So’nggi yangiliklar

21:28Бензема "Олтин тўп" ҳақида: "Совринга Винисиус муносиб"  2 21:20Mirabror Usmanov Cup-2024. Драматик кечган баҳсда Ўзбекистон футзал терма жамоаси Гватемалани 5:4 ҳисобида мағлуб этди  5 21:00Эдерсон кетса "Манчестер Сити" дарвозасини ким қўриқлайди?  0 20:31Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ ўрин олган гуруҳ: ўйинлар, таркиблар, натижалар  6 20:17"Астон Вилла" 50 млн. фунтга Онанани сотиб олди  1 20:05"Комо" "Ювентус" хавбекига даъвогарлик қилмоқда  0 19:48Mirabror Usmanov Cup-2024. Дарвозабон 2 та гол урган ўйинда Тожикистон Қирғиз Республикасини мағлуб этди  1 19:29Энцо Зидан тез орада фаолиятини якунлайди  6 19:02"Манчестер Сити" Доннаруммани қўлга киритиш ҳақида ўйламоқда  0 18:30АПЛ янги мавсумда фойдаланиладиган расмий тўпни намойиш қилди  0 18:09Қувватовдан сўнг энди Цигер "Навбаҳор"га йўл олмоқда. "Нефтчи" пойгадан чиқяптими?  15 17:56Шаҳбоз Жўрабеков: "Бир жамоага ишониб "Қизилқум" билан хайрлашгандим. Клубсиз қолишим мумкин эди. "Бунёдкор"ни қутқариш учун келдик"  4 17:23Кантона Ямалга тан берди  4 16:59"Реал" янги мавсум учун меҳмон либосини тақдим этди  1 16:36Роналдо Эндрикнинг "Реал"даги истиқболига баҳо берди  5

Ro'ziqul Berdiev: "Al Faysali"ning boshqa jamoalardan farqi bor" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Al Faysali"ning boshqa jamoalardan farqi bor"

OCHLning 5-turi doirasida "Al Faysali"ga qarshi o'yin olidan "Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev hamda futbolchi Javohir Siddiqov fikrlarini bildirdi.

- Bu turnirning guruh bosqichi oxirlab bormoqda. OCHLda qatnashganimiz biz uchun quvonarli, bu jamoamizning darajasini ko'rsatib berdi. Turnir startidan oldin oldimizga maqsad qilib, uzoqroqqa borishni, guruhdan chiqishni qo'ygandik. Barchasi o'z qo'limizda, ertaga faqatgina g'alabani o'ylab maydonga chiqamiz. Buning uchun yigitlar har taraflama tayyor. Raqiblarning "SHarja" yoki "Al Sadd"dan farqli tomoni bor. "Al Faysali"ning futbolchilari jismonan juda kuchli. SHu sababli ertaga bizga ko'proq kuch va mahorat kerak bo'ladi. O'ylaymanki, oxirigacha turib bera olamiz va kerakli natijaga erishamiz.

Javohir Siddiqov: - Muhim o'yin oldida turibmiz. Jamoa bilan barchasini yaxshi his qilib turibmiz. Ayni paytda jamoaning har bir natijasi Qashqadaryo ahliga tasir qiladi. Ertaga muhim uch uch ochkoni qo'lga kiritib, muxlislarni xursand qilmoqchimiz. Jamoamiz yaxshi holatda. Ertaga mavsumdagi eng chiroyli o'yinni ko'rsatib, yuzimiz yorug' bo'lishga harakat qilamiz.

- "Nasaf" ancha tig'iz rejimda o'ynadi. So'nggi o'yinda jamoa "So'g'diyona"ga qarshi og'ir o'yin o'tkazdi. SHu o'yindan keyin jamoa ruhan va jismonan qanchalik tayyor?

- Biz tig'iz taqvimga ko'nikib boryapmiz. Agarda xalqaro maydonda bo'laversak, uchrashuvlar soni ko'payaveradi. O'tgan mavsumda shunday holatlar bo'ldi-ki, qisqa vaqt ichida ko'plab o'yinlarda qatnashdik. O'ylaymanki, bunday vaziyatlardan chiqa olyapmiz. CHunki kerakli natijalarga erishmoqdamiz. O'ylaymanki, ertangi o'yin ham biz uchun yaxshi o'tadi. Oldimizga qo'yilgan vazifani bajarishda ertangi o'yin natijasi muhim o'rin tutadi. CHunki g'alaba bizni kelasi bosqichga olib chiqishi mumkin. SHuni hisobga olgan holda barcha yigitlar o'yinga shay holatda. Faqatgina Alibek Davronov qizil kartochkasi sababli o'yinda qatnashmaydi. Qolganlar o'yinga tayyor.

- Savolim Javohirga. Ro'ziqul Berdiev aytganidek, "Nasaf" ayni damda tig'iz taqvimda. Futbolchi sifatida bir narsani ayta olasizmi, jamoa har o'yinda yuqori kuch bilan o'ynashi uchun har necha kunda o'yin o'tkazishi kerak?

Javohir Siddiqov: - Bir o'yindan keyin eng kami 4-5 kun oralig'i bo'lishi kerak. Murabbiyimiz aytganidek, har 3 kunda ham o'yin o'ynashimizga to'g'ri keldi. SHukurki, top-jamoalar bilan yaxshi natijalar qayd etdi. Ertangi o'yingacha biz 3-4 kun oldin uchrashuv o'tkazdik. Hech qachon bahona bo'lishi kerak emas. Maksimum o'zimizni ko'rsatishga harakat qilamiz. O'z maydonimizda, o'z muxlislarimiz qarshisida o'ynaymiz. Ular bizga qo'shimcha kuch beradi.

Ro'ziqul Berdiev: - Yoz oyida o'yinlardan keyin futbolchilarning tiklanish jarayoni uchun ko'proq vaqt ketishi mumkin. Bu tabiiy holat. Murabbiy qo'l ostida bir xil saviyali futbolchilar ko'proq bo'lsa, u uchun bilinmasligi mumkin. Bizda ham etarlcha futbolchilarimiz bor edi, bazida jarohatlar yoki boshqa sabablar bilan bu hususiyatni yo'qotdik. Hozirgi holatda havoning yaxshiroq bo'lgani tiklanishning tezroq bo'lishi sabab bo'ladi. Bu narsani amalda ko'ryapmiz. Yoz faslida futbolchining tiklanishi uchun 5-6 kun kerak bo'lsa, hozir tezroq tiklanishga harakat qilishyapti. Bu faktorlar ham bor.

- "So'g'diyona"ga qarshi o'yindan keyin himoyaviy o'yin biror jamoaga yarashmaydi deb aytdingiz. Deylik, ertaga "Al Faysali" shunday o'yin ko'rsatsa, bunga qarshi B reja bormi?

- Albatta, bizda oldindan ham bunday rejalar bo'lardi. Ko'plab holatlarda buni uddalab, kambek qilib, g'alabani ilib ketgan joylarimiz bor. Buni ham yigitlarga takidlaymiz. Raqiblar himoyaga yotib olmasligi uchun biz tezroq gol urib, tashabbusni o'zimizga og'dirib olishimiz mumkin. Bu holatni yigitlarimiz ham to'g'ri qabul qiladi. SHuningdek, bunday bo'ladigan bo'lsa boshqa rejalarni amalga oshirishga harakat qilamiz. "So'g'diyona"ga qarshi o'yindan keyin hissiyotlarga berilib ketgan bo'lishim mumkin, ammo buni oshirib yuborishsa juda xunuk ko'rinadi. O'shanda "So'g'diyona" yaxshi himoyalandi. SHu sababli barcha jamoalar istalgan holatga tayyor turishlari kerak. Vaziyatdan chiqish uchun jamoa kutilmagan holatlarga tayyor turishi kerak. Buni yigitoarga ko'p takidlaymiz. So'nggi mashg'ulotlarda buni ko'p shug'ullandik. Agarda vaziyat shuni taqozo qilsa, bunga qarshi rejalarimiz bor.

- "Al Faysali"ga qarshi ochiq o'yin ko'rsatish xavflimi?

- Raqiblarni o'rganib chiqdik, barchasini yaxshi bilamiz. Birinchi o'yinda g'alaba qozondik, lekin u osonlikcha bo'lmadi. "Al Faysali" Iordaniyaning eng kuchli jamoasi hisoblanadi. FIFA kunlarida ularning 4-5 nafar futbolchilari terma tarkibida o'ynadi. Katta tajribaga ega futbolchilar bor, yoshlar esa kam. Biz Iordaniya futboli deganda "Al Vihdat"ni ko'proq bilamiz, o'tgan yili  OCHLda ularga qarshi o'ynadik. Ularning o'zaro o'yinini ko'rib chiqdik, o'shanda bu jamoa ustunlik qilgan. SHu sababli bu jamoani oson deb bo'lmaydi. "SHarja"da yorqin futbolchilar bor, bu jamoa esa mehnatkash va tartibli jamoa. SHu boisdan ertaga ularni mag'lub qilishimiz uchun ko'proq mehnat qilishimiz kerak.

- Guruhda chalkashlik yuzaga kelmoqda. Tasavvur qilaylik, "Nasaf" guruhdan chiqdi. Guruhdagi barcha jamoalarga hurmat saqlagan holda guruhdan chiqadigan ikkinchi jamoa sifatida kimni aytasiz?

- Avvalo biz o'z vazifamizni bajarishimiz kerak. Guruhdagi o'yinlar barcha jamoalarning darajasi bir xil deb ko'rsatmoqda. Bizni guruhga qarasangiz yaqqol autsayder yoki yaqqol favorit yo'q. Bu esa jamoalarning kuchi va darajasi mosligi ko'rinib turibdi. Nomdor jamoalar bor. Lekin "Nasaf" ham "Al Faysali" ham o'z darajasini ko'rsatib bermoqda. Ha, turnirlarda katta vazifalar haqida o'ylaymiz, biroq buni bajarish ham kerak. Ertangi turdan keyin ko'p narsalarga oydinlik kiritiladi.

- Jamoa oldida katta vazifalar qo'yilgandi. Superkubok va Kubok olib kelindi. Muxlislar esa chempionlikni istagandi. Ertangi o'yinda muxlislarga qanday chorlovingiz bor?

- Futbol muxlislar uchun. Stadionga chorlab qolamiz, bunday darajadagi o'yinlar doimo bo'lavermaydi. Eratga final darajasidagi o'yin bo'la oladi. Ertangi o'yinda stadionga kelib, sevimli jamoasini qo'llaydi. Muxlislarning quvvatlovi jamoa uchun katta kuch beradigan narsa. SHu sababli muxlislarimiz haqiqatdan ham 12-o'yinchisi bo'lishini, sevimli jamoasini qo'llab-quvvatlashi juda ham xohlaymiz. Muxlislar har xil bo'ladi, buni bilamiz. Biroq O'zbekiston bo'ylab muxlislarimiz ko'pligini bilaman. Ertaga bizdan ijobiy natija ko'rishadi.

Javohir Siddiqov: - Futbol - Qashqadaryoning bir qismi. Ertaga muhim o'yin. Muxlislarni xursand qilishga maksimal harakat qilamiz. Ertaga qo'llab-quvvatlab, bizga kuch berishsa, biz ham ularni natija bilan xursand qilishga harakat qilamiz. 

- Mashg'ulotlarda qanchalik qiyin bo'lsa, o'yinda shunchalik oson bo'ladi degan gap bor. Xalqaro o'yinlar oldidan futbolchilarga ko'proq yuklama berasizmi yoki mahalliy chempionat o'yinlaridan oldin? OCHL o'yinlariga tayyorgarlik qanday bo'ladi? Murabbiyning kayfiyatichi? Bularni nima bilan ochiqlab bera olasiz?

- Har doim jamoaning holatiga qarashimiz kerak. Vaqtni hisobga olamiz. Bugun o'yinni o'tkazdik va navbatdagi o'yinga jamoani tayyorlash uchun necha kun vaqt bor. Siz yuklama berishiz shartmi yoki shartmasmi shunga qaraladi. Jamoaning holati va oradagi farq juda kerak. Agarda o'yinlar orasidagi farq kichkina bo'lsa, yuklama berilmaydi. A, B rejasi bo'yicha engil mashg'ulot olib boriladi. Uzoqroq farq bo'lsa, yuklama berish kerak bo'ladi. Jamoaning funkcional holati yaxshi bo'lsa - bu katta yutuq. O'yinlar orasidagi farq kichik bo'lsa, taktik o'yinlar, rejalar va ruhiy-nazariy mashg'ulotlar bo'ladi.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика