Roys: "O'zil - men birga o'ynagan eng yaxshi futbolchi"
03 apr 2019 17:32
Yangiliklar


Roys: "O'zil - men birga o'ynagan eng yaxshi futbolchi"
Germaniya terma jamoasi va Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Marko Roys "Arsenal" xavbeki Mesut O'zil haqida fikr bildirdi.
"O'zil - men birga o'ynagan eng yaxshi futbolchi. U jamoadoshlarini juda yaxshi ko'ra oladi. Mesut doimo pas berishni yaxshi ko'rgan. U aqlli futbolchi, terma jamoada uning o'yinlaridan rohatlanganman. Afsuski hozir uning o'yini biroz pasaygan. O'zil formasini tiklab, "Arsenal"ning asosiy futbolchisiga aylanadi degan umiddaman" - deydi Roys.
O'zil Nemis futbol ittifoqi bilan bo'lgan kelishmovchilik tufayli Germaniya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlagan edi. Mesut joriy mavsum APLning 19ta uchrashuvida maydonga tushib, 4ta gol urdi va 2ta golli pas berdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar