So’nggi yangiliklar

18:20"Барса" футболчиси Францияга кетмоқда  0 17:52Турки Ал аш-Шайх Англия клубини сотиб олиш ҳақида ўйламоқда  0 17:24Вирцни қўлдан чиқарган "Бавария" "Арсенал" футболчисига юзланди  1 16:55Исландиялик иқтидор "Рома"ни қизиқтирмоқда  0 16:27Қаҳрамонлик ортидаги оғриқ: Беллингем операция столига ётади  4 15:59"Фиорентина" юлдузи "Манчестер Юнайтед" нишонида  0 15:33Диёр Холматов голини нега Асенсио услубида нишонлагани ҳамда топ-5 чемпионатга йўл олиши ҳақида гапирди  9 15:07Тео Эрнандес "Ал Ҳилол"га ўтишга рози бўлди, клублар келишувга эришди  1 14:39"Суонси" собиқ устози аэропортда ишламоқда  4 14:10Брайан Риаскос: "Ҳужумдаги исталган позицияда ўзимни қулай ҳис қиламан"  3 14:03Самарқандда синмайдиган анъана, енгилмас Абрамов "армияси" ва уча олмаётган "қалдирғочлар" — “Динамо” ва “Бунёдкор” тўқнашувидан олдин  6 13:44"Челси" Коло Муани борасида ПСЖ билан музокараларни бошлади  3 13:17Макелеле фаолиятида муҳим ўрин тутадиган мураббий кимлигини айтди  0 12:50Бахтиёр Қосимов: "Ўз майдонимизда "Динамо" илк мағлубиятини қабул қилиб олади"  6 12:28Компани: "Месси қандай қилиб ҳали ҳам шундай ўйнаяпти, билмайман"  4

Ro'ziqul Berdiev: Bir murabbiy bitta jamoada ishlashi kerak Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: Bir murabbiy bitta jamoada ishlashi kerak

O'tgan haftaning eng ko'p muhokama qilingan mavzusi bu Ro'ziqul Berdievning O'zbekiston milliy termasiga bosh murabbiy etib tayinlangani bo'ldi.

Xabaringiz bor, 14 noyabr kuni BAA va O'zbekiston termalari o'rtasida o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tadi. Biz 20 yildan beri Nasafga sodiq bo'lib kelayotgan mutaxassisdan eksklyuziv intervyu oldik.

- Bu men uchun kutilmagan taklif bo'ldi, - deya so'z boshladi Ro'ziqul Sadullaevich. - Farg'onada Neft­chiga qarshi kechgan o'yindan keyin federaciyaga chaqirishdi. U erda O'FF vice-prezidenti SHoakram Isroilov bilan uchrashdim va terma jamoani vaqtinchalik bosh murabbiy sifatida qabul qilib olishimni aytishdi. Bu taklifga rad javobini berib bo'lmasdi. Bitta o'yinga bo'lgani uchun rozilik berdim.

- Nasaf oldida o'ta muhim o'yin­lar turgan bir paytda bu qaror klubingiz uchun biroz qaltis emasmi? Har holda, Nasaf OCHL yo'llanmalari uchun kurash olib bor­yapti...

- Bu haqda o'ylab ko'rdim. Haqiqatan ham Nasaf uchun juda tig'iz va shu bilan birga muhim palla. Hamisha bir murabbiy ikki jamoada ishlashiga qarshi bo'lganman. Lekin gap milliy terma haqida ketarkan, bu qoidalarni biroz chetlab o'tishga to'g'ri keldi. Aytishadi-ku, Vatan tanlanmaydi, deb!

- O'FF bilan rasman shartnoma imzoladingizmi?

- Yo'q. Hammasi og'zaki kelishuv asosida bo'ldi. Terma jamoani faqat bitta o'yinga tayyorlayman.

- Vazifangizga qachondan kirishasiz?

- Ishni boshlab yubordik. SHaxsan o'zim Buxoro - Paxtakor uchrashuvini bevosita stadiondan kuzatdim. Yordamchilarim Bunyodkor - SHo'rtan bahsini tomosha qilishdi. Bir kunda 2-3ta o'yinlar yozilgan disklarni ko'rib, tahlil qilyapmiz.


- Murabbiylar shtabida sizga kimlar yordam beryapti?

- Bitta o'yinga tayinlanganim uchun asosan Nasafdagi yordamchilarim SHuhrat Toshpo'latov va Denis Ivankov ko'maklashishmoqda. Ivankov darvozabonlar bilan ishlaydi. SHuningdek, Jafar Irismetov ham milliy jamoa murabbiylar shtabidan joy oladi va biz bilan BAAga boradi. 26-turda ham bir nechta etiborga molik uchrashuvlar bor. Jumladan, Bunyodkor - Paxtakor, Lokomotiv - Qo'qon-1912... Bu o'yinlarni ham yordamchilar hamrohligida kuzatamiz. Bugungi kunda termaning kengaytirilgan tarkibidan 50 nafar futbolchi joy olgan.

- Bu ro'yxatni sizga O'FF tuzib berdimi yoki u o'zingizning kuzatishlaringiz asosida yuzaga keldimi?

- Yaqinda oliy liga klublari murabbiylarining yig'ilishi bo'lib o'tgandi. Unda har bir jamoa ustozi o'z kuzatishlari asnosida bosh jamoaga nomzod futbolchilarni tavsiya etgandi. Ro'yxat shu asosda tuzib chiqilgan. Ular orasida o'zim kuzatib yurgan futbolchilar ham bor.

- BAAga qarshi kechadigan o'yinga tayyorgarlik qachondan boshlanadi?

- Rejaga ko'ra, 10 noyabr kuni Toshkentda yig'ilamiz. Ikki kunlik mash­g'ulotlardan so'ng BAAga jo'naymiz. FIFA kunlari arafasida tur o'yinlari ham bor. Bu uchrashuvlarga tasir o'tkazmaslikka harakat qilamiz.

- O'yin FIFA kunlari o'tkaziladi. SHu nuqtai nazardan, unga legionerlar taklif etiladimi?

- Yo'q, faqat mahalliy futbolchilar xizmatiga tayanamiz. Asosiy etiborni terma jamoada o'ynashga haqli, lekin kam o'yin amaliyotiga ega bo'lganlar, qolaversa, iqtidorli yoshlarga qaratamiz. Ularga ko'proq imkoniyat taqdim etmoqchimiz.

- O'yinning BAAda o'tkazilishini inobatga olib, hech bo'lmasa, arab klublarida o'ynayotgan legionerlarni taklif qilmaysizmi?

- Bu yig'inda legionerlar umuman bo'lmaydi. O'ylaymanki, BAA termasi ham bizga qarshi o'zining optimal tarkibi bilan o'ynamaydi. Ularda ham bosh murabbiy almashgan va u tarkibda o'zgarishlarni amalga oshirishi tayin. SHu sababli, xorijda to'p surayotganlarsiz o'ynashni normal holat deb hisoblayman.


- Muxlislar tomonidan jiddiy tanqid qilingan Igor Sergeev va Aleksandr Lobanovning termaga taklif etilmasligi haqida gap-so'zlar urchidi...

- Biz ko'proq shu kungacha milliy jamoaga chaqirilgan, lekin maydonga tushirilmagan futbolchilarga imkoniyat beramiz. Sergeev va Lobanov uchun ham termamiz eshiklari ochiq. Lekin BAA bilan o'yinda etiborni boshqa futbolchilarga qaratmoqchiman.

- Hamisha hujumkor futbol tarafdori bo'lib kelgansiz. Termada ham shu ananaga sodiq qolasizmi?

- Takror aytaman, men faqat bitta o'yinda bosh jamoaga murabbiylik qilaman. BAA bilan safarda o'ynaymiz. Faqat hujumga berilib ketish ham yaxshi oqibatlarga olib kelmaydi. Himoyani esdan chiqarmaslik kerak. Mudofaa chizig'ini mustahkamlamay turib g'alabaga erishib bo'lmaydi.

- Raqib jamoa haqida malumot to'playapsizmi?

- O'rganishni boshladik. BAAning JCH-2018 3-saralash bosqichi doirasidagi Tailand, Iroq va Saudiya Arabistoni termalariga qarshi o'tkazgan o'yinlari yozilgan disklarni etkazishdi. Yozuvlarni ko'rib, tahlil qilyapmiz.


Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi 

Manba. "Interfutbol" gazetasi

Reyting: +32   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика