So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  0 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  4 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  3 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  4 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  3 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  2 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

Ro'ziqul Berdiev: "Asosiy maqsadimizga erishdik, xatolarga esa o'zimiz sababchimiz" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Asosiy maqsadimizga erishdik, xatolarga esa o'zimiz sababchimiz"

OFK kubogi yarim finalidan o'rin olgan "Nasaf" - "Li Man" (3:2) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev ishtirok etdi.


- Bugun oldimizga qo'ygan asosiy vazifani bajardik, finalga yo'l oldik. O'yinda qiyinchiliklar bo'ldi. Bunga o'zimiz ham sababchi hisoblanamiz. Oson o'yin bo'lmasligini bilardik. Ikkinchi bo'limda xatolarimiz evaziga raqibni o'yinga qaytardik hamda tajribali jamoa uchrashuv so'ngigacha bizga qiyinchilik tug'dirdi. O'yin asabiy ruhda o'tdi, biroq asosiy maqsadimizga erishdik. Final bilan barcha yurtdoshlarimizni tabriklayman.

- Bugungi bahsni shunday o'tishini tasavvur qilganmidingiz? Sizda har doim bir nechta variant bo'ladi, lekin aynan mana shu o'yinni qanday kechishini sezganmidingiz?

- Albatta, yigitlarga bu haqda aytgandik, yani raqibning qanday o'yin namoyish etishi o'zimizga bog'liq. CHunki birinchi bo'limda yaxshi pressing uyushtirdik, raqibga hech qanday imkoniyat qoldirmayotgan edik. Ikkinchi bo'limdagi xatolarimiz esa raqibni o'yinga qaytara oldi. SHu bois, guvohi bo'lganingizdek, raqibga qay darajada imkoniyat berilsa, ular o'zlarini ko'rsata oladi. Kaluderovich haqida ko'p savol berilardi. Birinchi bor mayli, u to'purar bo'lmasa ham kerakli golni kiritsa bo'lgani deya takidlagandim. Bugungi asosiy o'yinda undan judayam xursand bo'ldik. Raqib jiddiy jamoa ekanligini bilardik. Bu raqibning kuchsiz, saviyasizligi to'g'risida fikr bildirilganda, ishonmagandim. Sababi bu jamoada mahalliylashtirilgan legionerlar mavjud, ular bu imkoniyatdan haddan ortiq foydalanishgan. SHu bois, ularga bu tajriba ancha asqotmoqda. Bugungi o'yinda barchamiz raqibning jiddiy ekanligini guvohi bo'ldik. Bosqichma-bosqich raqiblar ham jiddiy bo'lib boraveradi. Finaldagi raqibimiz bundan-da kuchliroq bo'ladi. 

- Husniddin Aliqulov maydonni tark etgach, uning o'rniga G'aybullaev maydonga tushirildi va shundan so'ng "Nasaf" ikkita gol o'tkazib yubordi. Buning sababi himoyachilar o'rtasida saviya darajasidagi farqdanmi yoki klub birinchi bo'limda g'alabani naqd qildi deb hisobladimi?

- Husniddin jiddiy jarohat oldi. Aytilishicha, uni operaciya qilish talab etilarkan. Birinchi to'pni o'tkazib yuborganimizda G'aybullaev maydonga tushmagandi, shunchaki, ikkinchi taym boshida raqibga imkoniyatni berib qo'ydik. O'zgarish esa majburiy bo'ldi. O'ylashimcha, bu o'zgarish o'yin rejasiga hech qanday tasir o'tkazmadi, faqatgina individul xatolarimiz tufayli jazolandik. Hech bir o'yinchini qaysidir vaziyatda xato qildi deb ayta olmayman. G'aybullaev ham, Aliqulov ham muhim o'yinchilarimizdan hisoblanadi. Boshqa rejalarimiz ham bor edi. Agar hisob 2:0 ko'rinishida saqlanib qolganda, boshqa sxemada o'ynashimiz mumkin edi. Futbolchi almashtirishga esa majbur bo'ldik. G'aybullaev o'yinni kuchsizlantirmadi, uning jamoa uchun ancha foydasi tegdi.

- Aliqulov operaciya qilinadigan bo'lsa, u ancha muddatga safdan chiqqan...

- Hozircha uning qancha muddatga safdan chiqqaninini aniq ayta olmaymiz, lekin Aliqulovning suyagi singanligini hamda uni operaciya qilish kerakligini malum qilishdi. Bu biz uchun jiddiy yo'qotish, chunki u endigina yuksalib borayotgandi. Bizda yana markaziy himoyachilar bor. O'ylaymanki, biz boshqa yo'qotishlarga duch kelmaymiz.

- Qanot himoyachilarining o'yinini qanday baholaysiz? Jamoa hujum uyushtirganda, ular tomonidan deyarli qo'llab-quvvatlash bo'lmadi, ayniqsa, ikkinchi bo'limda...

- Nasrullaev hamda Saitov hujumlarda yaxshi ishtirok etishadi, biroq raqib o'yinimizni o'rganganini guvohi bo'ldingiz. Masalan, to'p Bozorovda payti raqibning uch himoyachisi Nasrullaevning yo'lini to'sishyapti. SHuning uchun biz Stanoevich va Abdurahimovdan markazdan ko'proq hujum tashkillashtirni talab qildik, lekin qaysidir vaziyatda Stanoevichning zarbasi ko'ngildagidek chiqmadi. raqib bizning kuchli nuqtalarimizni yopishga harakat qildi. SHuningdek, Nasrullaev kichik jarohati tufayli bugun o'zini ko'rsata olmadi.

- Yarim finalning ikkinchi juftligini kuzatasizmi? Tanlov imkoniyati bo'lganda, qaysi jamoani raqib sifatida tanlardingiz?

- Bu jamoalarning o'yinini hali ko'rganimiz yo'q. Biz "Kuvayt SK" haqida ko'proq o'yladik, chunki ulardagi selekciya ishlarini ko'rdik. Ularda 7-8 ta legioner futbolchi bor. Ushbu uchrashuvni ham ko'rib chiqamiz.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика