So’nggi yangiliklar

15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  0 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  2 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  0 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  7 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  1 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  4 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  4 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  10 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  9 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  11 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2

Ro'ziqul Berdiev: “Bugun ko'rsatgan o'yinimiz mag'lubiyatga loyiq edi” Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: “Bugun ko'rsatgan o'yinimiz mag'lubiyatga loyiq edi”

“Nasaf” – “Dinamo” (1:2) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida qarshiliklar ustozi Ro'ziqul BERDIEV bo'lib o'tgan uchrashuv haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Bugungi o'yin haqida nima deyish mumkin? Biz bugun muxlislarimizni xursand eta olmadik.  Bu bellashuv nafaqat Samarqand jamoasi uchun, balki biz uchun ham muhim edi.  Mavsumni 5-o'rinda yakunlash imkoniyati bor edi.  Buni yigitlarga uqtirgan edim.  Bugungi natija uchun yigitlarga alohida “rahmat” aytmoqchiman.   Futbolchilarimdan bu darajadagi o'yinni umuman kutmagan edim.  Echinish xonasida ham ular bilan jiddiy gaplashib oldik.  Agar ular futbolda o'smoqchi bo'lishsa harakat qilishlari kerak.   Bugun ko'rsatgan o'yinimiz mag'lubiyatga loyiq edi.  Biz guyoki hujum chizig'isiz o'ynagandek bo'ldik. Butun mavsum mobaynida bizni qo'llab turgan muxlislarga alohida rahmat aytmoqchiman. 

- “Dinamo” tartibli o'yin evaziga g'alaba qozondi.   Jamoaga Tachmurod Agamurodov kelgandan so'ng “Dinamo” tartibli futbol namoyish eta boshladi. Ular tartibli harakat qilganlari uchun biz deyarli vaziyat yarata olamdik.  Ko'proq samarqandliklarning g'alabasiga biz sababchi bo'ldik.  Futbolchilarimiz sust harakat qilishdi.  Yosh jamoamiz g'alaba qozonib mavsumni 5-o'rinda tugatsa, bu biz uchun ajoyib natija bo'lardi. Alamli mag'lubiyatga uchradik, buni o'zimiz ham tushunib turibmiz. 

- “Navbahor” jamoasidan futbolchilarimizga jiddiy takliflar bo'ldi.  Bundan tashqari “Paxtakor” jamoasidan ham qiziqishlar bor.  Lekin bularni barchasi amalga oshish-oshmasligini vaqt ko'rsatadi.  Bu haqida rahbariyat bilan muhokama qilamiz.   O'ylaymanki, bu futbolchilarni klub osonlikcha qo'yib yubormaydi.  Yosh futbolchilarimiz o'sayabdi, ularga takliflar bo'lishi tabiiy.

- Yangi homiy haqida gap bo'ldi (Enter-engineering).  Bu ishlar amalga oshsa klubimiz jiddiy o'zgarishlar qilishi kerak bo'ladi.  Bizga saviyali futbolchilar zarur bo'ladi.  Bu haqida rahbariyatga ham aytamiz.  CHunki har bir o'yinda mukammal harakat qilish uchun yaxshi tarkibga ega bo'lish kerak.   O'zlaringiz guvohi bo'ldinglar,  yosh jamoa bilan mavsum davomida barqaror o'ynamadik.   Qaysidir bellashuvlarda yaxshi harkat qildik,  qaysidrilarida esa aksincha.  Mana bugungi bahsda ham futbolchilarning ruhiy tarafdan kuchsizligi tabloda o'z natijasini aks ettirdi.  O'ylaymanki yangi mavsumda hammasi boshqacha bo'ladi.  Jamoa oldiga katta maqsadlar qo'yadi.  CHunki bizning muxlislarimiz jamoa yuqori o'rinlarga kurashib,  xalqaro turnirlarda ishtirok etishiga o'rganishgan.

Reyting: -32   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика