So’nggi yangiliklar

13:23"Насаф" ўз футболчиси билан хайрлашганини эълон қилди  6 13:13"Крус Асул" - КОНКАКАФ Чемпионлар кубоги ғолиби  1 12:44Танаффусдаги тараддуд. "Шўртан" назорат учрашувида ғалаба қозонди  0 12:20Искандар Шойқулов: "Кўп очко йўқотдик. Умид қиламанки, тез орада ҳаммаси жойига тушади"  0 11:55Жалолиддин Машарипов: "Ҳаддан ташқари ортиқча мотивация ўйинга халақит бериши мумкин"  13 11:30Ҳамдан ибн Муборак БАА олдига Ўзбекистонга муносиб қаршилик кўрсатиш талабини қўйди  11 11:15Ўзбекистон миллий терма жамоаси кўтаринки кайфиятда БАА билан ўйинга тайёрланмоқда  2 10:50"Барселона" "Арсенал" футболчиси билан музокараларни бошлади  6 10:22ПСЖ яна бир талант учун курашга қўшилди  3 09:53Гарначо фаолиятини АПЛда давом эттиришга қарор қилди  4 09:24ЦСКА собиқ футболчиси: "Файзуллаевни ижарага бериш керак"  11 08:55Футзал. Бугун Ўзбекистон кубогининг финал учрашуви бўлиб ўтади  0 08:20УEФА клублар рейтингини янгилади  28 07:57“Милан“ “Ман Сити“ қизиқаётган ҳимоячини сотиб олмоқчи  0 07:21BOOOM. Лионель Месси Роналдунинг жамоадошига айланиши мумкин  16

Ro'zimboy Ahmedov: “G'alabani raqibdan ko'ra ko'proq xohlagandik” Yangiliklar

Ro'zimboy Ahmedov: “G'alabani raqibdan ko'ra ko'proq xohlagandik”

Jarohat sababli birinchi davraning asosiy qismini davolanish bilan o'tkazgan hujumchi Ro'zimboy Ahmedov yana maydonga qaytdi.
“Qizilqum” bilan Namanganda o'tgan uchrashuvni asosiy tarkibda boshlagan futbolchimiz hisobni ochishga erishdi. Jarohatdan keyin avvalgi sport formasini tiklab borayotgan Ahmedovning o'yindagi harakatlari ko'pchilikda iliq tassurot qoldirdi. Joriy yilgi mavsum arafasida bir necha yillik tanaffusdan keyin “Navbahor”ga qaytgan hujumchini chempionatdagi gollari hisobini ochishi muhimdir. Ahmedov mart oyi so'nggida O'zbekiston kubogining 1/16 finalida “Xorazm” darvozasini ikki bor nishonga olgandi. To'rt oylik tanaffusdan keyin gol urgan Ro'zimboy bilan “Qizilqum” bilan o'yin yakuniga etgach bir nechta savollarga javob oldik.

- Dastlab uchrashuv haqidagi fikrlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz?
- O'zingizga malumki, oyog'imda jarohat borligi sababli ikki-uch oy davomida maydonga tusha olmadim. Oyog'imdagi gips olingach ancha qiynaldim. SHunga qaramay, mashg'ulotlar davomida tinimsiz ravishda ishlab avvalgi sport formamni tiklashga harakat qilmoqdaman. Xudo xohlasa munosib tarzda to'p surib, “Navbahor” yutuqlariga hissa qo'shaman degan umiddaman. Bevosita “Qizilqum”ga qarshi o'yin haqida gapiradigan bo'lsam, uchrashuvga jiddiy tarzda o'rganib chiqdik. Raqib o'yinlari yozilgan disklarni tomosha qilib ularning o'yin uslubini o'rgandik. Maydonda oson bo'lgani yo'q. Bunga o'zingiz ham guvoh bo'ldingiz. SHunga qaramay, iroda ko'rsatib oxirigacha kurashib, 3:2 hisobida g'alaba qozonishni uddasidan chiqdik.

- Malum tanaffusdan keyin maydonga qaytdingiz. O'yinda harakat qilish oson bo'lmagandir?
- CHindanam, bunga qadar sakkizta turni o'tkazib yuborishimga to'g'ri keldi. Ancha vaqtdan beri o'yin amaliyotiga ega bo'lmaganligim sababli oson bo'lgani yo'q. Qiyinchilikka duch kelsamda qo'limdan kelganicha harakat qildim. Asosiysi gol urishga erishdim. Keyingi uchrashuvlarga ham munosib tarzda tayyorgarlik ko'rib, yanada yaxshiroq tarzda to'p surishga intilaman.

- Umuman olganda namoyish etgan o'yiningizdan ko'nglingiz to'ldimi?
- Hech bir futbolchi o'zining harakatlaridan to'liq qoniqish hosil qilmaydi. SHunday ekan o'yinimdan ko'nglim to'lgani yo'q. Hali kamchiliklar ko'p. Hozircha o'zimning optimal sport formamga kira olganimcha yo'q. Sekin-asta bu kamchilikni bartaraf etgan holda murabbiylar va muxlislar ishonchini oqlashga harakat qilaman.

- “Qizilqum” mehmonda o'ynashiga qaramay jiddiy tarzda qarshilik ko'rsatdi. Raqib o'yini haqida qanday fikr bildirasiz?
- Barchaga malumki, “Qizilqum” tarkibida ham uch-to'rt nafar tajribali futbolchilar to'p surishmoqda. Qolaversa, ular ancha vaqtdan beri bitta jamoa sharafini himoya qilib kelishmoqda. Navoiyliklar ham chempionatda yuqori o'rinlar uchun kurashishmoqda. Bugun ham raqibimiz ijobiy natijani qayd etish uchun so'nggi daqiqalargacha kurashishdi. Omadimiz chopib, g'alabani qo'lga kiritishni uddasidan chiqdik. Bundan tashqari, muxlislarni oldida yuzimizni yorug' bo'lishi uchun g'alaba qozonishni ulardan ko'ra ko'proq istaganimiz va borimizni berganimiz uchun g'alaba biz tomonda bo'ldi.

- Oldinda “Navbahor”ni Farg'onada “Neftchi”ga qarshi kechadigan “vodiy derbi”si kutib turibdi. Bo'lajak o'yin haqida nimalar deya olasiz?
- Farg'onada o'tadigan uchrashuvda ham muxlislarimizni xursand qilish niyatidamiz. Albatta “Neftchi”ga qarshi Farg'onadagi o'yinda oson bo'lmaydi. Ikkinchi davraning dastlabki ikki bahsida g'alaba qozonganimiz bois ruhiy holatimiz alo darajada. O'yindan-o'yinga yanada yorqinroq tarzda to'p surishni istaymiz. SHunday ekan Farg'onadan ham faqat g'alaba bilan qaytib, ishqibozlarimiz kayfiyatini ko'tarinki bo'lishini taminlashga harakat qilamiz.

SHavkat Sodiqov suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика