Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Мамелоди Сандаунс" - "Боруссия" Д. Асосий таркиблар маълум!  1 19:59Про-лига. "ФарДУ" тезкор гол эвазига "Олимпик"ни мағлуб қилди  0 19:23"Реал"га Родри керак  9 18:54"Манчестер Сити" Гвардиолага ўринбосар топиб қўйди  9 18:24Энцо Мареска: "Ўйин услубини ўзгартирамиз"  2 17:53Ислом Исмоилов: "Чили ва Боливия билан ўйинлар жуда керакли тажриба бўлди"  8 17:50Мавсумдаги энг яхши ўртача томошабинлар рейтинги эълон қилинди, Жанубий Америка етакчи, "Барселона" 35-ўринда  17

Ro'ziqul Berdiev: "Eng yaxshi murabbiy nominaciyasida birinchi bo'lishimni kutmagandim" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Eng yaxshi murabbiy nominaciyasida birinchi bo'lishimni kutmagandim"

Kuni kecha O'FFning yil yakunlariga bag'ishlab o'tkazilgan marosimda "Nasaf" jamoasi bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev 2013 yil O'zbekistonning "Eng yaxshi murabbiyi" deb topildi.
SHu munosabat bilan Berdievni suhbatga tortdik.

- Avvalo bu kabi taqdirlash marosimlarida birinchi bor ishtirok etishim ekanligini aytib o'tmoqchiman. Ochig'i yilning Eng yaxshi murabbiyi nominaciyasida birinchi bo'lishimni kutmagandim. CHunki o'zingizga yaxshi malumki, yurtimizda bunday sovrinlarga munosib bo'lgan mahoratli murabbiylar bor. Zalda mening ism-sharifimni aytishganida oz miqdorda  hayajonlanish ham bo'ldi.

- Albatta bu borada menga ovoz bergan barcha OAV xodimlariga minnatdorchilik bildiraman. SHuningdek futbolimiz rahbarlariga ham tashakkur deb qolaman.

- Bilasizmi ushbu yutuq nafaqat meniki, balki butun "Nasaf" jamoasi azolariniki hamdir. Sababi bunga klubimiz azolarining  ham mehnatlari orqali erishganman. Futbol jamoaviy o'yin bo'lgani uchun ham "Nasaf" azolarining  hissasi bor deb bilaman.

- O'zimga bildirilgan ishonchi kelgusi mavsumlarda ham oqlashga harakat qilaman.

 Islombek Rustambekov suhbatlashdi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика