So’nggi yangiliklar

14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  0 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  2 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  1 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  2 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  9 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  8 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  11 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  14 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  12

Ro'ziqul Berdiev: "Al Ayn" qanchalik kuchli jamoa ekanligini barcha ko'rdi" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Al Ayn" qanchalik kuchli jamoa ekanligini barcha ko'rdi"

OCHL "D" guruhining 5-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Al Ayn" (1:1) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev ishtirok etdi.


- "Al Ayn" qanchalik kuchli jamoa ekanligini barcha guvohi bo'ldi. SHunga qaramay jamoamiz ularga etarli qarshilik ko'rsatishdi. Bu uchun futbolchilarga tashakkur bildirdim. Goldan so'ng tashabbusni raqibga berib qo'ydik. Biz hali OCHLdan chiqib ketganimiz yo'q. Kurash davom etadi va biz oxirigacha kurashamiz. Jamoaga tezkor gol kerak bo'ladi. Biz bunga erishdik. Ammo tashabbusni "Al Ayn"ga berib qo'ydik va ularga bu qo'l keldi. Qaysidir manoda bu bizning xatoimiz bo'lgandir. SHunga qaramay gol urish uchun vaziyatlar yuzaga kelgandi. Biroq ulardan unumli foydalana olmadik. SHuningdek, bugun bir qator etakchi futbolchilarimiz ishtirok eta olishmadi. Ammo ularning o'rniga tushgan futbolchilar yomon harakat qilishmadi. Legionerlar kerak bizga. Bu masalada rahbariyat bilan gaplashganmiz. Lekin hozircha o'zimiz istagan futbolchini olishga imkoniyatimiz yo'q.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика