So’nggi yangiliklar

01:12Суперлига-2025. Биринчи давранинг эсда қоларли лаҳзалари  0 00:45IBA раҳбари Кремлёв Смоловнинг жанжали ҳақида: "Футболчиларнинг интизоми билан боксчилар шуғулланиши керак"  0 00:26"Галатасарой" Осимхен учун 50+5 миллион евро таклиф қилди, "Наполи" кўпроқ сўраяпти  1 23:43Виталий Левченко: "Шартномам ноябрда якунига етади"  3 23:18Ҳаким Фузайлов: "Маҳаллий футболчилар Нарх ва Самиевлардан ёмон ўйнашмаяпти"  3 22:52Доннарумма агенти Нойернинг Мусиала жароҳати ҳақидаги сўзларига: "Мануэль 2014 йилда Игуаинни урганда ҳам, жароҳатланиш хавфини билиб турган"  2 22:26Шченсни "Барселона" билан янги битим имзолади  0 22:15Мбаппе судга берган аризасини қайтариб олди  4 22:00Суперлига. "Нефтчи" "Хоразм"ни мағлуб этди ва иккинчи ўринга чиқиб олди   37 21:07Акмал Мозговой БАА клубига ўтди  11 20:20Ўзбекистонлик ҳакамлар Президент кубоги (Индонезия) мусобақасида фаолият олиб боришади  1 19:47Анчелотти "Олтин тўп"га муносиб бўлган, лекин қўлга киритолмаган футболчи номини айтди  8 19:20"Антверпен" янги аъзоси Муҳаммадали Ўринбоев: "Ўзбекистонни янада танитишга ваъда бераман!"  28 18:49Расман: Муҳаммадали Ўринбоев – Бельгия клуби футболчиси!  15 18:35Доннарумма Мусиала туфайли психологга мурожаат қилди  2

Ro'ziqul Berdiev: “Bizga hech qanday “syurpriz” vada qilinmagandi” Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: “Bizga hech qanday “syurpriz” vada qilinmagandi”

O'zbekiston Kubogi 1/2 finali doirasida o'tgan AGMK – “Nasaf” bahsidan keyin mehmonlar ustozi Ro'ziqul Berdiev saytimizga intervyu berdi.

- Yarim finaldan so'ng, “Nasaf” uchun mavsum yakunlandi. Bugungi uchrashuv va mavsum haqida fikrlaringiz qanday?

- O'ylashimcha, mavsum biz uchun omadli keldi. CHunki, asosiy vazifa o'rin egallashimiz kerak edi va yigitlar buni uddaladi. SHu tufayli “Nasaf” muxlislari bu jamoa bilan faxrlansa bo'ladi, deb aytmoqchiman. Bugungi o'yinga kelsak, bahsni juda yomon boshladik. Bu haqda takidlagandim, 20-25 daqiqa davomida AGMKda tashabbus bo'lishini bilgandim. Biz yaxshi himoyalib, gol o'tkazmasligimiz kerak edi, lekin, bu amalga oshmadi. Qolgan 60-70 daqiqada to'liq ustunligimizni namoyish etdik. Ammo, bilasiz futbolda gol urish kerak, gol urilmasangiz mag'lubiyatga uchraysiz. Menimcha, o'yinda ustunlik qildik, lekin bugun mag'lub bo'ldik. AGMKni bugungi g'alaba bilan tabriklayman va ularga keyingi o'yinda omad tilayman.

- Finalda qatorasiga 3 yil AGMK – “Paxtakor” o'zaro to'qnash keladi. Bu bahs haqida nima deya olasiz?

- Agar AGMK bugungidek o'ynaydigan bo'lsa, jamoada hech qanday imkoniyat yo'q. Bu shaxsiy fikrim.

- “Nasaf”da moliyaviy qiyinchiliklar haqida ko'p bor aytildi. Hozir yil oxiri, qarzdorlik masalasi bajarildimi?

- Yo'q bu narsa bajarilgani yo'q. Bazi joylarda, bilmadim bu malumotlarni kim tarqatmoqda, “to'liq qutildi”, “futbolchilarning oldida qarzdorlik yo'q”, deb berishdi. Biroq, qarzdorlik hali bor.

- “Nasaf”da Kubokda yarim finalga etib keldi va chempionatni ham 2-o'rinda yakunladi. Buni rag'batlantirish uchun avtomobil yoki mukofot vada qilinganmidi? Ko'pchilik shu bilan qiziqmoqda.

- Bu haqda Namangandagi o'yin oldidan qaerdadir yozishdi. Biroq, Namangandagi uchrashuvdan oldin va keyin ham klub rahbarlari bilan uchrashmadik hamda bu haqda gap ham bo'lgani yo'q.

Agar “syurpriz” bo'ladigan bo'lsa, bundan yigitlar xabar topishi kerak edi, ozgina motivaciya bo'lishi uchun. Lekin, bu haqda bizga hech kim aytmagan.

- Kelasi mavsum rejalari qanday? Eshitishimizga ko'ra, bir, ikki futbolchi jamoani tark etmoqda.

- Men ham bu haqda eshityapman. SHartnomasi tugagan futbolchilar bor, buni vaqt ko'rsatadi. Reja to'g'risida ham rahbariyat bilan o'tirib, muhokama qilganimizcha yo'q, deya so'zlarini yakunladi Berdiev.

Reyting: +32   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика