So’nggi yangiliklar

14:09"Тоттенхэм" янги бош мураббийи: "Ваъда бераманки, биз албатта ўйинларда ютқазамиз"  2 13:41"Бухоро" етакчиларидан бири билан битимни бекор қилди  3 13:28Погба: "Рэшфорднинг "Барселона"га ўтиши – ақлсизлик, МЮ ажойиб ўйинчини йўқотмоқда"  6 12:59"Like Сup"да финалчилар маълум бўлди  0 12:49Пол Гаскойнни ҳушсиз ҳолда топишди  1 12:20Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  0 12:00Камолиддин Мурзоев: "У яна топ-5га қайта олади, Шомуродов-Файзуллаев тандемидан ўзбек футболи ва терма жамоа ютади"  8 11:31"Рома" "Ланс" футболчисини сотиб олди  0 11:14Суперлига. Ёзги трансферлар барчаси битта саҳифада. Кимда қандай ўзгариш?  14 11:05ПСЖ бош мураббийига “Реал“ футболчиси керак  2 10:43“Ливерпуль“ Диаснинг ўрнига “Реал“ футболчисини олиб келади  9 10:19МЮ яна бир ҳужумчисини сотишга тайёр. Унга А Сериядан таклифлар бор  1 09:56“Ал-Ҳилол” Саудия Арабистони Суперкубогида иштирок этишдан бош тортди  2 09:31Отабек Жўрақўзиев: “Мухлисларимизни Суперлига ва ОЧЛ учрашувларида хурсанд қиламиз”  4 09:05МЮ Ўринбоевнинг жамоадошига қизиқиш билдирмоқда  1

Ro'ziqul Berdiev: "Al Muharraq" – juda yaxshi shakllangan jamoa" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Al Muharraq" – juda yaxshi shakllangan jamoa"

OFK kubogi-2021 finali oldidan "Nasaf" ustozi Ro'ziqul Berdiev va jamoa sardori Umar Eshmurodov matbuot anjumanida qatnashishdi.

OFK kubogi-2021 final uchrashuvi oldidan matbuot anjumani bo'lib o'tdi. Unda “Nasaf” jamoasi ustozi Ro'ziqul Berdiev va jamoa etakchilaridan biri Umar Eshmurodov ishtirok etishdi. 

Ro'ziqul Berdiev: "Ertaga bizni final kutyapti. Ikkala jamoa ham finalga osonlikcha etib kelmadi. SHu sababli ikkala jamoa ham maydonda borini berib harakat qiladi. 

Raqib jamoani o'rganib chiqdik. "Al Muharraq" – juda yaxshi shakllangan jamoa. Tarkibida mahoratli futbolchilari ko'p. Ancha tartibli o'ynaydi. Yigitlarga raqib to'g'risida to'liq malumot berishga harakat qildik. 

Balki issiq ob-havo biroz qiyinchilik tug'dirishi mumkin, lekin bu bahona bo'la olmaydi. Qanday qiyinchilik bo'lsa-da, biz final uchrashuvida yaxshi o'ynagan holda, asosiy maqsadimizga etishga harakat qilamiz. 

Final – bitta o'yindan iborat. To'g'ri, musobaqa to'purari, assistlar etakchilari, ko'p gol urish kabi raqamlar va statistikalar biz tarafimizdadir. Biroq oldingi o'yinlar natijalarini unutgan holda, bor etiborimizni oldimizdagi hal qiluvchi bahsga qaratamiz". 

Umar Eshmurodov: "Ertaga muxlislarimizni, xalqimizni chiroyli g'alaba bilan xursand qilish uchun maydonga tushamiz va borimizni beramiz".

Eslatib o'tamiz, "Al Muharraq" hamda "Nasaf" o'rtasidagi final bahsi ertaga Toshkent vaqti bilan 21:00 da start oladi.

Reyting: +48   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика