So’nggi yangiliklar

07:35Мутолаа учун. Раньери, Моуриньо, Карпин. Шомуродов энди туркиялик мураббий билан ишлайди. Аввалги мутахассислар билан қандай саргузаштлар бўлган?  0 01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  2 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  5 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  4 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  7 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  6 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  5 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  3 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0

Ro'ziqul Berdiev: "Bugun raqibga nisbatan har tomonlama kuchliroq edik" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Bugun raqibga nisbatan har tomonlama kuchliroq edik"

"Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev "Metallurg"ga qarshi o'yin haqida fikr bildirdi.





- Raqib darvozasiga 11 metrlik jarima to'pi belgilangach, o'yinda g'alaba qozonishingizga ishonganmidingiz?

- Bugun g'alabaga ishongandim, chunki raqibga nisbatan har tomonlama kuchliroq edik. Penaltigacha ham ko'p vaziyatlar yaratdik, biroq omad bizdan yuz o'girdi. Qaysidir vaziyatda raqib darvozaboni hamda himoyachilari yaxshiroq harakat qildi. Albatta, g'alaba oldindan kutilmagan edi. Futbolda omad kuchlilarga kulib boqadi deyilganidek, bugun o'z kuchimizni namoyish etdik hamda g'alaba qozondik. 

- "Nasaf" juda ko'p imkoniyatlarni yaratdi, bulardan foydalana olmaslikning sababi nimada? Bu futbolchilarning terma jamoada ishtirok etishining salbiy tasiri hisoblanadimi?

- Albatta, bunday vaziyat bo'lishini kutgandik. Yigitlar ko'p tanaffusda bo'lishdi, ligeonerlarimiz o'ylariga borib kelishdi, terma jamoa o'yinchilari yig'inda bo'lishdi. SHu bois mashg'ulotjarayoni to'liq tarkibda o'tkazilmadi. Bu, albatta, uchrashuvga tasir o'tkazardi, biroq o'ylashimcha, bugun ko'p vaziyatlar yarata oldik. Ushbu vaziyatlarni birinchi bo'limda aniq amalga oshira olganimizda, natija boshqacha bo'lardi. Zaxiradan maydonga tushgan o'yinchilar bahsni qo'ldan boy berdi, bu haqda futbolchilarga ham aytdim. "Metallurg"da ham o'yin yakunida hisobni tenglashtirish uchun imkoniyatlar bo'ldi.

- O'tgan gal ham takidlagandek, Kaluderovichning jamoaga ko'nikib ketishi uchun yana qancha vaqt kerak deb o'ylaysiz?

- Futbol bu jamoaviy o'yin. Kelinglar, har bir o'yinchiga urg'u bermaylik. Qaysidir futbolchi o'zini yaxshi tarafdan ko'rsatadigan bo'lsa, qaysidir o'yinchi bahsga kirisholmaydi. Bu futbolda uchrab turadigan hodisa. Lekin bir narsani guvohi bo'lyapmiz, sermahsullik yoki hujum chizig'idagi vaziyatlarni yaratishda ham Norchaev unga nisbatan ancha faolroq harakat qilyapti. SHuning uchun Norchaevga ko'proq imkoniyat beryapmiz. Bugun Norchaevda ham ko'pgina vaziyatlar yuzaga keldi, ularning barchasini golga aylantirolmagan bo'lsa-da, jamoaga katta yordami tegdi. 

- OFK kubogi uchun 20 oktyabr kuni navbatdagi uchrashuv bo'lib o'tadi. Raqib jamoani qay darajada o'rgandingiz? Ularning imkoniyatini qanday baholaysiz?

- Raqib jamoada legioner, milliy terma jamoasida to'p suradigan futbolchilar bor. Ularning 2-3 o'yinini ko'rib chiqdim. Ertadan boshlab jamoa azolariga raqibning har bir o'yinchisi haqida malumotlar beramiz.

- Birinchi bo'lim oxirlarida raqib darvozasi yonida Doniyor Narzullaev to'p uzatgan ko'ra o'zi tepganda gol bo'lish imkoniyati ko'proq bo'larmidi?

- Qarshi hujumda yaxshi vaziyatga ega bo'lgandik. Narzullaev pas berishga qaror qildi, bu ham to'g'ri bo'ldiyu, Norchaev imkoniyatdan foydalana olmadi. Balki Narzullaevning o'zi to'pni tepganda ham maqul ish bo'lardi.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика