So’nggi yangiliklar

18:26Осиё Кубоги-2027 саралаши. Тожикистон Филиппин билан муроса кўчасини танлади  0 18:00ЖЧ-2026 саралаш босқичи. Ўзбекистон – Қатар (матнли трансляция)  76 17:51ЖЧ-2026 саралаши. Осиё гранди Индонезияни "савалади", Хитой сўнгги дақиқалардаги гол эвазига ғалаба қозонди  2 16:42"Бавария" келгуси мавсум учун уй формасини намойиш этди  3 16:12"Арсенал" футболчисини "Крузейро"га сотди  0 15:38Шомуродовнинг устози Италия терма жамоаси бош мураббийи бўлиши мумкин  4 15:09"Ал Насср" Испания терма жамоаси футболчисига қизиқмоқда  0 14:43Ислом Иномов "Бунёдкор"ни тарк этди  2 14:14Хурсандчиликдан кейинги "бўшлиқ"ни тўлдириши лозим бўлган Кападзе севимли услубига қайтадими?!  30 14:00Тариқ Салмон: "Рақибимиз ўз юртбоши кўз ўнгида мағлуб бўлишни истамайди"  6 13:43"Манчестер Юнайтед" ярим ҳимоячиси жамоани тарк этди  2 13:15Бекзод Маматқулов Ўзбекистон футзал федерациясида йиғилиш ўтказди. Унда Элибоев, Свиридов, Раҳматов ва бошқалар қатнашди  1 12:49Қамчибек Ташиев ЎФА раҳбариятини Ўзбекистон терма жамоаси ЖЧга чиққани билан табриклади  5 12:27Мешал Баршам: "Ўзбекистон ҳурматга сазовор жамоа"  7 12:00Тариқ Салмон: "Биз Эрон ва Ўзбекистонни мағлуб этган ягона жамоамиз. Рақиб ҳамон мундиал йўлланмасини нишонламоқда"  22

Ro'ziqul Berdiev: "Barcha musobaqalarda g'olib bo'lishni maqsad qilganmiz va bunga imkoniyatimiz etarlicha" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Barcha musobaqalarda g'olib bo'lishni maqsad qilganmiz va bunga imkoniyatimiz etarlicha"

O'zbekiston kubogi-2023 finali oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida "Nasaf" jamoasi bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev va futbolchilar Zafarmurod Abdirahmatov hamda Marko Stanoevich qatnashishdi.

"Tarixda birinchi marotaba o'z o'yimizda final uchrashuvini o'tkazamiz va ertaga g'alaba qozonishga astoydil harakat qilamiz. Yigitlar ham ushbu uchrashuvning muhimligini his qilib turishibdi", – dedi Berdiev.



"Har bir uchrashuv biz uchun finalga teng. Ertangi o'yinga tayyormiz. Muxlislarimizni xursand qilishni istaymiz", – dedi Stanoevich.



"Jamoa final bahsiga yaxshi tayyorgarlik ko'rdi. G'alaba qozonish uchun bor imkoniyatimizni ishga solamiz", – dedi Abdirahmatov.



- "Nasaf" uch frontda kurash olib borayotgan yagona jamoa. Uchta musobaqada qatnashish qanchalik qiyin kechmoqda?

- Superkubokda g'olib bo'lganimizni unutdingiz (jilmayib). Biz joriy mavsum kubok ko'tarishga ulgurdik. Siz aytganingizdek, barcha musobaqalarda g'olib bo'lishni maqsad qilganmiz va bunga imkoniyatimiz etarlicha. OKMK – juda kuchli jamoa. Olmaliqliklar Superligada eng ko'p gol urgan jamoa hisoblanadi. Barcha musobaqalarda g'alaba qozonib, maksimal imkoniyatlarimizdan foydalanishga harakat qilamiz. Bunday yo'l og'ir, ammo har bir uchrashuvda g'alaba qozonishimiz kerak.

- "Nasaf" uchta frontda kurash olib borayotganiga qaramay, yakunda uchalasidan ham quruq qolish xavfi bor. Ushbu holatga izoh berib o'tsangiz...

- Bu – futbol va futbolda hamma narsa bo'lishi mumkin. Yaxshi tayyorgarlik va kuchli ishtiyoq bo'lsa, g'alaba qozonishimiz shubhasiz. Umid qilamanki, biz har bir musobaqani muvaffaqiyatli yakunlaymiz. Ushbu mavsum "Nasaf" tarixidagi eng omadli mavsum bo'ladi.

- Agar final penaltilar seriyasiga qadar davom etsa. 11 metrlik jarima zarbasidan xatoga yo'l qo'ymaymizmi?

- Og'ir savol berdingiz-ku (kuladi). Mashg'ulotlarda ushbu muammoni hal etishga intilmoqdamiz. Biroq mashg'ulot va o'yindagi penalti boshqa-boshqa holat. O'yin vaqtida penaltini ijro etish bu katta bosim.

- "Nasaf"da o'zi asosiy penaltichi kim? Har bir uchrashuvda har xil o'yinchilar zarbani ijro etyapti.

- Mavsum boshidanoq etibor bergan bo'lsangiz, bizda asosiy penaltichilar – Sidiqov, Abdirahmatov va Stanoevich. Ular penaltidan kam xatoga yo'l qo'yishardi. Marko "Olimpik"ka qarshi uchrashuvda, Zafarmurod esa U-20 terma jamoasida ko'p marotaba 11 metrlik jarima zarbasini ijro etgan edi. So'nggi uchrashuvlarda Aziz Amonov va Jambuli Jigauriga imkoniyat bergan edik. Hechqisi yo'q, ushbu muammoni bartaraf etishimizga ishonaman. Penalti ko'proq ruhiy holat va futbolchining texnikasiga bog'liq narsa.

- "Nasaf" o'z o'yida o'ynashi foydaliroqmi yoki bosim ko'proq bo'lishi jamoaning zarariga ishlaydimi?

- Biz javobgarlik hissini bilib turibmiz. O'z maydonimizda birinchi marotaba o'ynamoqdamiz. Ushbu bosimni enga olamiz.

- "Nasaf" jamoasi Kubok finali va Superliganing so'nggi turida OKMKga qarshi o'ynaydi. Ushbu ikki o'yin "Nasaf" mavsumni qanday o'tkazganini hal qiladigan uchrashuvlar. "Ajdarlar" bosh murabbiyi sifatida OKMKni shaxsan o'zingiz qo'shimcha tahlil qilib chiqdingizmi?

- Men o'yindan oldin har bir raqibni tahlil qilib chiqaman. Yashirmayman, kecha OKMKning mavsumdagi barcha uchrashuvlarini ko'rib, tahlil qilib chiqdim va bir nechta uchrashuvini futbolchilar bilan tahlil qildik. OKMKning so'ngi uchrashuviga etibor qilmadim, chunki Erondagi uchrashuvda ishtirok etgan jamoa haqiqiy OKMK emas. OKMK – kuchli raqib, o'tgan uchrashuvda esa men u jamoani tanimadim. Ertangi finalni o'tkazib olaylik, keyin Superligadagi oxirgi uchrashuv haqida o'ylab ko'ramiz.



"Kayfiyatimiz yaxshi. "SHarja"ga qarshi uchrashuvlarda o'z xatolarimiz sabab ochko yo'qotdik. CHempionlar Ligasidagi so'ngi ikki bahsda g'alaba qozonib, guruhdan chiqishimizga ishonaman", – dedi Abdirahmatov.

"Yana bir marotaba takrorlayman. Biz uchun har bir uchrashuv final. Ertaga muxlislar ko'z oldida o'ynaymiz va ularni xursand qilish biz uchun qo'shimcha motivaciya", – dedi Stanoevich.



- "Nasaf" ertaga mezbon. Futbol muxlislar uchun o'ynaladi va "Nasaf" muxlislari o'z jamoasidan har doim hujumkor o'yin kutishi aniq. Ertaga muxlislarga chiroyli va hujumkor o'yin namoyish etasizlarmi yoki so'nggi uchrashuvligini hisobga olib, natija uchun o'ynaysizlarmi?

- Final bir uchrashuvdan iborat. Bunday uchrashuvlarda xatoning qiymati juda baland va shu sabab biz birinchi navbatda natija uchun harakat qilamiz.

- Bu "Nasaf" uchun 9-final. Siz futbolchilik faoliyatingizda ham Kubok finallarida bir necha marotaba o'ynagansiz. "Nasaf" jamoasi esa qatorasiga uchinchi mavsum Kubok finalida ishtirok etmoqda. Ushbu jihat sizga ko'proq bosim bo'ladimi yoki qo'shimcha motivaciya?

- Ko'p finallarda ishtirok etganimga qaramay, o'zimdagi ishtiyoq juda baland. Sportchida motivaciya har doim bo'lishi kerak, agar motivaciya bo'lmasa, faolitini yakunlash kerak. Men hali ko'p ishlar qilishim kerak va o'zimga ko'p narsani isbotlashim kerak.


Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика