Ro'ziqul Berdiev: "100 ta o'yin esdan chiqishi mumkin, ammo bu uchrashuv xotirada qoladi"
28 may 21:09
Yangiliklar
Ro'ziqul Berdiev: "100 ta o'yin esdan chiqishi mumkin, ammo bu uchrashuv xotirada qoladi"
- Bo'lajak o'yin haqida qanday fikrdasiz?
Ro'ziqul Berdiev: - Superkubokda o'ynash juda yoqimli. Jamoada yaxsh kayfiyat hukm surmoqda. Bo'lajak o'yinga etarlicha tayyorgarlik ko'rdik. Ertangi o'yinda muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz. SHogirdlarim o'yinga shay holatda turibdi.
Akmal Mozgovoy: — Ertangi o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Bunday o'yinlarda maydonga tushish har bir futbolchi uchun orzu sanaladi. CHiroyli o'yin ko'rsatib, muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz.
Viktor da Silva: — Ertaga bizni juda muhim o'yin kutb turibdi. Mamlakatning ikki etakchi jamoasi o'zaro bahs olib borishadi. Maydonda borimizni berib, ijobiy natija qayd etishga harakat qilamiz.
- "Nasaf" joriy yil kutilmaganda O'zbekiston kubogini erta tark etdi. Jamoa uchun Superkubokni ham boy bermaslik qanchalik muhim?
Ro'ziqul Berdiev: - "Paxtakor" bilan qatorasiga uchinchi bor Superkubok uchun kurash olib boryapmiz. Kubokdan chiqib ketish biz uchun og'ir bo'ldi. Ilk turda "Navbahor"ga uchralgan mag'lubiyat vazifamizni qiyinlashtirib qo'ydi. SHogirdlarimda kubok bahslari uchun motivaciya etarli bo'lmadi. Qanchalik og'riqli bo'lmasin, buni qabul qilishimiz kerak. Asosiy maqsadimiz bor, shu sari yurishimiz kerak.
- "Nasaf" tarkibida yo'qotishlar ko'zga tashlanmoqda va ularning aksariyati himoyachilar bilan bog'liq. Bu chempionatga qanday tasir o'tkazmoqda? Mana shu qiyin vaziyatdan qanday chiqib ketmoqchisiz?
- Bu mavsum boshidayoq sezilgandi. Har bir futbolchimizning o'z o'rni bor. Hozirga kelib, yo'qotishlar bizga juda bosh og'riq bo'lyapti. SHunga qaramay, biz o'z zaxiramizdan foydalanishga majbur bo'lyapmiz. Qanchalik og'ir bo'lmasin, ertaga bahona qilmaymiz va o'z kuchimizdan maksimal foydalanamiz. Yigitlar o'zlariga yuklatilgan vazifani bajarishadi deb o'ylayman.
- "Nasaf"ni ertangi o'yin uchun qanday "uyg'ota olyapsiz"?
- Katta o'yinlarda ko'p narsa talab qilish shartmas. CHunki bu bir o'yindan iborat. 100 ta uchrashuv esdan chiqishi mumkin, ammo bu bellashuv esda qoladi. Buni futbolchilar ham his qilib turishibdi. Bazi o'ynlarda o'zimizni ko'rsata olmayapmiz. Bu ruhiy tayyorgarlik bilan ham bog'liq. Bu faqat o'zimizga bog'liq.
- Tarkibga bir qator hujumkor futbolchilar kelganiga qaramay, jamoa himoyaviy futbol namoyish etyapti. Bu haqda nima deya olasiz?
- Hozirgi zamon futbolida shunaqa tendenciya mavjud — natija birinchi o'rinda. SHu bois, bazida ochiq o'yin namoyish etishdan cheklanishga to'g'ri keladi. Hatto CHempionlar ligasida "Real" ham shu o'yin uslubi bilan g'alaba qozondi. Biz yaxshi maqsadalarda hujumkor o'yinchilarni taklif qilgandik, ammo ularning barchasi ham kutilgan o'yinni ko'rsata olmayapti.
- Ertangi o'yinda natija uchun o'ynash birinchi o'ringa chiqadimi?
- Hech qachon biror murabbiy bilan bahslashmayman. "Paxtakor" va "Nasaf" o'rtasidagi har qanday turnirdagi bahs shiddatli o'tadi. Bular brend jamoalar sanaladi. Ikki jamoa ham hujumkor o'yin tarafdori, lekin ertaga natija birinchi o'ringa chiqadi. Yaxshi o'ynagan jamoani emas, kubokni qo'lga kiritgan jamoani yillar o'tsa ham eslashadi.
CHeranni yaxshi bilaman. Unga qarshi qanda o'ynash kerakligini yigitlarga uqtirdik. U bo'ydor va aqlli o'yinchi. Draganday o'yinchilar chempionatimizda kamdan-kam hisoblanadi. Unga imkon bermasliklikka harakat qilamiz.
- "Paxtakor" uchun qandaydir sirli taktika bormi?
- Buni o'zlaringiz atdingizlar. Imkoniyatimizdan kelib chiqib, himoyada yarim himoyachi o'ynatamiz. Yaqindan boshlab Akmal Mozgovoy markaziy himoyada o'ynab kelayotgandi.
- Raqibning bu holatidan kelib chiqib, hujumkorroq futbol namoyish etishning iloji bormi yoki Superligadagi scenariy takrorlanadimi?
- Superkubok bitta o'yindan iborat. Bunda har qanday jamoa maksimal darajaga chiqishi mumkin. "Paxtakor" hozirgacha bizga qarshilik ko'rsatganday o'ynaganda, chempionatda birinchi o'rinda borayotgan bo'lardi. SHundan so'ng poytaxtliklar o'ziga o'xshamadi. Ertangi o'yinga ham ular etarlicha motivaciya topa oladi. "Paxtakor"ni ko'p futbolchilar tark etganiga qaramay, yosh va istedodli o'yinchilar etarli.
- Akmal Mozgovoyga savol: Siz markaziy himoyada o'zingizni qanchalik erkin his qilyapsiz?
- Murabbiy bizni qaerga joylashtirsa, o'sha erda o'ynashimiz shart.
- Akmal Mozgovoyga savol: jamoa ko'pincha ikkinchi planga o'tib o'ynamoqda. Pragmatik futbol noqulaylik tug'dirmayaptimi?
- O'yinga qarab, murabbiyimiz taktika tanlaydi. Muhimi — natija. Agar g'alaba qozonsak, hech narsa noqulay bo'lmaydi.
- Ro'ziqul Berdievga savol: Ertangi o'yin oldidan muxlislarga qanday tilaklaringiz bor?
Ro'ziqul Berdiev: - Muxlislar tashrifi borasida ham ancha o'sishga erishdik. Ko'plab muxlislar qarshisida o'ynash barchaga zavq bag'ishlaydi. Jamoa saviyasini muxlislar darajasi belgilab beradi. Har qanday jamoa muxlislar qo'lloviga muhtoj. Futbolchilar buni yaxshi his qiladi. Ertaga "Bunyodkor" stadionida ajoyib atmosfera bo'ladi deb o'ylayman.
Viktor da Silva: - Umid qilamanki, ertangi o'yinda ko'p muxlislar tashrif buyuradi. Bu ham futbolchilarni ko'proq ter to'kishga undaydi.
Fikrlar