So’nggi yangiliklar

19:55Тебас "Реал"нинг Ла Лигадаги биринчи ўйинини кўчирилмаслигини айтди  0 19:24"Ювентус" футболчиси Дуглас Луис фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  0 18:59"Арсенал" "Барселона" ярим ҳимоячиси учун курашга қўшилди  2 18:52"Навбаҳор", "Динамо", "Бухоро"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари  6 18:29Эшитдик-да! Жамшид "Нефтчи"дан "Навбаҳор"га қайтмоқда  12 18:15"Арсенал" мухлислари Мадуэке трансферига қарши чиқишмоқда  3 17:46Абрамов, Алибоев, Неъматов ва Сергеев — Суперлигада 1-давранинг энг яхшилари  2 17:20Месси "Барселона" учун хайрлашув учрашувини янгиланган "Камп Ноу"да ўтказади  5 16:52Пенальтилар статистикаси: Биринчи даврада ким кўп пенальти тепди ёки умуман нуқтага ҳам яқинлашмади?  0 16:24Пулишич Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  3 15:57Ресан, Ратиньо, Цигер... Суперлиганинг 1-давра легионерлар рамзий терма жамоаси  4 15:42"Байер" ақшлик футболчини 35 млн еврога харид қилди  0 15:17Расман: Пиоли янги жамоасини қабул қилиб олди  0 14:29Сергеев, Дориев, Мозговой... Суперлиганинг 1-давра рамзий терма жамоаси  8 14:16Шойқулов "Андижон"дан кетди  2

Ro'ziqul Berdiev: "Afsuski ketgan o'yinchilarning o'rnini to'ldira olmadik" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Afsuski ketgan o'yinchilarning o'rnini to'ldira olmadik"

Superliganing 2-turidan o'rin olgan "Nasaf" - AGMK (1:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.





"Hozirgacha 3ta o'yin o'tkazdik, qanchalik imkoniyatga ega ekanligimiz ko'rinib turibdi. Kuchimiz borida raqibga munosib qarshilik ko'rsatayapmiz, kuchimiz tugaganda raqiblar ustunlikka erishishmoqda. O'tgan o'yinda ham, bugun ham shunday bo'ldi. Buni juda yaxshi ko'rib turibmiz. 3-turdagi "Navbahor" bilan o'yindan keyin chempionatda tanaffus bo'ladi va jismoniy holat ustida ishlashimiz kerak", - deb gap boshladi Ro'ziqul Berdiev. 

- Marko Stanoevich almashtirilishi o'yin suratiga tasir qildimi?
- U mavsumoldi yig'inlar paytida ko'p mashg'ulotlarni o'tkazib yubordi. Uchta o'yin o'tkazgan bo'lsak unda 70-daqiqadan keyin charchoq kuchaymoqda va ko'p xato qilmoqda. Marko etakchimiz hisoblanadi, lekin jismoniy holati yuqori darajada bo'lishi kerak.

- "Paxtakor" bilan o'yindagi tajovuzkorlikni ko'rmadik. Bunga nima sabab bo'ldi?

- Bu jismoniy toliqish bilan bog'liq. Etibor bergan bo'lsanglar birinchi taymda AGMKga nisbatan yaxshi o'ynadik. Lekin "Paxtakor" bilan o'yindan keyin yigitlar bilan gaplashgandik va ishtiyoqni yo'qotmaslikka kelishib olgandik. Afsuski bugun ikkinchi taymda bir tomondan kuchimiz etmay qoldi, ikkinchi tomondan hisobni ushlab qolishga urindik. Zaxiramiz torligi o'yinlarga tasir qilishini bilardik. Lekin imkoniyatimizdan kelib chiqib vaziyatdan chiqib ketishga urinamiz.

- SHohmalik Komilov ikkita turda ham to'liq o'ynamadi...

- U ko'p texnik xatolarga yo'l qo'ymoqda. Markaziy yarim himoyachi hujumga ham, himoyaga ham birdek yordam berishi kerak. To'g'ri "Paxtakor"ga gol urdi, lekin uning o'yinidan to'liq qoniqmayapmiz. Markazdagi futbolchilar to'pni yaxshi nazorat qilishi kerak, agar bu vazifalarni bajara olmayaptimiz demak uni almashtirish kerak.

- G'olib G'aybullaev maydonda ko'rinmayapti.

- Ayni paytda markaziy himoyachilar Umar Eshmurodov va Husniddin Aliqulov yaxshi o'ynashmoqda. SHu bois hozircha G'aybullaev zaxirada. Albatta G'olib ham asosiy futbolchimiz, albatta hali imkoniyat beramiz.

- Dilshod Saitov qachon safga qaytadi?

- Uni tezroq maydonga tushishini kutayapmiz. CHunki etakchi o'yinchilarimizdan biri hisoblanadi. Sekin-asta mashg'ulotlarga qo'shilmoqda. FIFA kunlari sababli bo'ladigan tanaffusdan keyin balki maydonga tushishi mumkin.

- Dilshod Rahmatullaevning ketishiga nima sabab bo'ldi?

- Uning ketishi jamoamizning moliyaviy imkoniyatiga bog'liq. Albatta bunday futbolchilar bizga kerak edi. Afsuski ketgan o'yinchilarning o'rnini to'ldira olmadik. Buning bir nechta sababi bor juda yaxshi bilasizlar, yana takrorlashni istamayman. SHu bois ayni paytda bor imkoniyatdan foydalanamiz.


Reyting: +32   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика