Rojers: "Real" ustidan qozonilgan g'alaba, "Liverpul" futbolchilarini afsonaga aylantiradi"
22 okt 2014 14:08
Yangiliklar


Rojers: "Real" ustidan qozonilgan g'alaba, "Liverpul" futbolchilarini afsonaga aylantiradi"
"Liverpul" bosh murabbiyi Brendan Rojers "Real" qarshi CHempionlar ligasi 3-tur uchrashuvi haqida o'z fikrlarini bildirdi.
O'yin bugun Toshkent vaqti bilan soat 23:45da boshlanadi.
"Bunday bahslar haqida yillab gapirishadi. O'tgan o'yinda Jerrard "Real" darvozasiga urgan ikki goli to'g'risida hozirgacha gapirishyapti. Biz bu uchrashuvga hisobimizda bitta durang va g'alaba bilan kelyapmiz, o'tgan mavsumni eslaydigan bo'lsak - jamoaviy ruhiyat va iroda bizni muvaffaqiyatga etkazdi. Ular bugun bizga yordam berishi kerak. Agar bugun futbolchilarimiz g'alabaga erishsa, ular afsonaga aylanishadi" - deydi Rojers.

Fikrlar