So’nggi yangiliklar

19:09Денис Коростиченко: "Бунёдкор" захираси бизникидан кучлироқ экан"  0 18:47Туркия. Алиқулов жамоаси иродали ғалабага эришди  0 18:20"Ростов" сўнгги 15 дақиқаликдаги 2та гол туфайли ЦСКАдан ғалабани юлиб олди  7 18:00"Севинч" - 14 карра Ўзбекистон Кубоги соҳиби!  3 17:42"Матч ТВ" графика оператори ишсиз қолди. Нега?  5 17:07Суперлига. "Бунёдкор" "Олимпик"ни мағлуб этди ва хавфли зонадан узоқлашди  1 16:54"Лестер" - "Челси". Кимлар асосий таркибда?  0 16:39Суперлига. "Андижон" - "Динамо" 2:0 (матнли трансляция)  10 16:10МЮдагилар ёзда 42,5 млн. еврога сотиб олинган футболчига шубҳа билан қарашмоқда  0 15:43ЦСКА - "Ростов". Таркиблар эълон қилинди  7 14:48Гвардиола: "Манчестер Сити"га дунёнинг энг яхши футболчиси етишмаяпти"  18 13:50Энрике: "Ҳайратланарли томоша кўргингиз келса "Дю Солей Цирки"га боринг"  1 13:426+4+3. Кузги имтиҳондан яхши ўтдик  26 13:16Родри Пеп ва Симеоне ўртасидаги фарқни айтди  5 12:11"Реал" 11 ойдан бери "Бернабеу"да 15 млн. евро даромад келтириши кутилаётган бар-ресторанни очолмаяпти  1

Ro'zimboy Ahmedov: “Qaysar”dan ijobiy javob kelishini kutyapman” Yangiliklar

Ro'zimboy Ahmedov: “Qaysar”dan ijobiy javob kelishini kutyapman”

Joriy mavsum “Neftchi” sharafini himoya qilgan Ro'zimboy Ahmedov yaqinda Turkiyada bo'lib qaytdi.
Gap shundaki, unga Qozog'istonning “Qaysar” klubidan qiziqish bo'lgan. SHu bois 27 yoshli hujumchi qizilo'rdaliklaring xorij yig'inida ishtirok etib keldi. Yurtimizga qaytgach, Ahmedovdan intervyu oldik.

- Ro'zim og'a, suhbatimizni avvalo “Qaysar” klubi yig'iniga borib kelganingizdan boshlasak. Bu qanday amalga oshdi?
- Noyabr oyida “Qaysar” klubidan qiziqish bo'layotgani haqida aytishdi. O'zimni xorijda sinab ko'rish uchun bu yangi chorlov edi. SHunda bu klub haqida internet orqali malumot oldim va o'zim uchun qiziqarli bo'lgan jihatlari bilan tanishib chiqdim. Qizilo'rdaliklar chempionatni 4-o'rinda yakunlashga juda yaqin turibdi. Bunga bir qadam qolgan desa ham bo'ladi. Bilsangiz kerak, Qozog'iston chempionatida 4-pog'onani band etgan klub ham kelasi yil Evropa ligasida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritadi. Aynan ushbu jihat meni bu klubga qiziqishimni oshirdi. Agar xohlasam 8 dekabr kuni jamoaning Turkiyada tashkillashtiriladigan yig'inida qatnashishimni, buning uchun esa samolyotga chipta olib berishlarini aytishdi. SHundan so'ng Turkiyaga borib, mashg'ulotlarda ishtirok etdim.

- Sir bo'lmasa qozog'istonliklar kim orqali siz bilan aloqaga chiqishgan?
- Albatta agent orqali. Nasib qilsa u bilan ham yaqinda rasmiy kelishuvga erishamiz. Lekin kim ekanligini hozircha aytmay turganim maqul.

- Zamonaviy futbolda agentlarning o'rni katta.
- Ha. Ayniqsa xorij klublariga o'tishingizda ularning hissasi sezilarli bo'ladi.

- Xo'sh, “Qaysar” klubi sizda qanday taassurot qoldirdi?
- Hammasi ajoyib. Jamoa menga yoqdi. Yigitlar yaxshi qabul qildi. Asosiysi g'alabaga tashnalik bor. Tarkibda tirishqoq yigitlar jamlangan. Futbolda ruhiyat muhim o'rin tutadi. Men “Qaysar”da shunday jamoaviy “dux”ni ko'rdim. Bemalol ayta olamanki, haqiqiy professional klub! Moddiy jihatdan ham baquvvat sanaladi.

- CHetda o'ynashni maqul topayotgan o'yinchilarning ko'pchiligi aynan moddiy jihatni asosiy o'ringa chiqarmoqda. Balki sizga ham “Qaysar” moliyaviy tarafdan har tomonlama foydali shartnoma taklif qilgandir?
- To'g'ri, men ham bu haqda eshityapman. Lekin bilasizmi Qozog'istonda bugunga kelib, futbolchiga ayniqsa, legionerga talab juda kuchli. Ularni ko'rigidan o'tishning o'zi oson kechmasligini aytib o'tishni istardim. Katta pul to'laydigan har qanday jamoa kuchli o'yinchilarni yig'ishni istaydi. Savolingizni asosiy qismiga keladigan bo'lsak, men “Qaysar”ga ko'rikdan o'tish uchun bordim. Agarda klub bilan kelisha olsak, bu men uchun oldinga tashlangan qadam bo'ladi. Ko'plab futbolchilar orzu qilganidek men ham nufuzi yuqori bo'lgan Evropa ligasida o'ynashni istayman. Tabiiyki shu orqali milliy terma jamoadan taklif olish asosiy maqsadimdir.

- Ushbu yig'inda sizdan tashqari yana boshqa legionerlar ham ishtirok etgan bo'lsa kerak?

- Ha. Bilishimcha CHexiya, Polsha, Ukraina, Rossiya va Qirg'iziston singari mamlakatlardan ham futbolchilar keldi. Keyingi yig'inlarda yana boshqa xorijlik o'yinchilarni taklif etilishi kutilmoqda. Qozog'istonda legionerlar limiti 8ta bo'lgani uchun ham ular o'zga yurt futbolchilaridan foydalanishga urinadi.

- Poyoniga etgan yig'indan so'ng klub bilan qanday to'xtamga kelindi?
- Qo'shni chempionatda o'zimni sinab ko'rish ishtiyoqi yuqori ekanligi bois, yig'in davomida ijobiy taassurot qoldirishga harakat qildim. Mashg'ulotlarda astoydil ter to'kdim va sinov-nazorat bahslarida ham to'p kiritdim. O'rtoqlik uchrashuvlarida 4ta gol urib, yana bir nechta golli pas uzatdim. Qolgani murabbiyning qanday xulosaga kelishiga bog'liq. Uyga qaytayotganimda yangi yilga qadar aniq javob aytishlarini bildirishdi. Hozir agent va klub shartnoma masalasi borasida muzokara o'tkazmoqda .

- Bosh murabbiy bilan alohida gaplashish imkoni bo'ldimi?
- Borgan kunimning o'zidayoq murabbiy bilan qancha vaqt gaplashib o'tirdik. SHubhasiz tajribali murabbiydir. Tartibni xush ko'radi. Har qanday foydali futbolchi bo'lmasin, yurish-turishi maqul kelmasa, zaxiraga “mixlab” qo'yishi hech gap emas. SHuning uchun qo'l ostidagi o'yinchilarni nafaqat o'yiniga balki uning insoniylik jihatlariga ham katta etibor qaratadi. Aslida ham tartib intizom bor joyda hammasi durust bo'laveradi. “Qaysar” bosh murabbiyi Ogayga Xorazmdan ekanligimni aytganimda, xursandchilik bilan qarshi oldi. Keyin o'zining aytishicha koreys millatiga mansub bo'lgan mutaxassis sobiq ittifoq davrida “Xonka” (hozirgi “Xorazm” jamoasi-muallif) safida harakat qilgan ekan.

- Endi “Neftchi” haqida gaplashsak. Saytimiz xodimlari va ko'plab muxlislar talqini bo'yicha bu yil jamoangizning eng yaxshi o'yinchisi bo'ldingiz. Umuman ortda qolgan mavsum xususida fikringiz qanday?
- “Eng yaxshi o'yinchi” bo'lganimdan xursandman. Lekin bu yil men va jamoam uchun u qadar omadli kechdi deya olmayman. “Neftchi” O'zbekistonda o'z o'rniga ega bo'lgan klub. Uning avvalgi darajasiga qaytishini hozir muxlislar juda-juda istamoqda. Barcha yigitlar bilan har bir o'yinga faqat g'alaba qozonish va ishqibozlarimizni xursand etish uchun chiqgan bo'lsakda, bu yil juda ham og'ir mavsumni o'tkazdik. Mag'lubiyatni oldindan tan olish xolatlari bo'lmadi. Hamma ijobiy natija uchun kurashdi.

- Sizdan ham muxlislarning umidi katta edi.
- Ha, buni yaxshi bilardim. Biroq shunga qaramay chempionat davomida atiga 4ta gol urdim. Oldingi mavsumlarda esa kamida 10ta to'p kiritganman. Bundan ko'rinib turibdiki, haqiqatdan ham joriy mavsum men uchun omadsiz kechdi.

- Sermahsullik ko'rsata olmaganingizga nima sabab deb hisoblaysiz?
- Bunga aniq bir javobni aytish qiyin. Kamchilikni avvalo o'zimdan qidiraman. Qaerdadir omad ham ochiqchasiga yuz o'girdi.

- SHunga qaramay farg'onalik muxlislarning kelgusi mavsum sizni yana “Neftchi”da ko'rishni istayotganini payqash qiyin emas. Buni o'zingiz ham xis etyapsizmi?
- To'g'ri, o'zimga ham “Neftchi”ning ashaddiy ishqibozlari telefon qilib, jamoada qolishim kerakligini aytishmoqda. Qolaversa klub raisi Tohir Kapadzening kecha qabulida bo'lganimda, u kishi ham yangi shartnoma tuzishga tayyor ekanligini bildirdi. Fursatdan foydalanib menga ishonch bilan qarayotgan rahbariyat va muxlislarga minnatdorchilik bildirib qolaman.

- “Neftchi” yangi shartnoma taklif qilibdi. Aytingchi, agarda “Qaysar” varianti amalga oshmasa u xolda qanday yo'l tutmoqchisiz?
- Oldimda ko'plab variantlar turibdi. Hatto Malayziya klublariga ham taklif etishdi. Lekin u erga borishni o'zim istamadim. Qolaversa oliy liganing ayrim klublaridan chorlov bo'lgan. Ammo jamoalarning nomlarini hozir ayta olmayman. Ular ham bir to'xtamga kelishimni kutib turibdi. Agarda “Qaysar”ga o'tmasam, “Neftchi” rahbariyati bilan yana bir bor muzokara o'tkazaman. Negaki, bu jamoada bir yil o'ynab ozmi-ko'pmi muxlislar mehrini qozondim. Qo'limdan kelganicha klubga yordam berdim. Farg'onalik muxlislarga shuni aytmoqchimanki, agar chetga ketmasam, “Neftchi”da qolib o'ynash imkoniyati yuqori.


Islombek Rustambekov suhbatlashdi.   
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика